Barcha Islom kutubxonasi

32 - The Prostration - As-Sajdah

1

Alif. Laam. Miym.

2

Bu kitobning nozil qilinishi, unda hech shak-shubha yo`q, olamlarning Robbi tomonidandir.

3

Yoki, uning ozi toqib olgan, derlarmi?! Yoq! U sendan oldin ozlariga hech ogohlantirguvchi kelmagan qavmni ogohlantirishing uchun Robbingdan (kelgan) haqdir. Shoyadki, ular hidoyat topsalar.

4

Alloh osmonlaru Yerni va ular orasidagi narsalarni olti kunda yaratib, songra (Zoti va ulugligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. Siz uchun undan ozga dost ham, shafoatchi ham yo`qdir. Axir, eslamaysizlarmi?!

5

U zot osmondan yergacha barcha ishning tadbirini qilur. Songra osha (ish) miqdori siz sanayotgan hisobda ming yilga teng bo`lgan kunda Unga chiqar.

6

Ana shu Zot g`oyibniyu hozirni bilguvchi, Aziyzu Rohiymdir.

7

U Ozi yaratgan har bir narsani gozal etgan va insonni yaratishni loydan boshlagan Zotdir.

8

So`ngra, uning naslini haqir bir suvdan ajrab chiqadigan qildi.

9

Songra uni rostladi va uning ichiga Oz ruhidan pufladi. U sizlarga quloq, ko`zlar va dillar paydo qildi. Kamdan-kam shukr qilursizlar.

10

Ular: «Biz yer ostida yoq bolib ketgach ham, yana yangitdan yaratilamizmi?!» derlar. Yoq! Ular Robbilariga robaro bolishni inkor qilguvchilardir.

11

Sen: «Sizlarga vakil qilingan olim farishtasi joningizni oladir. Songra Robbingizga qaytarilursiz», deb ayt.

12

Gunohkorlarning Robbilari huzurida boshlarini egib turib: «Ey Robbimiz, kordik, eshitdik. Bas, bizni ortga qaytar, yaxshi amal qilamiz. Albatta, biz ishonib yetdik», deyishlarini korsang edi.

13

Agar xohlaganimizda, har bir jonga oz hidoyatini berar edik. Lekin Mendan: «Albatta, jahannamni jinlar va odamlarni jamlab toldirurman», degan soz haq boldi.

14

«Bas, totib koringlar, ushbu kuningizda uchrashuvni unutganingiz tufayli Biz ham sizni unutdik. Qilib otgan amallaringiz tufayli mangu azobni toting!» deyilur.

15

Albatta, Bizning oyatlarimizga ular-la eslatma berilganda sajdaga yiqiladigan, Robbilariga hamd ila tasbih aytadigan va mutakabbirlik qilmaydiganlargina iymon keltirurlar.

16

Ularning yonboshlari yotar joydan yiroq bolur. Ular Robbilariga qorquv va umidvorlik ila duo qilurlar va o`zlariga rizq qilib bergan narsalarimizdan infoq qilurlar.

17

Bas, hech bir jon ozlari uchun qilib otgan amallari mukofotiga berkitib qoyilgan koz quvonchlarini bilmas.

18

Axir, momin bolgan odam fosiq bolgan odamdek bolurmi?! Teng bo`lmaslar.

19

Ammo, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarga, albatta ularga qilib o`tgan amallari uchun jannatul ma'vo manzildir.

20

Ammo fosiqlik qilganlar esa, bas, ularning joylari dozaxdir. Har qachon undan chiqmoqni iroda qilsalar, unga qaytarilurlar va ularga: «Ozingiz yolgonga chiqargan dozaxning azobini toting», deyilur.

21

Albatta, Biz ularga buyuk azobdan oldin yaqin azobni tottiramiz. Shoyadki, qaytsalar.

22

Robbining oyatlari ila eslatilgan, songra ulardan yuz ogirgan odamdan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, Biz jinoyatchilardan intiqom olguvchilarmiz.

23

Batahqiq, Biz Musoga kitobni berdik. Bas, sen uning robaro bolishidan shubhada bolma. Va biz uni Bani Isroilga hidoyat qilib berdik.

24

Va sabr qilgan paytlarida ulardan Bizning amrimiz ila hidoyatga boshlaydigan peshvolar chiqardik. Ular Bizning oyatlarimizga aniq ishonardilar.

25

Albatta, Robbing Ozi qiyomat kuni ular orasida ixtilof qilgan narsalari tog`risida ajrim qilur.

26

Ozlaridan oldin otgan, maskanlarida yurib turgan qanchadan-qancha asrlarni halok qilganimiz ularni hidoyatga boshlamadimi?! Albatta, bunda oyat-belgilar bordir. Eshitmaydilarmi?!

27

Bizning suvni quruq yerga haydab, u bilan chorvalari va ozlari yeydigan ziroatni chiqarishimizni bilmaydilarmi?! Axir, kormaydilarmi?!

28

Ular: «Agar rostgoy bolsalaringiz, bu fath qachon bo`lur?!» derlar.

29

Sen: «Fath kuni kufr keltirganlarga iymonlari manfaat bermas va ularga muhlat ham berilmas», deb ayt.

30

Bas, ulardan yuz ogir va muntazir bol. Albatta, ular ham muntazirdirlar.