Barcha Islom kutubxonasi

31 - Luqman - Luqmān

:1

Alif. Laam. Miym.

:2

Ushbular hikmatli Kitob oyatlaridir.

:3

U muhsinlarga hidoyat va rahmatdir.

:4

Ular namozni to`kis ado etadigan, zakotni beradigan va oxiratga ishonch-la iymon keltiradiganlardir.

:5

Ana oshalar Robbilaridan bolgan hidoyatdadirlar. Ana oshalar ozlari najot topguvchilardir.

:6

Odamlar orasida(ozlari) ilmsiz ravishda Allohning yolidan adashtirish uchun va u(yol)ni istehzo qilish uchun behuda sozni sotib oladigan kimsalar ham bor. Ana oshalarga, ozlariga xorlovchi azob bor.

:7

Qachon unga Bizning oyatlarimiz tilovat qilinsa, xuddi ularni eshitmagandek, xuddi qulogida ogirlik bordek, mutakabbirlik bilan ortga qarab ketar. Bas, unga alamli azobning bashoratini ber.

:8

Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlarga, o`shalarga ne'mat jannatlari bordir.

:9

Ular unda abadiy qolurlar. Allohning va'dasi haqdir. Va U Aziyz va Hakiymdir.

:10

U, siz korib turganingizdek, osmonlarni ustunsiz yaratgan, sizlarni tebratmasligi uchun yer yuziga ogir toglarni tashlagan va u(er)da har turli jonivorlarni taratib qoygan Zotdir. Va osmondan suv tushirib, u bilan u(er yuzi)da turli gozal va karamli juftlarni ostirib qo`ydik.

:11

Bu, Allohning yaratganidir. Qani Menga korsating-chi, Undan boshqalar nimani yaratdilar. Yoq! Zolimlar ochiq-oydin adashuvdadirlar.

:12

Batahqiq, Biz Luqmonga: «Allohga shukr qil. Kim shukr qilsa, o`zi uchun qiladir. Kim noshukrlik qilsa, bas, albatta, Alloh behojat va maqtalgan Zotdir», deb hikmatni berdik.

:13

Luqmon ogliga va'z-nasihat qilib aytganlarini esla: «Ey ogilcham, Allohga shirk keltirma. Albatta, shirk katta zulmdir».

:14

Biz insonga ota-onasi haqida tavsiya qildik: onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan ko`tardi.

:15

Agar ikkovlari seni ozing bilmagan narsani Menga shirk keltirishga zorlasalar, bas, ularga itoat etma! Va dunyo-da ikkovlariga yaxshilik qil hamda Menga yonalganlarning yoliga ergash. So`ngra qaytishingiz faqat Mengadir. Bas, Men sizga nima amal qilganingiz xabarini berurman.

:16

«Ey ogilcham, albatta, u (amal) agar achitqining bir dona urugicha bolsa-yu, u bir qoya tosh ichida yoki osmonlarda yoxud yerda bolsa ham, Alloh uni keltirur. Albatta, Alloh ota lutfli va o`ta xabardor Zotdir.»

:17

«Ey ogilcham, namozni tokis ado qil, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytar va ozingga yetgan musiybatga sabr qil. Albatta, bular azm etilajak ishlardandir.»

:18

«Odamlardan takabbur-la yuz o`girma va yer yuzida kibr-havo ila yurma. Albatta, Alloh hech bir mutakabbir va maqtanchoqni sevmas.»

:19

«Yurishingda mo'tadil bol va ovozingni pasaytir. Chunki, ovozlarning eng yomoni eshakning ovozidir.»

:20

Alloh sizlarga osmonlardagi narsalarni va yerdagi narsalarni beminnat xizmatkor qilib qoyganini va sizga zohiriy va botiniy ne'matlarni mukammal qilib berganini bilmadingizmi?! Odamlar orasida ilmsiz, hidoyatsiz va ravshan kitobsiz (bola turib) Alloh haqida tortishadiganlari ham bor.

:21

Qachon ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga ergashinglar», deyilsa: «Yoq! Biz otalarimizni nimaning ustida topsak, oshanga ergashurmiz», derlar. Agar shayton ularni dozax azobiga chaqirayotgan bolsa ham-a?!

:22

Kim gozal amallarni qilguvchi bolgan holida Allohga yuz tutsa, batahqiq, u ishonchli arqonni mahkam tutibdi. Ishlarning oqibati faqat Allohga qaytur.

:23

Kim kufr keltirsa, uning kufri seni xafa qilmasin. Qaytishlari faqat Bizgadir. Bas, Biz ularga nima amal qilganlari xabarini berurmiz. Albatta, Alloh qalblardagi narsalarni o`ta bilguvchidir.

:24

Ularni bir oz huzurlantirurmiz, so`ngra qattiq azobga majbur qilurmiz.

:25

Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratgan?» deb sorasang, albatta, «Alloh», derlar. Sen: «Allohga hamd bolsin», deb ayt. Yoq! Koplari bilmaslar.

:26

Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Albatta, Alloh O`zi behojat va maqtalgan Zotdir.

:27

Agar yer yuzidagi daraxtning barchasi qalamlar bolib, dengiz — uning ortida yetti dengiz madad berib turib — (siyoh) bolsa ham, Allohning kalimalari bitmas. Albatta, Alloh Aziyz va Hakiymdir.

:28

Sizlarni yaratish ham, qayta tiriltirish ham faqat bir jonni (yaratish va qayta tiriltirish) kabidir. Albatta, Alloh ota eshitguvchi va ota ko`rguvchidir.

:29

Alloh kechani kunduzga kiritishini va kunduzni kechaga kiritishini, quyosh va oyni beminnat xizmatkor qilib qoyganini, ularning har biri belgilangan muddat tomon yurishini va, albatta, Alloh nima amal qilayotganingizdan xabardor ekanini kormadingmi?!

:30

Bu, albatta, Allohning Ozi haq, albatta, Undan ozga iltijo qilayotganlari botil va, albatta, Allohning O`zi eng yuksak va eng buyuk zot ekanidandir.

:31

Kemalar Allohning ne'mati ila sizga Uning oyat-belgilarini korsatish uchun dengizda yurganini kormadingmi?! Albatta, bunda har bir ota sabrli va ota shukrlilar uchun oyat-belgilar bordir.

:32

Qachon ularni tog kabi tolqin orab qolsa, Allohning diniga ixlos ertaroq, duo qilurlar. Najot berib, ularni quruqlikka chiqarsa, ba'zilari tejamkor bolur. Bizning oyatlarimizni faqat ota xoin va ota kofirlargina inkor eturlar.

:33

Ey odamlar! Robbingizga taqvo qiling va ota bolasiga foyda bera olmaydigan, bola otasiga biror narsada foyda berguvchi bolmaydigan Kundan qorqing. Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Bas, hayoti dunyo sizni gururga ketkazmasin. Ota gururga ketkazguvchi sizni Alloh ila gururga ketkazmasin.

:34

Albatta, qiyomat soati ilmi yolgiz Allohning huzuridadir. Yomgirni U yogdirur. Bachadonlardagi narsani ham U bilur. Hech bir jon ertaga nima kasb qilishini bilmas. Hech bir jon qaysi yerda olishini ham bilmas. Albatta, Alloh ota bilguvchi va ota xabardordir.