Barcha Islom kutubxonasi

30 - The Romans - Ar-Rūm

:1

Alif. Laam. Miym.

:2

Rum maglub boldi.

:3

Yaqin yerda. Va ular maglubiyatlaridan keyin tezda golib bo`lajaklar.

:4

Sanoqli yillarda. Undan oldin ham, keyin ham barcha ish Allohdandir. Osha kunda mominlar shodlanurlar.

:5

Allohning nusratidan. U xohlaganiga nusrat berur. Va U aziyzu rohiymdir.

:6

(Bu) Allohning va'dasidir. Alloh Oz va'dasiga xilof qilmas. Lekin odamlarning kopi buni bilmaslar.

:7

Ular bu dunyo hayotining zohirini bilurlar. Holbuki, ular oxiratdan g`ofildirlar.

:8

Axir, ular, ozlaricha, Alloh osmonlaru yerni va ular orasidagi narsalarni faqat haq bilan va ma'lum muddatga yaratganini tafakkur qilib kormaslarmi?! Haqiqatan, odamlardan koplari Robbilariga robaro bolishni inkor qilguvchilardir.

:9

Yer yuzida yurib, ozlaridan oldingilarning oqibati qanday bolganiga nazar solmaslarmi?! Ularning bulardan quvvatlari koproq edi va yerga ishlov berib, uni bular obod qilgandan kora koproq obod qilgan edilar. Va ularga Paygambarlari ochiq-oydin(oyat)lar bilan keldilar. Alloh ularga zulm qilmas edi, lekin ular o`zlariga zulm qilardilar.

:10

Songra yomonlik qilganlarning oqibati Allohning oyatlarini yolgonga chiqarganlari va ularni istehzo qilganlari uchun yomon bo`ldi.

:11

Alloh maxluqotni yoqdan bor qilur, songra uni yana qaytadan vujudga keltirur, so`ngra Unga qaytarilursiz.

:12

Qiyomat qoim bolgan kunda jinoyatchilar noumid bolurlar.

:13

Ularga (Allohga keltirgan) sheriklaridan shafoatchilar bolmadi va ular sheriklariga kufr keltirguvchi boldilar.

:14

Qiyomat qoim bolgan kuni, osha kuni (guruhlarga) bo`linurlar.

:15

Bas, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar, ular jannatda shodlanurlar.

:16

Kufr keltirib, Bizning oyatlarimizni va oxirat muloqotini yolgonga chiqarganlar, ana oshalar azobga hozir qilinurlar.

:17

Bas, tunga kirishingizda ham, tongga kirishingizda ham Allohni poklab yod eting.

:18

Osmonlaru yerdagi hamdu sano Unikidir. Oqshomda va peshinda ham (poklab yod eting).

:19

U olikdan tirikni chiqarur va tirikdan olikni chiqarur va yerni olimidan keyin tiriltirur. Shunga oxshash, siz ham chiqarilursiz.

:20

Sizni tuproqdan yaratgani va so`ngra sizlar basharga aylanib tarqalishingiz Uning oyat-belgilaridandir.

:21

Va sizlarga sokinlik topishingiz uchun ozingizdan juftlar yaratganligi va oralaringizda sevgi va marhamatni solib qoygani (ham) Uning oyat-belgilaridandir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.

:22

Va Uning oyat-belgilaridan osmonlaru yerning yaratilishi va tillaringiz va ranglaringizning turlicha bo`lishidir. Albatta, bunda olimlar uchun oyat-belgilar bordir.

:23

Va Uning oyat-belgilaridan kechasi va kunduzi uxlashingiz hamda Uning fazlidan talab qilishingizdir. Albatta, bunda eshitadigan qavm uchun oyat-belgilar bordir.

:24

Va Uning oyatlaridan sizga qorquv va umid uchun chaqmoqni korsatur va osmondan suvni nozil qiladi-da, u bilan yerni o`lgandan keyin tiriltirur. Albatta, bunda aql yuritadigan qavm uchun oyat-belgilar bordir.

:25

Uning oyat-belgilaridan, osmonlaru yer Uning amri ila turishidir. So`ngra sizlarni bir bor chaqirsa, yerdan hammangiz birdan chiqarsizlar.

:26

Osmonlaru yerdagi kimsalar Unga xosdir. Barchalari Unga itoat qilguvchidirlar.

:27

U maxluqotni yoqdan bor qilur, songra uni yana qaytadan vujudga keltirur, bu Unga juda osondir. Osmonlaru yerdagi eng oliy vasf Unikidir. U aziyz va hakiym Zotdir.

:28

U sizga ozingizdan misol keltirdi. Sizlarning qolingizdagi(qullaringiz)dan Biz sizga rizq qilib bergan narsada sheriklaringiz bor-u, sizlar u(rizq)da teng bolib, ular(haqi)da ham oz(haq)ingizda qorqqaningizdek qorqasizmi?! Aql yuritadigan qavmlar uchun oyatlarni ana shunday mufassal qilib borurmiz.

:29

Yoq!!! Zulm qilganlar ilmsiz ravishda havoyi nafslariga ergashdilar, xolos. Alloh zalolatga solgan kimsani kim hidoyatga sola olardi?! Va ularga nusrat berguvchilar bolmas.

:30

Bas, sen haqqa moyil bolib, dinga yuz tut. Bu fitrat Alloh odamlarni yaratgan asl tabiatdir. Allohning yaratganini ozgartirib bolmas. Ushbu togri dindir. Lekin odamlarning kopi bilmaslar.

:31

(Har bir narsada) Unga qaytguvchi bolaroq, Unga taqvo qiling, namozni tokis ado eting va mushriklardan bo`lmang.

:32

Dinlarida tafriqaga tushgan, guruh-guruh bolib olib, har bir firqa oz oldidagi narsadan shod bolganlardan (bolmang).

:33

Qachon odamlarga zarar yetsa, Robbilarining Ozigagina qaytib, duo qilurlar. Songra U ularga Ozidan rahmat tottirganda, koribsanki, ulardan ba'zi guruhlari Robbilariga shirk keltirurlar.

:34

Biz ularga bergan narsaga kufr keltiraversinlar! Bas, huzurlanavering! Yaqinda bilasizlar!

:35

Yoki Biz ularga hujjat tushirganmiz-u, u(hujjat) Unga shirk keltirgan narsalari (joizligi) haqida so`zlarmi?!

:36

Va qachon odamlarga rahmatni tottirsak, undan shod bolurlar. Agar ularga oz qo`llari taqdim qilgan narsa tufayli yomonlik yetsa, darhol umidsizlikka tushurlar.

:37

Ular Alloh O`zi xohlagan kishisiga rizqni keng yoki tor qilishini bilmaslarmi? Albatta, bunda iymon keltiradigan qavm uchun oyat-belgilar bordir.

:38

Bas, qarindoshga, miskinga va yolda qolganga haqqini ber. Ana shu, Allohning yuzini iroda qilganlar uchun xayrlidir. Va ana oshalar najot topguvchilardir.

:39

Odamlar mollari ichida ziyoda bolsin deb ribo uchun bergan molingiz Alloh huzurida ziyoda bolmas. Allohning yuzini kozlab bergan zakotingiz esa, bas, ana oshalar bir necha barobar qilib olguvchilardir.

:40

Sizlarni xalq qilgan, songra rizqlantirgan, keyin oldiradigan va yana tiriltiradigan zot Allohdir. Sizning (Allohga keltirgan) sheriklaringizdan kim ana shularingizdan birortasini qila oladir?! U zot ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va oliy bo`ldi.

:41

Qilgan amallarining ba'zisini tottirish uchun, odamlar qollari kasb qilgan narsalar tufayli quruqlikdayu dengizda fasod zohir boldi. Shoyadki, ular qaytsalar.

:42

Sen: «Er yuzida sayr qilinglar. Oldin otganlarning oqibati qanday bolganiga nazar solinglar. Ularning koplari mushrik bolgan edilar», deb ayt.

:43

Bas, Alloh tomonidan rad qilinmaydigan kun kelmasdan avval togri dinga yuz tut. Osha kunda (odamlar) bolak-bolak bolurlar.

:44

Kim kufr keltirsa, uning kufri oziga zarar. Kimlar yaxshi amallar qilgan bolsa, o`zlari uchun (zamin) tayyorlar.

:45

U zot iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarni O`z fazli ila mukofotlashi uchundir. Albatta, U kofirlarni sevmas.

:46

Va Uning oyat-belgilaridan sizga Oz rahmatidan tottirish uchun, Oz amri ila kemalarni yurdirish uchun va Uning fazlidan (rizq) talab qilishingiz uchun shamollarni xushxabarchi qilib yuborishidir. Shoyadki, shukr qilsangiz.

:47

Batahqiq, Biz sendan oldin ham Paygambarlarni qavmlariga yubordik. Bas, ular (qavmlariga) ochiq-oydin hujjatlar keltirganlar. Song Biz jinoyat qilganlardan intiqom olganmiz. Mominlarga nusrat berish Bizning zimmamizdagi haq bolgan.

:48

Alloh shunday zotki, shamollarni yuborib, ular ila bulutni qozgatar va u(bulut)ni osmonda Ozi xohlaganicha yoyar va bolak-bolak qilar, bas, uning orasidan yomgir chiqayotganini korasan. Qachon u(yomgir)ni Oz bandalaridan xohlagan kimsalarga yetkazsa, ular darhol shod bolurlar.

:49

Holbuki, ustlariga (yomg`ir) tushirilishidan oldin, ha, undan oldin, mutlaqo umidsiz edilar.

:50

Bas, Robbing rahmati asarlariga nazar sol. U yerni olib yotganidan keyin qanday tiriltirur?! Albatta, ana shu Zot oliklarni ham tiriltirguvchidir va U har bir narsaga qodirdir.

:51

Agar Biz bir shamol yuborib, ular (ekinlarini) sargaygan holda korsalar, undan keyin, albatta, kufroni ne'mat qilishga o`tarlar.

:52

Albatta, sen o`likka eshittira olmassan va da'vatni ortlariga burilib ketayotgan karlarga eshittira olmassan.

:53

Sen korlarni gumrohliklaridan hidoyat qilguvchi emassan. Sen faqat Bizning oyatlarimizga iymon keltirganlargagina eshittira olursan. Ana oshalar musulmonlardir.

:54

Alloh sizni zaiflikda yaratgan, songra zaiflikdan keyin quvvatli qilgan, songra quvvatdan keyin yana zaiflik va qarilik oriz qilgan Zotdir. U xohlaganini yaratadir. U ota ilmli va ota qudratlidir.

:55

Qiyomat qoim boladigan kuni jinoyatchilar bir soatdan boshqa turmaganlari haqida qasam ichurlar. Ular ana shunday ogirilar edilar.

:56

Ilm va iymon berilganlar: «Batahqiq, Allohning kitobi bo`yicha, qayta tirilish kunigacha turdingiz. Bas, bugun qayta tirilish kunidir. Lekin sizlar bilmas edingiz», derlar.

:57

Bas, bugungi kunda zulm qilganlarga ma'ziratlari manfaat bermas hamda ular itobga ham qaytarilmaslar.

:58

Batahqiq, Biz ushbu Qur'onda odamlar uchun turli misollar keltirdik. Aniqki, agar sen ularga mo'jiza keltirsang ham, kufr keltirganlar: «Siz botilchilardan ozga emassiz», derlar.

:59

Alloh bilmaydiganlarning qalblarini ana shunday qilib muhrlar.

:60

Bas, sabr qil. Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Sobit iymon keltirmaganlar seni yengiltaklikka boshlamasinlar.