3 - Family of Imran - Āli `Imrān
Alif. Laam. Miym.
Alloh — Undan ozga iloh yoq. U tirik va qayyum Zotdir.
U senga kitobni haq ila o`zidan avvalgi narsani tasdiqlovchi qilib tushirdi hamda Tavrot va Injilni tushirdi.
Undan oldin odamlarga hidoyat qilib. Va Furqonni ham tushirdi. Allohning oyatlariga kufr keltirganlarga shiddatli azob bor. Alloh Aziyz va intiqom oluvchi Zotdir.
Albatta, Alloh Unga yerda ham, osmonda ham hech narsa maxfiy qolmaydigan Zotdir.
U sizlarni bachadonlarda xohlagan suvratga soladigan Zotdir. Undan ozga iloh yoq. U Aziyz va Hakiym Zotdir.
U senga kitobni tushirgan Zotdir. Unda muhkam — oydin oyatlar ham bor va ular kitobning aslidir va mutashobih oyatlar ham bor. Qalblarida hidoyatdan ogish borlar fitna maqsadida va uni ta'viyl qilish maqsadida undan mutashobih bolganiga ergashadir. Uning ta'viylini Allohdan boshqa hech kim bilmas. Ilmda sobit bo`lganlar esa: Unga iymon keltirdik, barchasi Robbimiz huzuridandir, derlar. Va faqat aql egalarigina eslarlar.
Ey Robbimiz, bizni hidoyat qilganingdan song qalblarimizni ogdirmagin va bizga Oz huzuringdan rahmat ato qilgin. Albatta Sening Ozing ko`plab ato qiluvchisan.
Ey Robbimiz, albatta, Sen odamlarni kelishiga shubha yoq kunda yiguvchisan. Albatta, Alloh va'daga xilof qilmas.
Albatta, kufr keltirganlarning mollari ham, bolalari ham ulardan Allohning azobini qaytara olmas. Ana oshalar, ozlari dozaxning yoqilgisidirlar.
Fir'avn ahlining va ulardan oldingilarning holiga oxshar. Ular oyatlarimizni yolgonga chiqardilar. Bas, gunohlari tufayli Alloh ularni tutdi. Va Alloh iqobi shiddatli Zotdir.
Kufr keltirganlarga: «Tezda maglub bolasizlar va jahannamga yig`ilasizlar, u qandoq ham yomon joy», deb ayt.
«Sizga toqnashgan ikki firqada ibrat bor edi. Bir firqa Allohning yolida urishadir. Boshqasi kofirdir. Ular oz kozlari bilan (dushman) ozlariga ikki barobarligini korib turardilar. Va Alloh kimni xohlasa, oshani Oz nusrati ila qo`llaydir. Albatta, bunda aql egalari uchun ibrat bordir», deb ayt.
Odamlarga ayollardan, bolalardan, top-top tillo va kumushdan, go`zal otlardan, chorvadan, ekin-tikindan iborat shahvatlarning muhabbati ziynatlandi. Ular dunyo hayotining matohidir. Allohning huzurida esa, husnli qaytar joy bor.
Sen: «Osha narsalaringizdan yaxshirogining xabarini beraymi?! Taqvo qilganlarga Robbilari huzurida ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bor. Unda abadiy qolurlar. Pokiza juftlar va Alloh tomonidan rozilik bor. Va Alloh bandalarni ko`rib turuvchidir», deb ayt.
Ular: «Robbimiz, albatta, biz iymon keltirdik, bizning gunohlarimizni magfirat qilgin va dozax azobidan saqlagin», deydiganlardir.
Sabr qiluvchilar, sodiqlar, doimiy toat qiluvchilar, nafaqa qiluvchilar va saharda istig`for aytuvchilardir.
Alloh adolat ila turib, albatta, Undan ozga iloh yoqligiga shohidlik berdi. Farishtalar va ilm egalari ham. Undan ozga iloh yoq. U aziyz va hakiym Zotdir.
Albatta, Allohning huzuridagi din Islomdir. Kitob berilganlar faqat ularga ilm kelgandan song, ozaro hasad qilishibgina ixtilof qildilar. Kim Allohning oyatlariga kufr keltirsa, bas, albatta, Alloh hisobni tezda qiluvchidir.
Agar sen bilan tortishsalar: «Men yuzimni Allohga taslim etdim va menga ergashganlar ham!« deb ayt. Va kitob berilganlarga va savodsizlarga: «Islomga kirdingizmi?» deb ayt. Agar Islomga kirsalar, bas, batahqiq, hidoyat topdilar. Agar yuz ogirsalar, sening zimmangda yetkazish, xolos. Alloh bandalarni korib turuvchidir.
Albatta, Allohning oyatlariga kufr keltiradiganlar, Paygambarlarni nohaqdan oldiradiganlar va odamlardan adolatga buyuradiganlarini o`ldiradiganlarga alamli azobning bashoratini ber.
Ana oshalar, amallari bu dunyo-yu oxiratda habata bolganlardir va ularga yordam beruvchilar yo`qdir.
Kitobdan nasiba berilganlarga qaramaysanmi?! Oralarida hukm yuritish uchun Allohning kitobiga chaqirilganlarida ulardan bir guruhlari yuz o`girib ortga qaytarlar.
Buning sababi — ularning: «Bizga sanoqli kunlardan boshqa hech ot tegmas», deganlaridadir. Toqigan narsalari ularni dinlarida adashtirdi.
Unda, bolishida shubha yoq kunda ularni jamlaganimizda va har bir jon zulm qilinmasdan, qilganiga yarasha jazosini olganda, hollari qanday bo`ladir?
Sen: «Ey barcha mulkning egasi Robbim! Xohlagan kishingga mulk berursan va xohlagan kishingdan mulkni tortib olursan, xohlagan kishingni aziz qilursan, xohlagan kishingni xor qilursan. Barcha yaxshilik Sening qo`lingda. Albatta, Sen har bir narsaga qodirsan.
Kechani kunduzga kiritursan va kunduzni kechaga kiritursan, olikdan tirikni chiqarursan va tirikdan olikni chiqarursan hamda xohlagan kishingga behisob rizq berursan», deb ayt.
Mominlar mominlarni qoyib, kofirlarni dost tutmasinlar. Kim buni qilsa, bas, unga Allohdan hech narsa yoq. Magar ulardan saqlansangiz, Alloh sizlarni Oz(azob)idan ogoh qiladir. Va qaytib borish Allohning O`zigadir.
Sen: «Agar qalbingizdagi narsani maxfiy tutsangiz ham, oshkor qilsangiz ham Alloh biladir. Va osmonlardagiyu yerdagi narsalarni ham biladir. Alloh har bir narsaga qodirdir», deb ayt.
Har bir jon qilgan yaxshi amalini hozir topadigan va yomon amalining uzoq masofada bolishini istaydigan kunda. Alloh sizlarni Oz(azob)idan ogoh qiladir. Alloh bandalariga mehribon Zotdir.
Sen: «Agar Allohga muhabbat qilsangiz, bas, menga ergashing. Alloh sizga muhabbat qiladir va sizlarning gunohlaringizni magfirat qiladir», deb ayt. Alloh Gafur va Rohiymdir.
Allohga va Rasulga itoat qiling. Bas, agar ortga qaytsangiz, Alloh, albatta, kofirlarga muhabbat qilmas.
Albatta, Alloh Odamni, Nuhni, Oli Ibrohimni, Oli Imronni olamlar ustidan tanlab oldi.
Ba'zilari ba'zilariga zurriyotdir. Alloh eshituvchi, biluvchi Zotdir.
Imronning xotini: «Ey Robbim! Albatta, men qornimdagini Ozingga xolis nazr qildim. Bas, mendan qabul et. Albatta, Sening Ozing eshituvchi, biluvchi zotsan», deganini esla!
Uni (Maryamni) tuqqan chogida: «Ey Robbim, men buni qiz tugdim-ku!!» – dedi. Holbuki, Alloh u nima tuqqanini yaxshi biladi. «Va ogil qizdek emas. Va men unga «Maryam» deb nom qo`ydim va albatta, men Sendan unga va uning zurriyotiga shaytonir rojim sharridan panoh tilarman.»
Bas, uni Robbi juda yaxshi qabul qilib, nihoyatda gozal ostirdi va Zakariyoni unga kafil qildi. Zakariyo har qachon uning oldiga, mehrobga kirganida, uning huzurida rizq ko`rdi. U: «Ey Maryam, senga bu qayerdan», – dedi. «Bu, Allohning huzuridan. Albatta, Alloh xohlagan kishisiga behisob rizq berur», – dedi.
Shu chogda Zakariyo Robbiga duo qilib: «Ey Robbim, menga Oz huzuringdan yaxshi zurriyot bergin. Albatta, Sen duoni eshituvchisan», – dedi.
Mehrobda namoz oqib turganida, farishtalar unga: «Albatta, Alloh senga Allohdan bolgan kalimani tasdiqlovchi, boshliq, shahvati tiyilgan, solih Paygambarlardan bolgan Yahyoning bashoratini bermoqda», – dedilar.
U: «Ey Robbim, menga qandoq ogil bolsin?! Ozim ulug yoshga kirgan bolsam, xotinim tugmas bolsa?!» – dedi. U zot: «Shundoq, Alloh xohlaganini qiladir», – dedi.
U: «Ey Robbim, menga bir belgi tayinla», – dedi. U zot: «Sening belging — uch kun odamlarga faqat ishora bilan gapirishingdir. Robbingni ko`p esla va ertayu kech tasbih ayt!» – dedi.
Farishtalarning: «Ey Maryam, albatta, Alloh seni tanlab oldi, pokladi va olamdagi ayollardan ustunligingni ixtiyor qildi.
Ey Maryam, Robbingning ibodatida bardavom bo`l, Unga sajda qil va ruku' qiluvchilar bilan ruku' qil», deganlarini esla.
Bu gayb xabarlardan bolib, senga vahiy qilmoqdamiz. Ular qaysilari Maryamning kafili bo`lishiga qalamlarini tashlashayotganlarida oldilarida emasding va tortishayotganlarida ham oldilarida emasding.
Farishtalar: «Ey Maryam, albatta, Alloh senga Ozidan bolgan sozning bashoratini bermoqda, uning ismi Masiyh Iyso ibn Maryam, bu dunyoyu oxiratda obroli va yaqin bandalardandir.
U odamlarga beshikda ham, qarigan chog`ida ham gapiradi va solihlardandir», deganlarini esla.
U: «Ey Robbim, menga bashar qol tekkizmagan bolsa, qanday qilib bolam boladi?!» – dedi. U zot: «Shunday, Alloh xohlaganini qiladi. Bir ishni iroda qilsa, «Bol!» deyishi kifoya, bo`laveradi», – dedi.
Va unga kitobni, hikmatni, Tavrot va Injilni o`rgatadi.
Va Bani Isroilga Paygambar qiladi. U: «Albatta, men sizga Robbingizdan mo'jiza keltirdim, men sizlarga loydan qushga oxshash suvrat yasayman, unga puflasam, Allohning izni bilan qush boladi. Alloh izni bilan tugma kor va peslarni tuzataman va olikni tiriltiraman. Sizlarga nimani yemoqdasizu, nimani uyingizda saqlayapsiz — xabarini beraman. Agar momin bo`lsangiz, albatta, bunda sizga belgi bordir», deydi.
Va ozimdan avvalgi Tavrotni tasdiqlovchi bolib, sizga harom qilinganning ba'zisini halol qilish uchun keldim. Sizga Robbingizdan mo`'jiza bilan keldim. Allohga taqvo qiling va menga itoat eting.
Albatta, Alloh mening Robbim va sizning Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qiling. Bu — sirotul mustaqiymdir», deydir.
Iyso ulardan kofirlikni sezib qolganda: «Kimlar Alloh yolida menga yordamchi boladi?!» – dedi. Havoriylar: «Biz Allohning yordamchilarimiz, Allohga iymon keltirdik va bizning musulmonligimizga guvoh bo`l», – dedilar.
«Ey Robbimiz! Sen tushirgan narsaga iymon keltirdik va Payg`ambarga ergashdik. Bas, bizni guvohlik beruvchilar qatoriga yozgin».
Makr qildilar. Alloh ham makr qildi. Alloh makr qiluvchilarning «zo`ri»dir.
Alloh: «Ey Iyso, men seni vafot qildiruvchi va Ozimga kotaruvchiman hamda kufr keltirganlardan seni poklovchiman va qiyomat kunigacha senga ergashganlarni kufr keltirganlardan ustun qoyuvchiman. Songra, qaytish joyingiz Ozimga, bas, ixtilof qilgan narsalaringiz boyicha orangizda O`zim hukm chiqarurman», deganini esla!
Bas, kufr keltirganlarni bu dunyoyu u dunyoda shiddatli azob ila azoblayman. Ularga yordam beruvchilar yo`qdir.
Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilganlarning ajrini toliq beradi. Va Alloh zolimlarni xush kormas.
Bu, senga tilovat qilib berayotgan oyatlarimiz va hakim eslatmadandir.
Albatta, Allohning huzurida Iysoning misoli xuddi Odamning misoliga oxshaydir. Uni tuproqdan yaratib, songra unga «Bol!» dedi, bas, (u) boldi.
Bu haqiqat Robbingdandir, bas, shak keltiruvchilardan bo`lma.
Senga kelgan ilmdan keyin, kim sen bilan u haqida tortishsa, Sen: «Kelinglar, bizning bolalarimizni va sizning bolalaringizni, bizning ayollarimizni va sizning ayollaringizni, biz ozimizni, siz ozingizni chaqiramiz-da, songra yolborib, yolgonchilarga Allohning la'nati bolishini soraymiz», deb aytgin.
Albatta, bu ozi haq qissadir. Allohdan ozga hech bir iloh yoq. Albatta, Alloh, Uning Ozi Aziyz va Hakiym Zotdir.
Agar yuz o`girib ketsalar, bas, albatta, Alloh fasod qiluvchilarni biluvchidir.
Sen: «Ey, ahli kitoblar! Bizga ham, sizga ham barobar sozga keling: Allohdan ozgaga ibodat qilmaylik, Unga hech narsani sherik qilmaylik va Allohni qoyib, ba'zimiz ba'zimizni Robb qilib olmaylik», degin. Bas, agar yuz ogirsalar: «Guvoh bo`linglar, biz, albatta, musulmonlarmiz», deb aytinglar.
Ey, ahli kitoblar, nimaga Ibrohim haqida talashasizlar. Holbuki, Tavrot ham, Injil ham undan keyin tushgan-ku! Aql yuritmaysizlarmi?!
Hoy sizlar, haligilar! Ozingiz bilgan narsada-ku talashdingiz, endi nimaga ozingiz bilmagan narsada talashmoqdasiz?! Alloh biladir, siz esa bilmaysiz.
Ibrohim yahudiy ham, nasroniy ham bolmagan edi. Lekin u haq yoldan toymagan musulmon edi. Va mushriklardan ham bo`lmagan edi.
Albatta, odamlarning Ibrohimga haqlirogi unga ergashganlar, mana bu Paygambar va iymon keltirganlardir. Alloh mo`minlarning valiyidir.
Ahli kitoblardan bir toifalari sizni adashtirishni xohlarlar. Ular o`zlaridan boshqani adashtirmaslar va lekin sezmaslar.
Ey, ahli kitoblar, nimaga ozingiz guvoh bolib turib, Allohning oyatlariga kufr keltirasizlar?!
Ey, ahli kitoblar, nimaga haqni botilga aralashtirasizlar va bilib turib haqni yashirasizlar?!
Ahli kitoblardan bir toifalari: «Iymon keltirganlarga tushgan narsaga kunning avvalida iymon keltiringlar va kunning oxirida kufr keltiringlar, shoyadki, qaytsalar.
Va diningizga ergashganlardan boshqalarga ishonmanglar, toki birortaga sizga berilganga oxshash narsa berilmasin yoki Robbingiz huzurida siz bilan hujjat talashmasin», derlar. Sen: «Albatta, haqiqiy hidoyat Allohning hidoyatidir», deb ayt. Sen: «Albatta fazl Allohning qolida — xohlagan kishisiga beradir. Alloh keng qamrovli, biluvchi Zotdir.
Oz rahmatini xohlagan kishisiga xos qiladir va Alloh ulug fazl egasidir», deb ayt.
Ahli kitoblardan, agar hisobsiz molni omonat qoysang, uni senga ado qiladiganlari bor va bir dinorni omonat qoysang, ustida turib olmaguningcha, senga ado qilmaydiganlari ham bor. Bu ularning: omiylar uchun bizning ustimizga yol yoq, deyishlaridandir. Ular bilib turib Alloh haqida yolgon sozlarlar.
Yoq! Balki kim ahdiga vafo qilsa va taqvodor bolsa. Bas, Alloh taqvodorlarni xush ko`radi.
Allohning ahdini va oz qasamlarini arzon bahoga sotadiganlar, albatta, ana oshalarga oxiratda nasiba yo`qdir, qiyomat kuni Alloh ularga gapirmas, nazar solmas va poklamas. Ularga alamli azoblar bor.
Ulardan bir guruhlari borki, sizlar kitobdan bolmagan narsani kitobdan deb oylashingiz uchun kitobni tillarini burib oqirlar. Va: «U Allohning huzuridandir», derlar. Holbuki, u Allohning huzuridan emas. Ular bilib turib, Alloh haqida yolgon so`zlarlar.
Bir kishiga Alloh kitobni, hukmni va Paygambarlikni berganidan song, u odamlarga: «Allohni koyib menga banda bolinglar», deyishi aslo mumkin emas. Lekin odamlarga: «Kitobni orgatganingiz va ozingiz organganingiz asosida Robboniylar boling», deydi.
U sizlarni farishtalar va Paygambarlarni Robb qilib olishingizga buyurmas. U sizni musulmon bolganingizdan keyin kufrga buyurarmidi?!
Alloh Paygambarlardan: «Sizlarga kitob va hikmat berganim uchun ketingizdan sizlardagi narsani tasdiqlovchi Paygambar kelganda, albatta unga iymon keltirasiz va yordam berasiz, — deb ahdu paymonlarini olib turib: — Iqror boldingizmi? Bu haqda ishonchli ahdu paymonimni qabul qildingizmi?» deganini esla. Ular: «Iqror boldik», – deyishdi. U: «Bas, guvoh bolinglar, men ham guvoh boluvchilardanman», – dedi.
Kim bundan keyin yuz ogirib ketsa, bas, ana oshalar fosiqlardir.
Allohning dinidan boshqani xohlaydilarmi?! Axir xohlasayu xohlamasa, osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar Allohga bo`ysunib turibdi-ku!!! Hamda Unga qaytariladilarku!!!
Sen: «Allohga va bizga tushirilgan narsaga, Ibrohim, Ismoil, Is'hoq, Ya'qub va asbotlarga tushirilgan narsaga, Muso, Iyso va boshqa Payg`ambarlarga Robbilaridan berilgan narsaga iymon keltirdik, ulardan birortasini ajratmaymiz va biz Ungagina musulmonmiz!» deb ayt!
Kim Islomdan boshqa dinni xohlasa, bas, undan bu hargiz qabul qilinmas va u oxiratda ziyon korguvchilardan bolur.
Iymonidan, Payg`ambarning haqligiga guvohlik berganidan va ularga ochiq bayonotlar kelganidan keyin kufr ketgan qavmni Alloh qanday qilib, hidoyatga solsin. Alloh zolim qavmlarni hidoyatga solmas.
Ana oshalarning jazosi ularga Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning la'nati bolishidir.
Unda abadiy qolurlar. Ulardan azob yengillatilmas va ularga nazar ham solinmas.
Magar shundoq bolgandan keyin tavba qilib, yaxshi amallarni qilganlar bolsa, bas, Alloh mag`firat qiluvchi va rahimlidir.
Albatta, iymonlaridan keyin kufr keltirib, songra kufri ziyoda bolganlarning tavbasi hech-hech qabul qilinmas. Ana o`shalar adashganlardir.
Albatta, kufr keltirib, kofir holida olganlarning birortasidan, agar yer yuzi tola oltin fido qilsa ham, aslo qabul qilinmas. Ana oshalarga alamli azob bor. Va ularga yordamchilar yoq.
O`zingiz suygan narsadan nafaqa qilmaguningizcha, hargiz yaxshilikka erisha olmassiz. Nimani nafaqa qilganingizni Alloh biluvchidir.
Tavrot tushishidan oldin Isroil oziga harom qilgandan boshqa hamma taom Bani Isroilga halol edi. «Agar rostgoylardan bolsangiz, Tavrotni keltirib oqinglar», deb ayt!
Shundan keyin ham, kimki Alloh haqida yolgon toqisa, bas, ana o`shalar zolimlardir.
Alloh rost aytdi. Ibrohimning yoldan toymagan millatiga ergashing. U mushriklardan bolmagan edi.
Odamlarga muborak, olamlarga hidoyat qilib qo`yilgan birinchi uy Bakkadagi uydir.
Unda ochiq alomatlar va maqomi Ibrohim bor. Kim unga kirsa, tinch boladir. Odamlardan yolini topganlariga Alloh uchun Baytni haj qilmoq burchdir. Kimki kufr keltirsa, Alloh olamlardan behojatdir.
Ey, ahli kitoblar, nega Allohning oyatlariga kufr keltirasizlar?! Holbuki, Alloh qilayotganlaringizga guvoh-ku.
Ey, ahli kitoblar! Nega iymon keltirganlarni Allohning yolidan tosib, qaytarasiz?! Ozingiz shohid bolib turib, u(yol)ning qingir bolishini xohlaysiz! Alloh qilayotgan ishlaringizdan gofil emasdir.
Ey, iymon keltirganlar! Agar kitob berilganlar toifasiga itoat qilsangiz, iymoningizdan keyin sizni kofirlikka qaytaradir.
Allohning oyatlari sizga tilovat qilinib turgan bolsa-yu, Uning Rasuli ichingizda bolsa-yu, qanday qilib kufr keltirasiz?! Kim Allohni mahkam tutsa, shubhasiz, togri yolga hidoyat topgan boladir.
Ey, iymon keltirganlar! Allohga haqiqiy taqvo ila taqvo qiling. Va faqat musulmon holingizdagina bu dunyodan o`ting.
Barchangiz Allohning arqonini mahkam tuting va bolinib ketmang. Va Allohning sizga bergan ne'matini eslang: bir vaqtlar dushman edingiz, bas, qalblaringizni ulfat qildi. Uning ne'mati ila birodar boldingiz. Olovli jar yoqasida edingiz, undan sizni qutqardi. Shunday qilib, Alloh sizga O`z oyatlarini bayon qiladi. Shoyadki, hidoyat topsangiz.
Sizlardan yaxshilikka chaqiradigan, amru ma'ruf, nahyu munkar qiladigan bir ummat bolsin. Ana oshalar, o`zlari najot topguvchilardir.
Ozlariga ochiq bayonotlar kelganidan keyin bolinib, ixtilofga tushganlarga oxshash bolmanglar, ana oshalarga ulug azob bordir.
Yuzlar oq va yuzlar qora boladigan kunda yuzlari qora bolganlarga: «Iymoningizdan keyin kofir boldingizmi?! Kufr keltirgan bolganingiz uchun azobni tatib ko`ring», deyilur.
Yuzlari oq bo`lganlar esa, bas, Allohning rahmatidadirlar. Ular unda abadiy qolurlar.
Bular Allohning oyatlaridir. Ularni senga haq ila tilovat qilmoqdamiz. Alloh odamlarga zulmni xohlamas.
Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Ishlar Allohga qaytarilajak.
Siz odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat boldingiz. Amru ma'ruf qilasiz, nahyu munkar qilasiz va Allohga iymon keltirasiz. Agar ahli kitoblar iymon keltirganlarida, ozlariga yaxshi bolar edi. Ulardan mominlari bor. Ko`plari fosiqdirlar.
Ular sizlarga ozor berishdan ozga hech qanday zarar yetkaza olmaslar. Agar sizlarga qarshi urush qilsalar, ortga qarab qocharlar. Songra, ularga yordam berilmas.
Alloh ipi bolmasa yoki odamlar ipi bolmasa, ularga qayerda bolsalar ham, xorlik bitildi. Ularga Allohning gazabi lozim boldi va miskinlik bitildi. Bunday bolishligi ularning Allohning oyatlariga kufr keltirishlari va Paygambarlarni nohaqdan oldirishlari sababidandir. Bunday bolishligi ularning osiy bolganlari va haddan oshganlari sababidandir.
Ular barobar emaslar. Ahli kitoblardan Allohning oyatlarini sajda qilgan hollarida kechasida tilovat qiladigan yaxshi toifalari ham bor.
Ular Allohga, oxirat kuniga iymon keltirurlar, amru ma'ruf va nahyu munkar qilurlar va yaxshiliklarga shoshilurlar. Ana o`shalar ahli solihlardandir.
Yaxshilik qilsalar, hargiz inkor etilmaslar. Alloh taqvodorlarni yaxshi biluvchi Zotdir.
Albatta, kufr keltirganlardan mollari ham, bolalari ham hargiz Alloh azobidan hech narsani qaytara olmas. Ana oshalar dozax egalaridir. Ular unda abadiydirlar.
Ularning bu dunyo hayotida qiladigan nafaqalari misoli oziga zulm qilgan bir qavmning ekinini urib halok qilgan sovuq shamolga oxshaydir. Alloh ularga zulm qilmadi. Lekin ular o`zlariga zulm qildilar.
Ey, iymon keltirganlar! Ozingizdan boshqadan sirdosh tutmang. Ular sizga yomonlik qilishini qoymas. Mashaqqatda qolishingizni xohlar. Dushmanliklari ogizlaridagi(sozlari)dan bilinib turibdi. Dillarida maxfiy turgani yana ham kattaroq. Agar aql yuritadigan bo`lsangiz, Biz sizlarga belgilarini bayon qildik.
Hoy, sizlar! Ularni yaxshi korasizlar-u, ular sizni yaxshi kormaslar. Sizlar kitobning hammasiga iymon keltirasizlar-u, ular sizlarni korganda, iymon keltirdik, derlar, ammo xoli qolganlarida, sizlarga bolgan qattiq achchiqlaridan barmoq tishlarlar. «Achchiqlaring bilan o`lib ketinglar», deb ayt. Albatta, Alloh dillarni egallagan narsalarni biluvchidir.
Sizga yaxshilik tegsa, ularga yomon boladir. Sizlarga musiybat yetsa, ular xursand bolarlar. Agar sabr va taqvo qilsangiz, ularning makri sizga hech zarar qilmas. Albatta, Alloh qilayotgan ishlarini ihota qilguvchidir.
Ahlingdan ertalab chiqib, mominlarni urush joylariga turgizganingni esla! Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir.
Sizlardan ikki toifa qorqib zaiflashmoqchi bolganini esla! Alloh ularning valiyidir. Mominlar faqat Allohning Oziga tavakkal qilsinlar.
Batahqiq, Badrda oz bo`lsalaringiz ham, Alloh sizlarga nusrat berdi. Bas, Allohga taqvo qiling, shoyadki, shukr qilsangiz.
Mominlarga: «Sizga Robbingiz tushirilgan uch ming farishtalar ila madad bermogi kifoya qilmasmi?!» deganingni esla!
«Ha (kifoya qiladir)! Agar sabr va taqvo qilsangiz, ular shu payt kelib qolsalar ham, Robbingiz sizga belgili besh ming farishta ila madad beradir».
Alloh buni faqat sizga suyunchilik va qalbingiz taskin topishi uchungina qildi. Aslida, nusrat Aziyz va Hakiym Allohning huzuridandir.
Kufr keltirganlarning bir tarafini kesish uchun yoki xorlash uchun, toki, noumid bo`lib qaytsinlar.
Bu sening ishing emas! U zot yoki ularning tavbasini qabul qilar, yoki azoblar. Bas, ular zolimlardir.
Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Xohlagan kishini magfirat qiladir va xohlagan kishini azoblaydir. Alloh gunohni magfirat qiluvchi va rahimli Zotdir.
Ey, iymon keltirganlar! Riboni bir necha barobar qilib yemang. Allohga taqvo qiling, shoyadki, najot topsangiz.
Va kofirlar uchun tayyorlab qoyilgan olovdan qorqing.
Allohga va Rasuliga itoat eting. Shoyadki, rahm qilinsangiz.
Robbingizdan bolgan magfiratga va kengligi osmonlaru yercha bolgan, taqvodorlar uchun tayyorlab qoyilgan jannatga shoshiling.
Ular yengillikda ham, ogirlikda ham nafaqa qiladiganlar, gazabini yutadiganlar va odamlarni afv qiladiganlardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni yoqtiradir.
Va ular fohisha ish yoki ozlariga zulm qilgan choglarida Allohni eslab, gunohlarini magfirat qilishni sorarlar, gunohlarini Allohdan ozga kim ham magfirat qilardi? Va ular bilib turib, qilgan gunohlarida bardavom bo`lmaslar.
Ana oshalarning mukofotlari — Robbilaridan bolgan magfirat va ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bolib, ular unda abadiy qolurlar. Amal qiluvchilarning ajri qanday ham yaxshi!
Sizdan oldin sunnatlar qolgan. Bas, yer yuzida yurib yolgonga chiqaruvchilarning oqibati qanday bolganiga nazar solinglar.
Bu, odamlar uchun bayon va taqvodorlar uchun hidoyat va mav'izadir.
Boshashmanglar! Xafa bolmanglar! Sizlar, agar momin bolsalaringiz, ustunsizlar.
Agar sizga jarohat yetgan bolsa, u qavmga ham shunga oxshash jarohat yetgan. Bunday kunlarni odamlar orasida aylantirib turamiz. Toki, Alloh iymon keltirganlarni bilishi uchun va ulardan shahidlarni chiqarib olishi uchun. Va Alloh zolimlarni sevmas.
Toki, Alloh mo`minlarni poklashi va kofirlarni halok qilishi uchun.
Yoki Alloh sizlardan jihod qilganlarni bilmasdan va sabrlilarni bilmasdan turib, jannatga kiraveramiz, deb hisoblaysizmi?!
Duchor bolmasingizdan oldin olimni orzu qilgan edingiz. Endi uni ko`rib, nazar solib turibsiz.
Muhammad ham bir Paygambar, xolos. Undan avval ham Paygambarlar otgan. Agar u olsa yoki qatl qilinsa, orqangizga qaytasizmi?! Kimki orqasiga qaytsa, Allohga hech zarar keltira olmas. Va Alloh shukr qiluvchilarni mukofotlar.
Hech bir jon Allohning iznisiz olmas. Bu, yozilgan ajaldir. Kim bu dunyoning savobini xohlasa, unga oshandan berurmiz. Kim oxiratning savobini xohlasa, unga o`shandan berurmiz. Va shukr qiluvchilarni mukofotlarmiz.
Qanchadan-qancha Paygambarlar bilan birga koplab robboniylar jang qilganlar. Ular Alloh yolida yetgan musiybatdan boshashmaganlar, zaiflashmaganlar va bo`ysunmaganlar. Alloh sabrlilarni sevadir.
Ular: «Ey Robbimiz! Bizning gunohlarimiz va ishimizdagi isrofimizni Ozing kechirgin, sobitqadam qilgin va kofir qavmlar ustidan bizga nusrat bergin», degan gapdan ozga gapni aytmaganlar.
Bas, Alloh ularga bu dunyo savobini va oxiratning gozal savobini berdi. Alloh gozal amal qiluvchilarni sevadir.
Ey, iymon keltirganlar! Agar kufr keltirganlarga itoat qilsangiz, orqangizga qaytarurlar. Bas, ziyon ko`rguvchilarga aylanib qolursiz.
Yoq! Alloh xojangizdir. Va U yordam beruvchilarning yaxshisidir!
Tezda, kufr keltirganlarning qalbiga, Allohga hujjatsiz narsani shirk keltirganlari uchun, qorquvni solurmiz. Ularning qarorgohi dozaxdir. Zolimlarning joyi qanday ham yomon!
Batahqiq, Alloh va'dasi ustidan chiqdi. Siz Uning izni bilan ularni qira boshladingiz. Toki zaiflashib, amr haqida ixtilof qilib va siz suygan narsani korsatganidan song, isyon qilguningizcha. Orangizda dunyoni xohlaydigan kimsalar bor va orangizda oxiratni xohlaydigan kimsalar bor. Songra, sizlarni imtihon qilish uchun ulardan burdi. Batahqiq, sizni afv etdi. Alloh mominlarga fazl egasi bo`lgan Zotdir.
Paygambar ortingizdan chaqirib tursa ham hech kimga qaramay tirqirab qochganingizni eslang. Otgan narsaga va yetgan musiybatga xafa bolmasligingiz uchun sizga gam ustiga g`am berdi. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardor Zotdir.
Songra, gamdan keyin sizdan bir toifangizni qamrab olgan mudroqni omonlik qilib tushirdi. Boshqa toifa esa, ozi bilan ovora bolib, Alloh haqida nohaq, johiliyat gumonini qilib: «Bizning qolimizda nima ish bor edi», deyishdi. Sen: «Ishning barchasi Allohdandir», deb ayt! Senga oshkor qilmagan narsalarini ichlarida maxfiy tutarlar. Ular: «Agar qolimizda bir ish bolganida, bu yerda qatl qilinmas edik», derlar. Sen: «Agar uylaringizda bolsangiz ham, qatl bolish taqdirida yozilganlar oz olim joylariga chiqar edilar. Bu, Alloh koksingizdagi narsani sinashi va qalbingizdagini yaxshilab poklashi uchundir. Alloh ko`ksingizdagi narsani biluvchi Zotdir», deb ayt.
Ikki top toqnashgan kuni sizlardan yuz ogirib qochganlarni ba'zi qilgan ishlari tufayli shayton yoldan urdi, xolos. Batahqiq, Alloh ularni afv qildi. Albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.
Ey, iymon keltirganlar! Kufr keltirganlarga va yer yuzida yurgan va goziy bolgan birodarlari haqida, agar bizning huzurimizda bolganlarida olmas edilar va qatl qilinmas edilar, deydiganlarga oxshamang. Buni Alloh qalblarida hasrat qilishi uchun ayturlar. Alloh tiriltirur va oldirur. Alloh qilgan amallaringizni ko`ruvchi Zotdir.
Garchi Alloh yolida qatl qilinsangiz ham yoki olsangiz ham, Allohdan boladigan magfirat va rahmat ular jamlaydigan narsadan yaxshidir.
Garchi olsangiz ham yoki qatl qilinsangiz ham, albatta, Alloh huzurida yigilursiz.
Allohning rahmati ila ularga muloyim bolding. Agar qopol, qalbi qattiq bolganingda, atrofingdan tarqab ketar edilar. Bas, ularni afv et. Ularga istigfor ayt va ular bilan ishlarda mashvarat qil. Azmu qaror qilganingdan so`ng Allohga tavakkal qil. Albatta, Alloh tavakkal qiluvchilarni sevadir.
Agar sizga Alloh nusrat bersa, sizdan golib keluvchi yoq. Agar sizni tashlab qoysa, Undan ozga kim ham yordam berar edi. Mo`minlar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar.
Paygambarga xiyonat hech togri kelmas. Kimki xiyonat qilsa, qiyomat kuni xiyonat qilib olgan narsasi bilan keladir. Songra, har bir jon kasbiga yarasha to`liq oladir. Ularga zulm qilinmas.
Allohning roziligini izlagan odam Allohning gazabiga duchor bolgan va borar joyi jahannam bolgan odamga oxsharmidi! Va u qanday ham yomon joy!
Ularning Allohning huzuridagi darajalari turlicha. Alloh qilayotgan amallarini ko`rib turuvchi Zotdir.
Batahqiq, Alloh mominlarga ozlaridan Paygambar yuborib, ne'mat berdi. U ularga Allohning oyatlarini tilovat qilib beradir, ularni poklaydir, kitob va hikmatni orgatur. Garchi oldin ochiq-oydin adashuvda bo`lsalar ham.
Sen: «Sizga musiybat yetgan paytda, holbuki, ozingiz ham ikki baravarini yetkazgan edingiz, bu qayerdan, deysizmi?! Bu ozingizning huzuringizdan!» deb ayt. Albatta, Alloh hamma narsaga qodirdir.
Ikki jamoa toqnashgan kuni sizga musiybat Allohning izni bilan va mominlarni bilish uchun.
Va munofiqlik qilayotganlarni bilish uchun yetdi. Va ularga: «Kelinglar, Allohning yolida urush qilinglar yoki mudofaa qilinglar», deyildi. Ular: «Agar jang bolishini aniq bilsak, sizga ergashardik», – dedilar. Ular osha kunda iymondan kora kufrga yaqinroq edilar. Tillari bilan dillarida yo`q narsani ayturlar. Alloh berkitayotgan narsalarini yaxshi biluvchi Zotdir.
Ular oz birodarlariga va (urushga chiqmay) otirganlarga: «Agar bizga itoat qilganlarida qatl qilinmas edilar», – deyishdi. Sen: «Agar gapingiz rost bolsa, ozingizdan olimni qaytarib koring-chi», deb ayt.
Allohning yolida qatl bolganlarni o`liklar deb hisoblamanglar. Balki, ular — tirik, Robbilari huzurida rizqlanmoqdalar.
Ular Alloh Oz fazlidan bergan narsalardan xursandlar va hali ortlaridan ozlariga qoshilmagan birodarlariga, ularga xavf yoqligining hamda xafa ham bo`lmasliklarining xushxabarini bermoqdalar.
Ular Allohdan bolgan ne'mat va fazlning hamda, albatta, Alloh mominlarning ajrini zoye qilmasligining xushxabarini bermoqdalar.
Ular jarohat yetgandan keyin ham Alloh va Paygambar chaqirigiga javob beradiganlardir. Ulardan yaxshilik va taqvo qilganlariga ulug` ajrlar bordir.
Ularga kishilar: «Albatta, odamlar sizga qarshi kuch topladilar, ulardan qorqinglar», deganda, iymonlari ziyoda boldi va: «Bizga Allohning Ozi yetarli va U qanday ham yaxshi vakil», – dedilar.
Bas, Allohning ne'mati va fazli ila ularga yomonlik yetmasdan qaytdilar va Allohning roziligiga erishdilar. Alloh ulug` fazl egasidir.
Albatta, bunday bolishingiz shaytondandir, u oz yaqinlaridan qorqitur. Bas, agar momin bolsangiz, ulardan qorqmanglar, mendan qo`rqinglar.
Kufrga oshiqayotganlar seni xafa qilmasin. Albatta, ular hargiz Allohga biror zarar yetkaza olmaslar. Alloh ularga oxiratda nasiba qilmaslikni xohlaydir. Ularga ulkan azob bordir.
Albatta, kufrni iymonga sotib olganlar Allohga hargiz biror zarar yetkaza olmaslar. Ularga alamli azob bordir.
Kufr keltirganlar ularni tek qoyganimizni ozlari uchun yaxshi deb hisoblamasinlar. Biz ularni faqat gunohlari kopayishi uchungina tek qoyamiz. Ularga xorlovchi azob bordir.
Alloh mominlarni pokidan nopokini ajratmasdan, siz turgan holda, qoyib qoymas. Alloh sizlarni gaybdan xabardor qilib qoymas. Lekin Alloh Oz Paygambarlaridan kimni xohlasa, tanlab oladir. Bas, Allohga va Uning Paygambarlariga iymon keltiringlar. Agar iymon keltirsangiz va taqvo qilsangiz, sizlarga ulug` ajr bordir.
Alloh Oz fazlidan bergan narsaga baxillik qilganlar buni ozlariga yaxshilik deb hisoblamasinlar. Aksincha, bu ularga yomonlikdir. Qiyomat kuni baxillik qilgan narsalari ila boyinlari oralur. Osmonlaru yerning merosi Allohgadir. Va Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
Batahqiq, Alloh: «Albatta, Alloh kambagal va biz boymiz», deganlarning gapini eshitdi. Aytganlarini va Paygambarlarni nohaq oldirganlarni yozib qoyamiz va: «Kuydiruvchi azobni tatib ko`ring!» deymiz.
Bundoq bolishligi sizning oz qo`lingiz ila qilganingiz tufaylidir. Albatta, Alloh bandalariga zulm qiluvchi emas.
«Albatta, Alloh bizdan otda kuyadigan qurbonlik keltirmagan Paygambarga ishonmasligimizga ahd olgan», deydiganlarga: «Mendan oldin ham sizlarga Paygambarlar ochiq-oydin bayonotlar va siz aytgan narsa bilan kelganlar. Agar rostgoy bolsalaringiz, nimaga ularni oldirdingiz?» deb ayt.
Agar seni yolgonchi qilsalar, sendan oldin ochiq-oydin bayonotlar, hikmatli kitoblar va nurli kitoblar bilan kelgan Paygambarlarni ham yolg`onchi qilganlar.
Har bir jon olimni totguvchidir. Qiyomat kuni ajrlaringizni toligicha olursiz. Kim dozaxdan uzoqlashtirilsa va jannatga kiritilsa, shubhasiz, yutibdi. Bu dunyo hayoti gurur matohidan ozga narsa emas.
Albatta, molu jonda sinovga uchraysiz. Albatta, sizdan oldin kitob berilganlardan va shirk keltirganlardan ko`plab ozor eshitasiz. Agar sabr qilsangiz va taqvo qilsangiz, albatta, bu salmoqli ishlardandir.
Alloh kitob berilganlardan, uni odamlarga albatta bayon qilursiz va berkitmassiz, deb ahd olganini esla. Bas, uni ortlariga qaratib otdilar va arzon narxga sotdilar. Sotib olgan narsalari qanday ham yomon!
Qilganlariga xursand bo`lib, qilmaganlariga maqtalishni suyadiganlarni azobdan najotda deb hisoblama. Ularga alamli azob bor!
Osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. Va Alloh har bir narsaga qodirdir.
Albatta, osmonlaru yerning yaratilishida va kecha-kunduzning almashinishida aql egalari uchun belgilar bor.
Allohni tik turgan, otirgan va yonboshlagan hollarida eslaydigan, osmonlaru yerning yaratilishini tafakkur qiladiganlar: «Robbimiz, buni bekorga yaratganing yoq, Ozing poksan, bizni ot azobidan saqlagin.
Robbimiz, albatta, Sen kimni dozaxga kiritsang, batahqiq, uni sharmanda qilibsan. Va zolimlarga yordam beruvchilar yoq.
Robbimiz, biz nido qiluvchining «Robbingizga iymon keltiring!» deb nido qilayotganini eshitdik va iymon keltirdik. Robbimiz, bizning gunohlarimizni kechirgin va yomonliklarimizni ochirgin hamda yaxshilar bilan birga oldirgin.
Robbimiz, bizga Payg`ambarlaringga va'da qilgan narsalaringni bergin va bizni qiyomat kuni sharmanda qilmagin. Albatta, Sen va'daga xilof qilmassan», derlar.
Robbilari ularning (duolarini) ijobat qilib: «Men sizlardan erkagu ayol amal qiluvchining amalini zoye qilmasman. Ba'zingiz ba'zingizdansiz. Hijrat qilganlar, diyorlaridan chiqarilganlar, Mening yolimda aziyat chekkanlar, jang qilganlar va qatl bolganlarning yomonliklarini ochirurman hamda ularni albatta ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiriturman, bu — Allohning huzuridan savobdir. Va Alloh — huzurida gozal savob bor Zotdir», dedi.
Kufr keltirganlarning yurt kezishlari seni aldab qo`ymasin.
Bu ozgina matohdir. Songra orinlari jahannamdir. U qanday ham yomon yotoq!
Lekin Robbilariga taqvo qilganlar uchun ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bo`lib, unda abadiy qolurlar. Bu Allohdan ziyofatdir. Alloh huzuridagi narsa abrorlar uchun yaxshidir.
Albatta, ahli kitoblardan Allohga, sizlarga tushirilgan narsaga, ularga tushirilgan narsaga iymon keltiradiganlari, Allohga ozini xor tutib boyin egadiganlari, Allohning oyatlarini arzon bahoga sotmaydiganlari bordir. Ana o`shalarga Robbilari huzurida ajr bordir. Albatta, Alloh tezhisob Zotdir.
Ey, iymon keltirganlar! Sabr qiling. Sabr ila golib keling. Kurashga bel boglab turing. Allohga taqvo qiling. Shoyadki, yutuqqa erishsangiz.