Barcha Islom kutubxonasi

4 - The Women - An-Nisā

:1

Ey odamlar! Sizlarni bir jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovlaridan koplab erkagu ayollar taratgan Robbingizdan qorqinglar! Nomini ishlatib bir-biringizdan sorovda boladiganingiz Allohdan va qarindoshlik (aloqalarini uzish)dan qo`rqing. Albatta, Alloh ustingizda kuzatib turuvchi Zotdir.

:2

Va yetimlarga oz mollarini bering. Nopokni pokka almashtirmang. Ularning mollarini ozingizning mollaringizga qoshib yemang. Zero, bu katta gunoh bolur.

:3

Agar yetimlarga adolat qila olmaslikdan qorqsangiz, ozingizga yoqqan ayollardan ikkitami, uchtami, torttami nikohlab oling. Agar adolat qila olmaslikdan qorqsangiz, bittani (oling) yoki qolingizda mulk bolganlar bilan (kifoyalaning). Mana shu, jabr qilmasligingizga yaqinroqdir.

:4

Ayollarga mahrlarini kongildan chiqarib bering. Agar ular undan biror narsani chin kongildan tutsalar, bas, uni yenglar. Osh bolsin, ofiyat bolsin.

:5

Alloh (hayotingizni) turgizish (vositasi) qilgan mollaringizni esi pastlarga bermang. Ularni osha mollardan rizqlantiring, kiyintiring va ularga yaxshi so`zlar ayting.

:6

Yetimlarni to nikoh(yoshi)ga yetgunlaricha sinab turinglar. Agar ularning es-hushi joyida ekanini bilsangiz, ularga oz mollarini topshiring. U mollarni isrof ila va egalarining katta bolib qolishidan qorqib shoshilib yemang. Boy bolganlar iffatli bolsinlar. Kim kambagal bolsa, togrilik bilan yesin. Ularga oz mollarini topshirayotganingizda guvohlar keltiring. Hisobchilikka Allohning O`zi kifoya qilur.

:7

Ota-onalar va qarindoshlar qoldirgan narsada erkaklarning nasibasi bor. Ota-onalar va qarindoshlar qoldirgan narsada ayollarning nasibasi bor. U oz bolsin, kop bo`lsin — farz qilingan nasibadir.

:8

Agar taqsimlashga qarindoshlar, yetimlar va miskinlar hozir bo`lsalar, ularni u(meros)dan rizqlantiringlar hamda ularga yaxshi gaplar aytinglar.

:9

Ozlari zaifhol zurriyotlarini ortdan qoldirishdan qanday qorqsalar, (boshqalar haqida ham) shunday qorqsinlar. Bas, Allohdan qorqsinlar va togri so`z aytsinlar.

:10

Albatta, yetimlarning molini zulm ila yeganlar qorinlarida olovni yegan bolurlar. Va, shubhasiz, dozaxga kirurlar.

:11

Alloh sizga farzandlaringiz haqida vasiyat etib, bir ogilga ikki qiz nasibasicha berishni amr etadi. Agar ular ikkitadan kop (ayol) bolsalar, ularga u (ota) qoldirganning uchdan ikkisi. Agar qiz bitta bolsa, unga yarmi. Agar u(mayyit)ning bolasi bolsa, u tark qilgan narsadan ota-onasining har biriga oltidan bir. Agar uning bolasi bolmasa va ota-onasi merosxor bolsa, onasiga uchdan bir. Agar uning aka-ukalari bolsa, onasiga oltidan bir. U qilgan vasiyat yoki qarzini ado etgandan so`ng. Otalaringiz va bolalaringizdan qaysi birlari sizga manfaatliroq ekanini bilmassizlar. Bu, Alloh joriy qilgan farzdir. Albatta, Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.

:12

Sizlarga xotinlaringiz qoldirgan narsaning — agar ularning bolasi bolmasa — yarmi tegadi. Agar ularning bolasi bolsa, sizga ular qoldirgan narsaning choragi tegadi. Ular qilgan vasiyatni yoki qarzlarini ado etgandan song. Ularga siz qoldirgan narsaning — agar bolangiz bolmasa — choragi tegadi. Agar bolangiz bolsa, ularga siz qoldirgan narsaning sakkizdan biri tegadi. Siz qilgan vasiyatni yoki qarzingizni ado etgandan song. Agar bir erkak yoki ayol kalola holida meros qoldirsa, uning birodari yoki singlisi bolsa, ulardan har biriga oltidan bir tegur. Agar ular bundan kop bolsalar, uchdan biriga sherikdirlar. Zarar qilmaydigan vasiyatni yoki qarzni ado etgandan song. Bular Allohning vasiyatidir. Va Alloh biluvchi hamda Haliym Zotdir.

:13

Ana o`shalar Allohning chegaralaridir. Kim Allohga va Uning Rasuliga itoat etsa, U Zot uni ostidan anhorlar oqib turgan jannatga abadiy qolish uchun kiritadir. Bu esa, ulkan yutuqdir.

:14

Kim Allohga va Uning Rasuliga isyon qilsa va Uning chegarasidan tajovuz qilsa, U Zot uni abadiy qolish uchun do`zaxga kiritadir. Va unga xorlovchi azob bordir.

:15

Ayollaringizdan fohisha (zino) qilganlariga ozlaringizdan tortta guvoh keltiring. Agar guvohlik bersalar, ularni to olim yetguncha yoki Alloh bir yol ko`rsatguncha uylarida tutib turing.

:16

Sizlardan osha(fohisha) ishni qilgan ikki erkakka ozor beringlar. Agar ikkovlari tavba qilsalar va tuzalsalar, ularni tek qoying. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahimli Zotdir.

:17

Jaholat-la yomonlik qilib qoyib, songra tezda tavba qiladiganlarning tavbasi Allohning zimmasidadir. Alloh ana o`shalarning tavbasini qabul qiladir. Va Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.

:18

Yomonliklarni qilib yurib, birlariga olim yetganda, endi tavba qildim, deganlarga va kofir hollarida olganlarga tavba yoq. Ana oshalarga alamli azoblarni tayyorlab qo`yganmiz.

:19

Ey, iymon keltirganlar! Sizlarga ayollarni zulm-la merosga olish halol emas. Ochiq fohisha ish qilmasalar, bergan narsalaringizning ba'zisini olish uchun ularni zorlik-la ushlab turmang va ular ila yaxshilikda yashang. Agar ularni yoqtirmasangiz, shoyadki, Alloh siz yoqtirmagan narsada kopgina yaxshiliklarni qilsa.

:20

Va agar xotin orniga boshqa xotin olmoqchi bolsangiz va ularning biriga haddan ziyod mahr bergan bolsangiz ham, undan hech narsani qaytarib olmang. Uni bohton va katta gunoh holida olaverasizmi?

:21

Va qanday ham olursiz?! Axir, bir-biringizga qovushdingiz va ular sizdan mustahkam ahdu paymon olganlar-ku?!

:22

Otalaringiz oz nikohlariga olgan ayollarni siz oz nikohingizga olmang! Avval otgan bolsa, mayli. Bu ish, albatta, fohisha, gazabnok ish va qanday ham yomon yoldir!

:23

Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz, xotinlaringizning onalari, ozingiz qovushgan xotinlaringizning qaramogingizdagi qizlari harom qilindi. Agar u(xotin)lar bilan qovushmagan bolsangiz, (qizlariga uylanishingizda) gunoh yoq. Va pushtingizdan bolgan ogillaringizning xotinlari, opa-singilni qoshib olmogingiz harom qilindi. Magar avval otgan bolsa, mayli. Albatta, Alloh magfirat qiluvchi va rahimli Zotdir.

:24

Qolingizga mulk bolib tushganlardan boshqa erli ayollar ham (harom qilindi). Bu sizlarga Allohning yozganidir. Ana oshalardan boshqalarni poklik va zino aralashtirmagan holda mollaringiz ila talab qilmogingiz halol qilindi. Ulardan huzurlanishingiz sababidan mahrlarini bering. Bu farzdir. Farz mahrdan keyin o`zaro rozilik ila kelishganingiz gunoh emas. Albatta, Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.

:25

Sizlardan kim hur mominalarni nikohiga olishga imkon topmasa, qolingizda mulk bolgan momina qizlaringizdan (uylansin). Alloh iymoningizni biluvchi Zotdir. Hammalaringiz birsiz. Ularni nikohingizga ahllarining izni ila oling. Va yaxshilik bilan mahrlarini bering. Ular pokiza, zinokor emas va oynash tutmagan bolsinlar. Erga tekkanlaridan song fohisha ish qilsalar, ularga hur ayollarga beriladigan azobning yarmi beriladir. Bu buzilishdan qorqqanlar uchundir. Sabr qilmogingiz siz uchun yaxshidir. Alloh magfiratli va rahimlidir.

:26

Alloh sizlarga bayon qilib berishni, sizni oldingilarning yo`liga hidoyat qilishni va tavbalaringizni qabul etishni xohlaydir. Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.

:27

Alloh sizning tavbangizni qabul qilishni xohlaydir. Shahvatlarga ergashadiganlar esa, ulkan ogishga moyil bolishingizni xohlaydir.

:28

Alloh sizdan yengillatmoqni xohlaydir. Va inson zaif yaratilgandir.

:29

Ey, iymon keltirganlar! Bir-birlaringizning mollaringizni botil yol bilan yemang. Magar ozaro rozilik ila tijorat bolsa, mayli. Ozingizni ozingiz oldirmang. Albatta, Alloh sizlarga rahimlidir.

:30

Kim oshani tajovuzkorlik va zulm ila qilsa, albatta, uni dozaxga kiriturmiz. Bu esa, Allohga osondir.

:31

Agar qaytarilgan narsalarning kattalaridan chetda bo`lsangiz, gunohlaringizni kechirurmiz va sizni yaxshi joyga kiritamiz.

:32

Alloh ba'zingizni ba'zingizdan afzal etgan narsalarni (hasad ila) orzu etmang. Erkaklarga oz kasbidan nasiba bor. Ayollarga oz kasbidan nasiba bor. Allohdan fazlini so`rang. Albatta, Alloh har bir narsani biluvchi Zotdir.

:33

Ota-ona va qarindoshlar qoldirgan narsaga har bir kishi uchun merosxorlar qildik. Qasamingiz ila boglanganlarga nasibasini bering. Albatta, Alloh har bir narsaga shohiddir.

:34

Alloh ba'zilarini ba'zilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganlari uchun erkaklar ayollarga rahbardirlar. Soliha ayollar — itoatkor va Allohning hifzi-himoyasi boyicha goyib (er)larining muhofazasini qiluvchilardir. Bosh kotarishlaridan xavf qilingan ayollarga va'z-nasihat qiling, yotoqlarida hijron qiling va uring. Agar itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yol axtarmang. Albatta, Alloh yuksak maqomli buyuk Zotdir.

:35

Agar ikkovlarining oralari buzilishidan qo`rqsangiz, erning ahlidan bir hakam va xotinning ahlidan bir hakam ajrating. Agar ular islohni iroda qilsalar, Alloh er-xotinning orasini muvofiqlashtirur. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor Zotdir.

:36

Va Allohga ibodat qilinglar va Unga hech narsani shirk keltirmanglar. Ota-onaga, qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, yaqin qoshnilarga, yon qoshnilarga, yonboshdagi sohiblarga, kochada qolganlarga va qolingizda mulk bolganlarga yaxshilik qilinglar. Albatta, Alloh ozini yuqori tutuvchilarni va odamlar ustidan faxr qiluvchilarni xush ko`rmas.

:37

Ular baxillik qiladigan, odamlarni baxillikka buyuradigan va Alloh ularga O`z fazlidan bergan narsalarni berkitadiganlardir. Va kofirlarga xorlovchi azobni tayyorlaganmiz.

:38

Ular mollarini kishilar korishi uchun sarflarlar. Hamda Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirmaslar. Kimning yaqini shayton bolsa, u qanday ham yomon yaqin!

:39

Agar Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsalar, Alloh ularga rizq qilib bergan narsadan nafaqa qilsalar, ularga nima zarar bo`ladir? Alloh ularni yaxshi biluvchi Zotdir!

:40

Albatta, Alloh zarracha ham zulm qilmas. Agar yaxshilik bolsa, bir necha bor kopaytirur va Oz huzuridan ulug ajr berur.

:41

Har bir ummatdan bir guvoh keltirib, seni ularning hammasiga guvoh etib keltirgan chogimizda hol qandoq bolur?!

:42

Kufr keltirganlar va Rasulga isyon qilganlar o`sha kunda yerga qorishib ketishni istarlar va Allohdan hech gapni yashira olmaslar.

:43

Ey, iymon keltirganlar! Mast holingizda — to aytayotgan gapingizni biladigan bolmaguningizcha — namozga yaqinlashmang va junub holingizda ham, to gusl qilmaguningizcha. Magar yoldan otuvchi bolsa, mayli. Agar bemor yoki safarda bolsangiz yoki sizdan biringiz tahoratxonadan kelsa yoxud ayollarga yaqinlashgan bolsangiz-u, suv topa olmasangiz, pokiza tuproq-la tayammum qiling. Bas, yuzingizga va qollaringizga mas'h torting. Albatta, Alloh afv etuvchi va mag`firat qiluvchi Zotdir.

:44

Kitobdan nasiba berilganlarning zalolatni sotib olishlarini va siz yoldan adashishingizni istashlarini kormaysizmi?

:45

Alloh sizning dushmanlaringizni biluvchi Zotdir. Valiylikka Allohning Ozi kifoya qilur. Nusrat beruvchilikka Allohning Ozi kifoya qilur.

:46

Yahudiy bolganlardan kalimalarni oz joyidan buzib ozgartiruvchilar bor. Ular tillarini burib va dinga ta'na yetkazib: «Eshitdik va isyon qildik, eshit, eshitmay qolgur va «Roina» derlar. Agar ular, eshitdik, va itoat qildik, eshit va bizga nazar sol, deganlarida, albatta, ozlariga yaxshi va togri bo`lar edi. Lekin Alloh ularni kufrlari sababli la'natladi. Bas, ozginalaridan boshqalari iymon keltirmaslar.

:47

Ey, kitob berilganlar! Yuzlarni buzib, orqalariga burmasimizdan yoxud ularni shanba odamlarini la'natlaganimizdek la'natlamasimizdan oldin, sizlardagi narsani tasdiqlovchi bo`lib kelgan narsaga iymon keltiring. Allohning ishi amalga oshgusidir.

:48

Albatta, Alloh Oziga shirk keltirilishini kechirmas. Undan boshqa gunohni, kimni xohlasa, kechiradir. Kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, katta gunohni toqibdir.

:49

Ozlarini pok qilib korsatayotganlarni kormaysanmi?! Yoq! Alloh kimni xohlasa, shuni poklaydir. Va qilcha zulm qilinmaslar.

:50

Ularning Allohga yolgon toqishini kormaysanmi?! Shuning ozi ham ochiq-oydin gunohlikka yetarlidir.

:51

Kitobdan nasibador bolganlarning botilga va togutga iymon keltirishlarini va kufr keltirganlarni (korsatib): «Anavilar, iymon keltirganlardan kora hidoyatliroq yoldalar», deyishlarini kormaysanmi?!

:52

Ana o`shalarni Alloh la'natlagandir. Kimni Alloh la'natlasa, unga hech nusratchi topolmassan.

:53

Yoki ular mulkdan nasibadorlar-u, shunday taqdirda undan odamlarga zig`ircha ham bermaslarmi?!

:54

Yoki Alloh odamlarga Oz fazlidan bergan narsalarga hasad qilmoqdalarmi? Batahqiq, Ibrohim oilasiga kitobni, hikmatni va ulug mulkni berganmiz-ku?!

:55

Bas, ularning ichida u(Muhammad)ga iymon keltirganlar ham bor, undan yuz o`girib kufr keltirganlar ham bor. Jahannam kuydirish azobiga kifoya qilur.

:56

Oyatlarimizga kufr keltirganlarni, albatta, do`zaxga kiritarmiz. Qachonki, terilari yetib pishganda, azobni tortishlari uchun boshqa teri almashtirarmiz. Albatta, Alloh Aziyz va Hakiym Zotdir.

:57

Iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarni, albatta, ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritarmiz. Unda abadiy, boqiy qolurlar. Unda ularga pokiza juftlar bor. Va ularni quyuq soyalarga kiritarmiz.

:58

Albatta, Alloh sizlarga omonatlarni oz ahliga erishtirishni va agar odamlar orasida hukm qilsangiz, adolat ila hukm qilishni amr qilur. Alloh sizlarga qanday ham yaxshi va'z qilur! Albatta, Alloh eshituvchi va koruvchi Zotdir.

:59

Ey, iymon keltirganlar! Allohga itoat qiling, Paygambarga va ozingizdan bolgan ishboshilarga itoat qiling. Biror narsa haqida tortishib qolsangiz, agar Alloh va oxirat kuniga iymon keltirgan bolsangiz, uni Allohga va Payg`ambarga qaytaring. Ana shunday qilish xayrli va oqibati yaxshidir.

:60

Senga nozil bolgan narsaga va sendan oldin nozil bolgan narsaga iymon keltirganlarini da'vo qilayotganlarni kormaysanmi?! Togutdan hukm sorab borishni istarlar. Holbuki, unga kufr keltirishga buyurilganlar. Shayton esa, ularni yoldan butunlay adashtirishni istaydir.

:61

Agar ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga va Paygambar huzuriga kelinglar», deyilsa, munofiqlar sendan tamoman yuz ogirganlarini ko`rursan.

:62

Endi, qilgan narsalari tufayli ularga musiybat yetgandan song, senga kelib, Alloh ila qasam ichib: «Biz faqat yaxshilik va tavfiqni xohlagan edik», deyishlari qanday boldi?

:63

Ana oshalarning qalblaridagini Alloh biladir. Bas, ularning qilganidan yuz ogir! Ularga va'z qil! Yolgiz ozlariga yetkazib so`zla!

:64

Qaysi bir Paygambarni yuborgan bolsak, Allohning izni ila faqat itoat qilinishi uchun yuborganmiz. Agar ular ozlariga ozlari zulm qilgan choglarida huzuringga kelib, Allohga istigfor aytganlarida va Paygambar ham ular uchun istigfor aytganida edi, albatta, Alloh tavbalarni qabul etuvchi va rahimli Zot ekanini topgan bo`lur edilar.

:65

Yoq, Robbingga qasamki, seni oz oralarida chiqqan kelishmovchiliklarga hakam qilmagunlaricha, keyin, chiqargan hukmingga dillarida tanglik topmasdan, butunlay taslim bolmagunlaricha, zinhor momin bo`la olmaslar!

:66

Agar Biz ularga, ozlaringizni oldiring yoki ozingizni diyorlaringizdan chiqaring, deb farz qilganimizda, ozginalaridan boshqasi buni qilmas edilar. Ular ozlariga va'z qilingan narsalarni qilganlarida edi, ozlariga yaxshi va sabotlari mustahkam bolar edi.

:67

U holda, Biz ham ularga Oz huzurimizdan ulug ajr bergan bo`lur edik.

:68

Va ularni togri yo`lga hidoyat qilur edik.

:69

Kim Allohga va Rasulga itoat qilsa, bas, ana o`shalar Alloh ne'mat bergan nabiylar, siddiqlar, shahidlar va solihlar bilan birgadirlar. Va ular qanday ham yaxshi rafiq (hamroh)lardir!

:70

Bu — Allohdan bolgan fazldir va bilguvchilikda Allohning Ozi kifoya qilur.

:71

Ey, iymon keltirganlar! Ozingizni hushyor tuting va guruh-guruh bolib qozgaling yoki top holingizda qozg`aling!

:72

Albatta, ichingizda ortda qoladiganlar ham bor. Agar sizga musiybat yetsa, u: «Alloh Ozi menga ne'mat berdi, yaxshiyamki, ular bilan birga hozir bolmaganim», deydi.

:73

Agar sizga Allohdan fazl yetsa, xuddi siz bilan uning orasida dostlik bolmagandek, «Qani endi, men ham ular bilan bolganimda, ulug zafar qozonar edim», deydi.

:74

Oxirat uchun bu dunyo hayotini sotadiganlar Allohning yolida jang qilsinlar. Kim Allohning yolida jang qilib oldirilsa yoki golib kelsa, Biz unga, albatta, ulug` ajrni berurmiz.

:75

Nima uchun Allohning yolida va: «Ey Robbimiz, bizni ahli zolim shahardan chiqargin, bizga Oz tomoningdan dost ato qilgin va Oz tomoningdan nusratchi ato qilgin» deyayotgan zaifhol erkagu ayol va bolalar yo`lida jang qilmaysizlar?!

:76

Iymon keltirganlar Allohning yolida jang qilurlar. Kufr keltirganlar togutning yolida jang qilurlar. Bas, shaytonning dostlariga qarshi jang qiling. Albatta, shaytonning hiylasi zaifdir.

:77

Qolingizni tiying, namoz oqib, zakot bering, deb aytilgan kimsalarni kormaysanmi?! Ularga urush farz qilinganda, birdan, bir guruhlari odamlardan xuddi Allohdan qorqqandek yoki undan ham qattiqroq qorqishmoqda. Va: «Ey Robbimiz, bizga urushni nega farz qilding, biroz ortga surib tursang bolmasmidi?!» demoqdalar. «Dunyoning matohi oz, oxirat esa, taqvo qilganlarga yaxshidir. Va qilchalik zulm qilinmassizlar», deb ayt.

:78

Qayerda bolsangiz ham, hattoki mustahkam qal'alarda bolsangiz ham, olim sizni topadir. Agar ularga yaxshilik yetsa, bu Allohdan, derlar. Yomonlik yetganda esa, bu sendan, derlar. «Hammasi Allohdan», deb ayt! Anavi qavmlarga nima boldiki, gapni tushunay demaslar?!

:79

Senga yetgan yaxshilik Allohdandir. Va senga yetgan yomonlik nafsingdandir. Biz seni odamlarga Paygambar qilib yubordik. Shohidlikka Allohning Ozi kifoya qilur.

:80

Kim Paygambarga itoat qilsa, Allohga itoat qilgan bolur. Kim yuz ogirsa, Biz seni ularga qoriqchi qilib yuborganimiz yo`q.

:81

Ular, itoat, derlar. Huzuringdan chiqqach esa, bir toifalari aytganingdan boshqaga xufyona til biriktirarlar. Alloh xufyona til biriktirgan narsalarini yozib qoyadir. Bas, ulardan yuz ogir va Allohga tavakkal qil. Vakillikka Allohning O`zi kifoya qilur.

:82

Qur'onni tadabbur etib kormaydilarmi?! Agar u Allohdan boshqaning huzuridan bolganida, undan ko`p ixtiloflar topar edilar.

:83

Qachonki ularga eminlik yoki haq togrisida bir ish — xabar yetsa, uni taraturlar. Agar uni Paygambarga va ozlaridan bolgan ishboshilarga havola qilganlarida edi, ulardan ish negizini biladiganlari uni anglab yetar edilar. Allohning fazli va marhamati bolmaganda, ozginangizdan boshqangiz shaytonga ergashib ketar edingiz.

:84

Allohning yolida jang qil! Ozingdan boshqadan mas'ul qilinmassan. Mo`minlarni qiziqtir. Shoyadki, Alloh kufr keltirganlarning shiddatini daf' qilsa. Alloh shiddati qattiq va azobi ortiq Zotdir.

:85

Kim yaxshi shafoat qilsa, undan oz nasibasi bolur. Kim yomon shafoat qilsa, undan oz nasibasi bolur. Alloh har bir narsaning bahosini beruvchi Zotdir.

:86

Qachonki sizga bir salomlashish ila salom berilsa, siz undan kora yaxshiroq alik oling yoki xuddi ozidek javob bering. Albatta, Alloh har bir narsaning hisobini oluvchi Zotdir.

:87

Allohdan ozga ibodatga sazovor zot yoq. U sizlarni qoim bolishida hech shubha yoq qiyomat kuni albatta jamlaydir. Kim Allohdan kora rostgoyroq?!

:88

Sizga nima boldiki, munofiqlar haqida ikkiga bolinasizlar?! Holbuki, Alloh ularni rasvo qilib qoydi-ku. Alloh adashtirgan kimsalarni hidoyat qilmoqchi bolasizlarmi?! Alloh kimni adashtirgan bolsa, unga yol topa olmassan.

:89

Ular siz ham xuddi ozlaridek kofir bolib, ularga tenglashishingizni xohlarlar. Toki Alloh yolida hijrat qilmagunlaricha, ulardan dost tutmang. Agar yuz ogirib ketsalar, bas, ularni tuting va qayerda topsangiz, oldiring. Ulardan do`st ham, yordamchi ham tutmang.

:90

Magar siz bilan orasida ahdnoma bor qavmga yetib borsalar yoki sizlar bilan ham, oz qavmlari bilan ham urushish kongillariga sigmasdan huzuringizga kelsalar, mayli. Alloh xohlaganida, ularni sizdan ustun qilib qoyardi va ular sizlarga qarshi urush qilardilar. Agar sizdan chetlansalar va siz bilan urushmasdan, tinchlikni taklif qilsalar, Alloh sizlarga ularning ziddiga yo`l bermas.

:91

Sizdan ham, oz qavmlaridan ham omonda bolishni xohlaydigan, fitnaga qaytarilgan choglarida unga shongiydigan boshqa birovlarni ham korasizlar. Agar sizdan chetlanmasalar, sizga tinchlikni taklif qilmasalar va qollarini tiymasalar, bas, ularni tuting va qayerda topsangiz, oldiring. Ana o`shandaylar ustidan sizga ochiq haq berdik.

:92

Momin mominni oldirmas. Magar bilmasdan qilishi mumkin. Kimki mominni bilmasdan oldirib qoysa, bas, unga momin qulni ozod qilish va (olganning) ahli kechirmasalar, xun berish vojib bolur. Agar u sizga dushman qavmdan bolib, ozi momin bolsa, momin qulni ozod qilish vojib bolur. Agar u siz bilan orasida ahdnomasi bor qavmdan bolsa, ahliga beriladigan xun va momin qulni ozod qilish vojib bolur. Kim topmasa, Allohga tavba uchun ketma-ket ikki oy roza tutish vojib bolur. Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.

:93

Kim bir mominni qasdan oldirsa, uning jazosi jahannamdir. Unda abadiy qolur. Unga Allohning gazabi va la'nati yogilur. Va Alloh unga ulkan azobni tayyorlagandir.

:94

Ey, iymon keltirganlar! Allohning yolida jihodga chiqsangiz, aniqlab olinglar va sizga salom bergan kimsaga, momin emassan, demanglar. Bu dunyo hayotining otkinchi oljasini istaysizlar, Allohning huzurida esa, koplab oljalar bor. Avvallari siz ham shunday edingiz, Alloh sizga ne'mat berdi. Bas, aniqlab oling. Albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir.

:95

Mominlardan beshikast bola turib otirib qolganlari bilan Allohning yolida mollari va jonlari ila jihod qiluvchilari barobar bolmaslar. Alloh mollari va jonlari bilan jiddu jahd qiluvchilarning darajasini otirib qoluvchilardan afzal qildi. Alloh hammaga yaxshilikni va'da qilgan. Alloh mujohidlarni otirib qoluvchilardan ulug ajr ila afzal qilgan.

:96

Ozidan bolgan darajalar ila, magfirat va rahmat ila (afzal qilgan). Va Alloh magfirat qiluvchi va rahimli Zotdir.

:97

Oziga zulm qiluvchi holida joni olinayotganlarga farishtalar: «Nima qilayotgan edinglar?» derlar. Ular: «Er yuzida bechora edik», derlar. «Allohning yeri keng edi-ku, hijrat qilsangiz bolmasmidi?!» derlar. Ana o`shalarning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon joy!

:98

Faqat erkaklar, ayollar va bolalardan iborat, biron choraga qodir bolmagan, yolni topa olmagan bechoralargina bundan mustasno.

:99

Ana oshalar, shoyadki, Alloh ularni afv etsa. Zotan, Alloh afv etuvchi va magfirat qiluvchi Zotdir.

:100

Kim Allohning yolida hijrat qilsa, yer yuzida kopgina panohgohlar va kengchilik topadir. Kim uyidan Alloh va Rasulga hijrat qilib chiqsa-yu, songra unga olim yetsa, albatta, uning ajri Alloh zimmasiga tushadir. Va Alloh mag`firat qiluvchi va rahimli Zotdir.

:101

Yer yuzida javlon urganingizda, kufr keltirganlar sizga fitna qilishidan xavf qilsangiz, namozni qasr qilib ado etmogingizda gunoh yoqdir. Albatta, kofirlar sizga ochiq dushmandirlar.

:102

Ular ichida bolsang-u, namoz ado qilmoqchi bolsang, ulardan bir toifasi sen bilan tursin va silohlarini ozlari bilan olsinlar. Sajda qilganlaridan keyin orqangizga otsinlar. Namoz oqimagan boshqa toifa kelib, sen bilan namoz oqisin. Ehtiyot bolib, silohlarini ozlari bilan olsinlar. Silohlaringiz va matohlaringizdan gofil bolsangiz, kufr keltirganlar ustingizdan birdan hamla qilishni istarlar. Yomgirdan ozor yetsa yoki bemor bolsangiz, silohlaringizni qoymogingizda gunoh yoqdir. Hushyor bolinglar! Albatta, Alloh kofirlarga xorlovchi azob tayyorlagandir.

:103

Namozni ado etganingizdan song, Allohni turgan, otirgan va yonboshlagan holingizda eslang. Xotirjam bolganingizda namozni toliq ado eting. Albatta, namoz mo`minlarga vaqtida farz qilingandir.

:104

U qavmni quvishda bosh kelmang. Agar alam chekayotgan bolsangiz, ular ham siz alam chekayotganingizdek alam chekmoqdalar. Siz esa, Allohdan ular umid qilmagan narsani umid qilmoqdasiz. Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.

:105

Albatta, Biz senga kitobni haq ila odamlar orasida senga Alloh korsatganicha hukm qilishing uchun tushirdik. Sen xoinlarning yonini oluvchi bolma!

:106

Allohga istigfor ayt! Albatta, Alloh magfiratli va rahimli Zotdir.

:107

Oz jonlariga xiyonat qiladiganlarni mudofaa qilma. Albatta, Alloh xiyonatchi va gunohkor bolgan kimsani xush ko`rmas.

:108

Odamlardan yashirarlar va Allohdan yashira olmaslar. Holbuki, U Ozi rozi bolmaydigan gapni xufyona kelishayotganlarida ham ular ila birgadir. Va Alloh ular qilayotgan amallarni ihota qiluvchi Zotdir.

:109

Hoy, sizlar! Bu hayoti dunyoda ularning yonini oldingiz. Qiyomat kunida Alloh oldida ularning yonini kim oladir yoki kim ularga vakil bo`ladir?!

:110

Kim yomonlik qilsa yoki oziga zulm etsa, songra Allohga istigfor aytsa, Allohni magfiratli va rahimli Zot topadir.

:111

Kim gunoh qilsa, uni faqatgina o`z zarariga qiladir. Va Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.

:112

Kim xato yoki gunoh qilsa-yu, songra uni beaybga agdarsa, shubhasiz, bohton va ochiq gunohni oz bo`yniga olibdir.

:113

Agar senga Allohning fazli va rahmati bolmaganida, ulardan bir toifasi seni adashtirishga uringan edilar. Ular faqat ozlarini adashtiradilar, xolos. Senga hech zarar yetkaza olmaslar. Alloh senga kitobni va hikmatni tushirdi hamda bilmagan narsangni bildirdi. Va senga Allohning fazli ulug boldi.

:114

Ularning kopgina maxfiy suhbatlarida yaxshilik yoq, magar kim sadaqaga, yaxshilikka va odamlar orasida islohga amr qilsagina, yaxshilik bor. Kim osha ishni Allohning roziligi uchun qilsa, albatta, unga ulug ajr berurmiz.

:115

Kim oziga hidoyat ravshan bolgandan keyin Paygambarga xilof qilsa va mominlarning yolidan boshqa yolga yursa, ketgan tomonga qoyib qoyamiz va jahannamga kiritamiz. U qandoq ham yomon joy!

:116

Albatta, Alloh Oziga shirk keltirilishini kechirmas. Undan boshqani, kimni xohlasa, kechirur. Kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, qattiq adashgan bolur.

:117

Ular Undan boshqa faqat ayol sanamlarga ibodat qilurlar va faqat bebosh shaytonga ibodat qilurlar.

:118

Alloh uni la'natladi. U esa: «Qasamki, bandalaringdan ma'lum nasibani olaman.

:119

Ularni adashtiraman, xomxayollariga solaman, ularga amr qilsam, chorvalarning quloqlarini kesarlar va ularga amr qilsam, Allohning yaratganini ozgartirarlar», dedi. Kimki Allohni qoyib shaytonni do`st tutsa, batahqiq, ochiq-oydin ziyonga uchraydir.

:120

U ularga va'da berur va xomxayollarga solur. Shayton ularga g`ururdan boshqa narsani va'da qilmas.

:121

Ana oshalarning joylari jahannamdir. Va undan qutulish yolini topa olmaslar.

:122

Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiriturmiz. Unda abadiy — bardavom qolurlar. Allohning va'dasi haqdir. Allohdan rostgo`yroq zot bormi?

:123

Sizlarning xomxayolingizcha ham emas, ahli kitoblarning xomxayolicha ham emas. Kim yomonlik qilsa, uning jazosini tortadir. Va oziga Allohdan ozga do`st ham, yordamchi ham topa olmas.

:124

Erkakmi, ayolmi — kim momin bolgan holda yaxshiliklar qilsa, ana o`shalar jannatga kirurlar va ularga qilcha ham zulm qilinmas.

:125

Yaxshilik qiluvchi bolgan holida yuzini Allohga taslim qilgan va Ibrohimning togri diniga ergashgan kimsaning dinidan ham yaxshiroq din bormi? Va Alloh Ibrohimni dost tutgan edi.

:126

Osmonlaru yerdagi narsalar Allohga xosdir va Alloh har bir narsani ihota qilgan Zotdir.

:127

Sendan ayollar haqida fatvo sorarlar. «Alloh sizga ular haqida va kitobda tilovat qilinadigan, siz ularga tayin qilingan narsani bermay nikohiga ragbat qilganingiz ayollar haqida, zaifhol bolalar haqida va yetimlarga adolat qilmog`ingiz haqida fatvo beradir», deb ayt. Alloh qilgan har bir yaxshiligingizni biluvchi Zotdir.

:128

Agar ayol kishi oz eridan nafrat va yuz ogirish sodir bolishidan qorqsa, ikkovlari ozaro sulhga kelishishlarida gunoh yoq. Sulh yaxshidir. Nafslar qizg`anishga hozirdir. Agar yaxshilik va taqvo qilsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardor Zotdir.

:129

Agar rosa harakat qilsangiz ham, xotinlar ortasida adolatli bola olmassizlar. Bir yola moyil bolib ketib, (ba'zisini) muallaqqa oxshatib qoymang. Agar isloh va taqvo qilsangiz, albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.

:130

Agar ajrashsalar, Alloh O`z fazlidan har birini behojat qilur. Alloh fazli keng va hikmatli Zotdir.

:131

Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Batahqiq, Biz sizdan oldin kitob berilganlarga ham, sizga ham: «Allohga taqvo qilinglar», deb vasiyat qildik. Agar kufr keltirsangiz, albatta, osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Va Alloh behojat va maqtalgan Zotdir.

:132

Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Vakil bo`lishga Alloh kifoyadir.

:133

Agar U Zot xohlasa, ey odamlar, sizlarni ketkazib, boshqalarni keltirur. Va Alloh bunga qodir bo`lgan Zotdir.

:134

Kim bu dunyo savobini istasa, bilsinki, Allohning huzurida ham bu dunyoning, ham u dunyoning savobi bordir. Va Alloh eshituvchi va ko`ruvchi Zotdir.

:135

Ey, iymon keltirganlar! Adolat ila turing hamda agar ozingiz, ota-onangiz va qarindoshlaringiz ziddiga bolsa ham, Alloh uchun togri guvohlik beruvchi boling. Agar u boy bolsa ham, kambagal bolsa ham, Alloh unga yaqinroqdir. Havoyi nafsga ergashib, adolatsizlik qilmang. Agar tilingizni bursangiz yoki yuz o`girib ketsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir.

:136

Ey, iymon keltirganlar! Allohga, Uning Rasuliga, U Oz Rasuliga tushirgan kitobga va bundan oldin tushirgan kitobga iymon keltiring. Kim Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Paygambarlariga va oxirat kuniga kufr keltirsa, batahqiq, qattiq adashgan bo`ladi.

:137

Albatta, iymon keltirganlaridan keyin kufr keltirganlar, songra iymon keltirib yana kufrga ketgan va kufrida ziyoda bolganlarni Alloh magfirat qilmas va togri yolga hidoyat etmas.

:138

Munofiqlarga ularga albatta alamli azob bo`lishining bashoratini ber.

:139

Ular mominlarni qoyib, kofirlarni do`st tutadiganlardir. Ularning oldida izzat, kuch-qudrat izlaydilarmi? Albatta, izzat, kuch-qudratning barchasi Allohning huzuridadir.

:140

Batahqiq, sizlarga kitobda: «Allohning oyatlariga kufr keltirilgan va ularni istehzo qilingan chogda, boshqa gapga otmagunlaricha, ular bilan otirmanglar», deb tushirdi. Agar otirsangiz, siz ham ularga o`xshashsiz. Albatta, Alloh munofiq va kofirlarning hammasini jahannamda jamlovchidir.

:141

Ular sizlarni kuzatib tururlar. Sizlarga Alloh tomonidan fath bolsa: «Sizlar bilan birga emasmidik?!» derlar. Agar kofirlarga nasiba bolsa: «Sizlarga ustun kelib, mominlardan himoya qilmadikmi?» derlar. Alloh qiyomat kuni ular orasida hukm qilur. Alloh hargiz kofirlarga mominlar ustidan yo`l bermas.

:142

Albatta, munofiqlar Allohni aldamoqchi bolurlar. Holbuki, Alloh ularni «aldovchi»dir. Agar namozga tursalar, dangasalik bilan, xojako`rsinga tururlar va Allohni kamdan-kam zikr qilurlar.

:143

Ular orada sarsondirlar. Na anavilarga qoshila oladirlar va na manavilarga qoshila oladirlar. Alloh kimni yoldan adashtirsa, hargiz unga yol topa olmassan.

:144

Ey, iymon keltirganlar! Mominlarni qoyib, kofirlarni dost tutmang. Allohning huzurida oz ziddingizga ochiq hujjat qilishni xohlaysizmi?!

:145

Albatta, munofiqlar do`zaxning eng ostki qavatidadirlar va hargiz ularga bir yordamchini topa olmassan.

:146

Magar tavba qilib, solih amallar qilgan, Allohni mahkam ushlagan va Alloh uchun dinga ixlos qoyganlar — ana oshalar mominlar ila birgadirlar. Alloh, albatta, mominlarga ulug` ajr berur.

:147

Agar shukr qilsangiz va iymon keltirsangiz, Alloh sizni azoblab nima qiladir?! Alloh Shakur(oz amal uchun ko`p savob beruvchi) va biluvchi Zotdir.

:148

Alloh yomon gapni oshkor qilishni xush kormas. Magar mazlumdan bolsa, mayli. Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir.

:149

Agar yaxshilikni oshkora yoki maxfiy qilsangiz yoki yomonlikni afv etsangiz, albatta, Alloh afvli va qodir Zotdir.

:150

Albatta, Allohga va Uning Paygambarlariga kufr keltiradiganlar va Alloh ila Paygambarlari orasida ayrimchilikni iroda qiladiganlar hamda ba'zilariga iymon va ba'zilariga kufr keltiramiz, deb ana oshanday ora yolni tutishni xohlaydiganlar.

:151

Ana oshalar, haqiqiy kofirlardir. Va kofirlarga xorlovchi azobni tayyorlab qoyganmiz.

:152

Allohga va Uning Paygambarlariga iymon keltirganlarga va ularning birortasini ham ayirmaganlarga — ana oshalarga ajrlarini albatta berurmiz. Va Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.

:153

Ahli kitoblar sendan ularga osmondan kitob tushirib berishingni sorarlar. Musodan bundan ham katta narsani soraganlar — «Bizga Allohni oshkora korsat», deganlar. Bas, zulmlari tufayli ularni chaqmoq urdi. Songra, ularga ochiq-oydin bayonotlar kelganidan keyin buzoqni (xudo qilib) oldilar. Bas, Biz buni ham afv qildik va Musoga ochiq-oydin sulton berdik.

:154

Va ahdnomalariga muvofiq, ustilariga Turni ko`tardik va ularga: «Eshikdan egilib kiringlar» hamda «Shanba kuni haddingizdan oshmang», dedik. Va ulardan mustahkam ahdnoma oldik.

:155

Ahdnomalarini buzganlari, Allohning oyatlariga kufr keltirganlari, Paygambarlarni nohaqdan oldirganlari, «qalblarimiz berk» deganlari uchun. Yo`q! Balki, kufrlari sababli Alloh qalblariga muhr bosgan, ozginalaridan boshqasi iymon keltirmaslar.

:156

«Va kufrlari, Maryamga qarshi ulkan bo`hton aytganlari uchun».

:157

«Biz Allohning Rasuli Masiyh Iyso ibn Maryamni oldirdik», deganlari uchun (ularni la'natladik). Holbuki, uni oldirmadilar ham, osmadilar ham, lekin ularga shunday tuyuldi. U haqida ixtilofga tushganlar uning olimidan shak-shubhadadirlar. U togrisida ularning bilimlari yoq, magar gumonga ergasharlar. Uni o`ldirmaganlari aniqdir.

:158

Balki, uni Alloh Oziga kotardi. Alloh aziyz va hakiym bo`lgan Zotdir.

:159

Hech bir ahli kitob yoqki, unga olimidan oldin iymon keltirmasa. Qiyomat kuni esa, u ularning ziddiga guvoh bo`lur.

:160

Yahudiy bolganlarga, ularning zulmi, Allohning yolidan kop tosganlari uchun, o`zlariga halol qilingan narsani harom qildik.

:161

Va qaytarilgan bolsalar ham, ribo olganliklari va odamlarning mollarini botil yol bilan yeganlari uchun. Va ularning kofirlari uchun alamli azobni tayyorlab qo`ydik.

:162

Lekin, ulardan ilmda mustahkam bolganlari va mominlari senga nozil bolgan narsaga va sendan oldin nozil bolgan narsaga iymon keltirurlar. Xususan, namozni qoim qiluvchilar, zakot beruvchilar, Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchilar ham. Ana oshalarga albatta ulug ajr berurmiz.

:163

Biz senga xuddi Nuh va undan keyingi Payg`ambarlarga vahiy yuborganimizdek vahiy yubordik. Biz Ibrohim, Ismoil, Is'hoq, Ya'qub, asbot, Iyso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymonga vahiy yubordik. Dovudga esa Zaburni berdik.

:164

Va Biz senga bundan oldin qissalarini aytib bergan va qissalarini aytib bermagan Paygambarlarni yubordik. Va Alloh Muso ila oziga xos gaplashdi.

:165

Bashorat beruvchi va ogohlantiruvchi Paygambarlarni Alloh huzurida odamlarga Paygambarlardan song hujjat bolmasligi uchun yubordik. Va Alloh aziyz va hakiym bo`lgan Zotdir.

:166

Lekin Alloh senga nozil qilgan narsasi ila guvohlik beradir. Uni Oz ilmi ila nozil qildi. Farishtalar ham guvohlik berurlar. Guvohlikka Allohning Ozi kifoya qilur.

:167

Kufr keltirgan va Allohning yolidan tosganlar, batahqiq, qattiq adashgandirlar.

:168

Albatta, kufr keltirganlar va zulm qilganlarni Alloh zinhor magfirat qilmas va yolga hidoyat ham qilmas.

:169

Magar jahannam yo`liga (hidoyat qilur) va unda abadiy qolurlar. Bu, Alloh uchun osondir.

:170

Ey odamlar! Batahqiq, sizlarga Robbingizdan haq ila Paygambar keldi. Bas, iymon keltiring, ozingizga yaxshi bo`ladir. Agar kufr keltirsangiz, albatta, osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Va Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.

:171

Ey, ahli kitoblar! Diningizda haddan oshmang va Alloh haqida haqdan boshqani aytmang. Albatta, Masiyh Iyso ibn Maryam Allohning Paygambari, Maryamga ilqo qilgan kalimasi va Undan bolgan ruhdir. Bas, Allohga va Uning Paygambarlariga iymon keltiring. Uni uchta demang. Toxtang, ozingizga yaxshi boladi. Albatta, Alloh yagona ilohdir, ozga emas. U Ozining bolasi bolishidan pok boldi. Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Unikidir. Vakillikka Allohning O`zi kifoya qilur.

:172

Masiyh ham, muqarrab farishtalar ham Allohga banda bolishdan zinhor bosh tortmaslar. Kim Uning ibodatidan bosh tortsa va mutakabbirlik qilsa, ularning hammasini Oziga to`plar.

:173

Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni esa, ajrlarini toliq qilib berur va Oz fazlidan ziyoda ham qilur. Ammo, or qilib kibrga ketganlarni alamli azob bilan azoblar va ular ozlari uchun Allohdan ozga do`st ham, yordamchi ham topmaslar.

:174

Ey odamlar! Sizga Robbingizdan burhon keldi va sizga aniq nurni nozil qildik.

:175

Allohga iymon keltirgan va Uni mahkam tutganlarni, shubhasiz, Ozidan bolgan rahmatga va fazlga kiritur va ularni unga — togri yo`lga hidoyat qilur.

:176

Sendan fatvo sorarlar. «Alloh sizga kalola haqida fatvo berur», deb ayt. Agar bir odam olsa-yu, uning bolasi bolmasa, singlisi bolsa, unga marhumdan qolganning yarmi berilur. Agar singilning bolasi bolmasa, u hamma merosni olur. Agar singil ikkita bolsa, ular marhumdan qolganning uchdan ikkisini olurlar. Agar (merosxorlar) erkak-ayol birodarlar bolsalar, bir erkak ikki ayol hissasi asosida olurlar. Adashmasligingiz uchun Alloh bayon qilmoqda. Alloh har bir narsani biluvchi Zotdir.