Barcha Islom kutubxonasi

27 - The Ant - An-Naml

:1

To. Siyn. Ushbular Qur'on — ochiq kitob oyatlaridir.

:2

Mo`minlar uchun hidoyat va xushxabardir.

:3

Ular namozni to`kis ado etadigan, zakotni beradigan va oxiratga qattiq ishonadiganlardir.

:4

Albatta, oxiratga iymon keltirmaydiganlarga Biz amallarini ziynatlab ko`rsatdik. Bas, ular adashib-uloqib yuraveradilar.

:5

Ana oshalarga yomon azob bordir va ular oxiratda eng kop ziyon ko`rguvchilardir.

:6

Albatta, senga bu Qur'on ota hikmatli va ota ilmli Zot tomonidan berilur.

:7

Muso oz ahliga: «Aniqki, men bir olov kordim. Tezda men sizlarga undan biror xabar yoki isinishingiz uchun bir tutam chog keltirurman», deganini esla.

:8

U(olov)ga kelganida, olov oldidagi va atrofidagi shaxslarga baraka berildi va «Olamlarning Robbi — Alloh pokdir», deb nido qilindi.

:9

«Ey Muso! Albatta, bu — Menman! Aziyzu hakiym Allohman!

:10

Va asoingni tashla!» Bas, qachonki, Muso u(aso)ning ilondek qimirlayotganini korganida, ortiga qaramay qochdi. «Ey Muso! Qorqma! Zero, Mening huzurimda Paygambarlar qorqmaslar!»

:11

Lekin kim zulm qilsa-yu, songra yomonlik ketidan unga yaxshilikni badal qilsa, bas, Men, albatta, magfiratli va mehribondirman.

:12

Qolingni yoqangning ichiga suq, hech qanday yomonliksiz oppoq bolib chiqur. Fir'avn va uning qavmiga qaratilgan toqqiz mo'jiza orasida (bu bordir). Albatta, ular buzgunchi qavm boldilar.

:13

Bas, qachonki ularga oyat-mo'jizalarimiz koz ochguvchi bo`lib kelganida, «Bu ochiq-oydin sehrdir», dedilar.

:14

Va ozlari aniq bilib turib, zulm va kibr tufayli u(mo'jiza)larni inkor etdilar. Buzgunchilarning oqibati qanday bolishiga nazar sol.

:15

Batahqiq, Biz Dovud va Sulaymonga ilm berdik. Ikkovlari: «Bizni kopgina momin bandalaridan afzal qilgan Allohga hamdlar bo`lsin», dedilar.

:16

Va Sulaymon Dovudga voris boldi. U: «Ey odamlar, bizga qush tili orgatildi va har bir narsadan berildi. Bu, albatta, ochiq-oydin fazldir», dedi.

:17

Sulaymonga jin, ins va qushlardan bolgan askarlari toplanib, tizilgan holda turdilar.

:18

Toki ular chumolilar vodiysiga kelganlarida, bir chumoli: «Ey, chumolilar, maskanlaringga kiringlar, Sulaymon va uning askarlari sizlarni bilmasdan ezib yubormasinlar», dedi.

:19

Bas, u uning sozidan tabassum qildi va: «Robbim, meni Ozing menga va ota-onamga bergan ne'matlaringga shukr etishimga va Sen rozi boladigan solih amallar qilishimga muyassar etgin. Oz rahmating ila meni solih bandalaringga qo`shgin», dedi.

:20

Va qushlarni tekshirdi-da: «Nega Hudhudni kormayotirman yoki goyiblardan bo`ldimi?» dedi.

:21

«Albatta, uni shiddatli azob-la azoblarman yoki so`yib yuborurman yoxud menga, albatta, ochiq-oydin hujjat keltirajak.»

:22

Kop otmasdan u kelib: «Sen bilmagan narsani bildim va senga Saba'dan ishonchli bir xabar olib keldim.

:23

Darhaqiqat, men bir ayolni kordim. U ularning malikasi ekan. Unga har narsa berilgan ekan. Hamda uning ulug taxti bor ekan.

:24

Men u(ayol)ning va qavmining Allohni qoyib, quyoshga sajda qilayotganlarini va shayton ularga amallarini ziynatlab, yoldan tosayotganini kordim. Bas, ular hidoyat topmaslar.

:25

Osmonlaru yerdagi sirlarni oshkor qiladigan, maxfiy va oshkor qilgan narsalaringizni biladigan Allohga sajda qilmaydilarmi?!

:26

Alloh — Undan ozga hech qanday iloh yoq Zotdir. U ulug` arshning Robbidir», dedi.

:27

U: «Koramiz, rost sozladingmi yoki yolgonchilardan boldingmi?

:28

Bu maktubimni olib borib, ularga tashla, so`ngra chetga chiqib nazar sol-chi, nima qaytarurlar», dedi.

:29

U (Malika): «Ey, a'yonlar! Menga karomatli bir maktub tashlandi.

:30

Albatta, u Sulaymondandir, albatta, unda: «Bismillahir rohmanir rohiym.

:31

Menga qarshi bosh kotarmay, taslim bolgan holingizda keling», deyilmishdir», dedi.

:32

U (Malika): «Ey, a'yonlar! Menga bu ishimda fatvo (maslahat) beringlar. Sizlar shohid bo`lmaguningizcha, men bir ishga qat'iy qaror qilmasman», dedi.

:33

Ular: «Biz kuch-quvvat egalarimiz va shiddatli azmu shijoat egalarimiz. Ish ozingga havola. Nima amr qilishingni oylab ko`r», dedilar.

:34

U: «Albatta, podshohlar biror shahar-qishloqqa kirsalar, uni vayron qilurlar va uning aziz ahllarini xor qilurlar. Ana shunday qilurlar.

:35

Men ularga bir hadya yuborurman, ko`ray-chi, elchilar nima bilan qaytar ekanlar», dedi.

:36

Qachonki, (elchisi) Sulaymonga kelganida, u: «Sizlar menga mol-dunyo ila madad bermoqchimisiz?! Bas, Alloh menga bergan narsa sizga bergan narsadan yaxshidir. Ammo sizlar hadyalaringiz bilan quvonursiz.

:37

(Ey elchi!) Sen ularga qaytib bor. Bas, albatta, biz ular bas kela olmaydigan qo`shin ila borurmiz va u yerdan ularni xoru zor hollarida chiqarurmiz», dedi.

:38

U (Sulaymon): «Ey a'yonlar! Ular menga taslim bo`lib kelishlaridan oldin qaysingiz huzurimga u(malika)ning taxtini keltira oladi?» dedi.

:39

Jinlardan bo`lgan Ifrit: «Men uni senga maqomingdan turguningcha keltirurman. Albatta, bunga quvvatim va ishonchim bor», dedi.

:40

Kitobdan ilmi bor shaxs: «Men uni senga kozingni ochib yumguningcha keltirurman», dedi. Qachonki (Sulaymon) u(taxt)ning oz huzurida qaror topganini korgach: «Bu Robbimning fazlidandir. Men shukr qilamanmi yoki kufroni ne'mat qilamanmi, sinash uchundir. Kim shukr keltirsa, ozi uchungina shukr qilur. Kim kufroni ne'mat qilsa, bas, Robbim behojat va karamli Zotdir», dedi.

:41

U (Sulaymon): «Uning taxtini tanimaydigan qilib qoying. Koraylik-chi, u(malika) uni tanirmi yoki tanimaydiganlardan bo`lurmi?» dedi.

:42

Qachonki u kelganida: «Sening taxting shundaymi?» deyildi. U: «Xuddi oshaning ozi», dedi. «Bizga bundan ilgari ilm berilgan edi va musulmon bo`lgan edik».

:43

Va u(malika)ni Allohdan ozga ibodat qilgan narsa tosdi. Albatta, u kofir qavmlardan bo`lgan edi.

:44

U(malika)ga: «Saroyga kir», deyildi. Qachonki uni korganida, suv deb oylab, poychalarini ochdi. U(Sulaymon): «Albatta, bu billurdan silliq qilib yasalgan saroydir», dedi. U(malika): «Ey Robbim, albatta, men ozimga zulm qilib yurgan ekanman, Sulaymon ila olamlarning Robbi — Allohga musulmon boldim!» dedi.

:45

Batahqiq, Samud qavmiga, Allohga ibodat qiling, deb birodarlari Solihni yubordik. Bas, banogoh, ular ikki guruh bo`lib tortisha boshladilar.

:46

U (Solih): «Ey qavmim, nima uchun yaxshilikdan oldin yomonlikka oshiqasiz?! Allohdan magfirat sorasangiz-chi?! Shoyad rahim qilinsangiz», dedi.

:47

Ular: «Sendan va sen bilan bo`lganlardan shumlandik», dedilar. U: «Shumlanishingiz Allohning huzuridadir. Balki sizlar sinalayotgan qavmsiz», dedi.

:48

U shaharda toqqiz nafarli guruh bor bolib, yer yuzida buzg`unchilik qilishar, isloh qilmas edilar.

:49

Ular: «Allohning nomiga qasam ichinglar! Albatta, u (Solih)ni va uning ahlini tunda oldiramiz, songra valiyiga, biz uning ahlining halokatiga guvoh emasmiz, albatta, biz rostgo`ylarmiz, deymiz», dedilar.

:50

Ular makr qildilar. Biz ham ular sezmagan holda bir «makr» qildik.

:51

Nazar sol! Ularning makri oqibati nima bo`ldi?! Biz, albatta, ularni va qavmlarini, hammalarini yer bilan yakson qildik.

:52

Ana, zulmlari sababli uylari huvillab yotibdi! Albatta, bunda biladigan qavmlar uchun ibrat bordir.

:53

Va iymon keltirib, taqvo qilib yurganlarga najot berdik.

:54

Va Lutni ham (Paygambar qilib yubordik). Oshanda u oz qavmiga: «Siz korib-bilib turib, fohisha ish qilasizmi?!

:55

Siz, albatta, ayollarni qoyib, erkaklarga shahvat ila yaqinlik qilasizmi?! Yoq! Siz johillik qilayotgan qavmdirsiz!» dedi.

:56

Uning qavmining javobi: «Lut ahlini yurtingizdan quvib chiqaring, chunki ular pokiza bolishni xohlagan kishilardir», deyishdan boshqa narsa bolmadi.

:57

Bas, Biz unga va xotinidan boshqa ahliga najot berdik. U(xotin)ning azobda qolguvchilar ichida bo`lishini taqdir qildik.

:58

Va ularning ustlariga bir yomgir yogdirdikki, bas, ogohlantirilganlarning azobi qanday ham yomon bo`ldi.

:59

Sen: «Allohga hamd bolsin va U tanlab olgan bandalariga salom bolsin. Alloh yaxshimi yoki ular shirk keltirayotgan narsalarmi?» degin.

:60

Yoki osmonlaru yerni yaratgan, sizlarga osmondan suv tushirgan Zotmi? Bas, Biz u(suv) bilan gozal boglar ostirdik. Siz ozingiz uning daraxtini ostira olmas edingiz. Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! Yoq, ular o`zlari tenglashtiradigan qavmdirlar.

:61

Yoki yerni qarorgoh etgan, uning uzra anhorlar qilgan, unga toglar qilgan va ikki dengiz ortasida tosiq qilgan Zotmi?! Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! Yoq, ularning ko`plari bilmaslar.

:62

Yoki muztar(nochor) odam duo qilganda ijobat etib, uning mushkulini oson qilgan hamda sizni yer yuzida xalifa qilgan Zot yaxshimi?! Alloh bilan birga boshqa iloh bormi? Qanchalik oz eslaysizlar-a?!

:63

Yoki sizlarni quruqlik va dengiz zulmatlarida togri yolga soladigan hamda Oz rahmati oldidan shamollarni xushxabar qilib yuboradigan Zotmi?! Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan oliydir.

:64

Yoki avval boshdan yaratadigan, songra yana qaytadan yaratadigan va sizlarni osmonlaru yerdan rizqlantiradigan Zot yaxshimi? Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! «Agar rostgoy bo`lsangiz, hujjatingizni keltiring», degin.

:65

Sen: «Osmonlaru yerda Allohdan boshqa hech kim g`aybni bilmas», deb ayt. Ular qachon qayta tiriltirilishlarini ham sezmaslar.

:66

Balki ilmlari oxiratni idrok qilgandir? Yoq, ular undan shak-shubhadadirlar. Yoq, ular undan ko`rdirlar.

:67

Kufr keltirganlar: «Biz va ota-bobolarimiz tuproq bo`lganimizdan keyin, yana chiqarilamizmi?!

:68

Batahqiq, bu bizga-da, ota-bobolarimizga-da oldin ham va'da qilingan edi. Bu, avvalgilarning afsonasidan boshqa hech narsa emas», dedilar.

:69

Sen: «Er yuzida sayr qilinglar va jinoyatchilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solinglar», deb ayt.

:70

Sen ular haqida g`am chekma va qilayotgan makrlaridan ham siqilma.

:71

Ular: «Agar rostgoy bolsangiz, bu va'da qachon bo`ladi?» derlar.

:72

Sen: «Siz kelishiga oshiqayotgan narsaning ba'zisi ortingizga mingashib olgan bo`lsa, ajab emas», deb ayt.

:73

Albatta, Robbing odamlarga nisbatan fazlu marhamat sohibidir. Lekin ularning ko`plari shukr qilmaslar.

:74

Va, albatta, Robbing ularning dillari berkitgan narsani ham, oshkor qilgan narsani ham bilur.

:75

Osmonu yerda hech bir gayb narsa yoq, illo u ochiq-oydin kitobda bordir.

:76

Albatta, ushbu Qur'on Bani Isroilga ular ixtilof qilayotgan narsalarning ko`pini aytib beradir.

:77

Albatta, u (Qur'on) mo`minlar uchun hidoyat va rahmatdir.

:78

Albatta, Robbing ular ortasida Oz hukmi ila ajrim chiqaradi. U aziyz va bilguvchidir.

:79

Bas, sen Allohga tavakkal qil. Albatta, sen ochiq-oydin haqdadirsan.

:80

Albatta, sen o`liklarga eshittira olmaysan, ortga qarab qochayotgan karlarga ham chaqiriqni eshittira olmaysan.

:81

Sen korlarni zalolatdan hidoyatga solguvchi emassan. Sen faqat musulmon bolgan hollarida oyatlarimizga iymon keltiradiganlargagina eshittira olursan.

:82

Qachonki ularning boshiga soz(langan azob) tushganida, Biz ular uchun yerdan bir jonivor chiqaramiz. U ularga, albatta, odamlar Bizning oyatlarimizga ishonmaydigan bolganlarini aytib beradi.

:83

Biz har ummatning oyatlarimizni yolgonga chiqarganlaridan bir guruhini toplagan kunda ular jamlanib-tizilib turishar.

:84

Toki ular kelib bolgach, U zot: «Bizning oyatlarimizni yolgonga chiqardingizmi?! Ularni puxta anglamay turib-a? Yo`qsa, nima qilgan edingiz?» der.

:85

Va ularga, zulm qilganlari sababli, soz(langan azob) tushar. Bas, ular sozlay olmaslar.

:86

Biz sokinlik topishlari uchun kechani, korishlari uchun kunduzni qilganimizni kormadilarmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun ibratlar bordir.

:87

Sur chalinib, Alloh xohlaganidan boshqa osmonlardagi kimsalar va yerdagi kimsalar dahshatga tushgan kunda hamma U(zot)ga bo`yin egib kelurlar.

:88

Toglarni korib, qimirlamay turibdi deb hisoblaysan. Holbuki, ular bulutning otishidek oturlar. Bu har bir narsani puxta qiladigan Allohning san'atidir. Albatta, U nima qilayotganingizdan xabardordir.

:89

Kim yaxshilik qilsa, unga undan kora yaxshiroq (mukofot) bolur. Hamda ular o`sha kunning dahshatidan omondadirlar.

:90

Kim yomonlik qilsa, bas, yuztuban do`zaxga tashlanurlar va (ularga): «Sizlarga faqat qilgan amallaringiz jazosi berilmoqda, xolos», (deyilur).

:91

Men ushbu shaharning Robbiga, uni haram qilgan Zotga ibodat qilishga amr etildim, xolos. Hamma narsa Unikidir. Va musulmonlardan bo`lishga amr etildim.

:92

Va Qur'onni tilovat qilishga (amr etildim). Kim hidoyat topsa, faqat o`zi uchun hidoyat topadir. Kim zalolatga ketsa, unga: «Men ogohlantirguvchilardanman, xolos», degin.

:93

Sen: «Allohga hamd bolsin! U sizlarga Oz oyat-mo'jizalarini korsatur. Siz ularni korib, taniysiz», deb ayt. Robbing qilayotgan amallaringizdan gofil emasdir.