Barcha Islom kutubxonasi

26 - The Poets - Ash-Shu`arā

1

To. Siyn. Miym.

2

Bular ochiq kitobning oyatlaridir.

3

Ehtimol, (ular) momin bolmaganlari uchun sen o`zingni halok qilmoqchidirsan?!

4

Agar xohlasak, ularga osmondan oyat-mo'jiza nozil qilamiz. Bas, ularning boyinlari unga egilib qoladir.

5

Ularga Rohmandan yangi eslatma kelibdiki, albatta, undan yuz ogirguvchi bolganlar.

6

Bas, batahqiq, yolgonga chiqardilar. Yaqinda ularga ozlari istehzo qilgan narsaning xabari kelajakdir.

7

Ular yerga qaramaydilarmi?! Biz unda karamli juftlardan qanchalarini undirib qo`yibmiz.

8

Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin koplari momin bo`lmaslar.

9

Albatta, Robbing O`zi aziyzu mehribondir.

10

Robbing Musoga: «U zolim qavmga borgin.

11

Fir'avn qavmiga. (Bizdan) qo`rqmaydilarmi?!» deb nido qilganini esla.

12

U: «Ey Robbim, ular meni yolgonchi qilishlaridan qorqarman.

13

Va dilim siqilishidan hamda tilim burro bo`lmay qolishidan. Bas, Horunni elchi qil.

14

Mening zimmamda ular nazdida gunoh bor. Bas, meni o`ldirishlaridan xavfdaman», dedi.

15

U zot: «Yoq! Bas, ikkingiz Bizning oyat-mo'jizalarimiz ila boringlar. Albatta, Biz ikkingiz bilan eshitguvchimiz.

16

Bas, Fir'avnga boringlar va unga: «Biz Robbul olamiynning Payg`ambarlarimiz.

17

Bani Isroilni biz bilan qo`yib yubor», deb aytinglar, dedi.

18

U (Fir'avn): «Biz seni godakligingdan oz ichimizda tarbiya qilmadikmi?! Umringning bir necha yilini bizning ichimizda o`tkazmadingmi?!

19

Va nonkorlardan bolib, qiladigan ishingni qilib qo`ymadingmi?!» dedi.

20

U (Muso): «Osha ishni qilgan bolsam, bilmasdan qilganman.

21

Bas, sizlardan xavfsirab qochib ketdim. Keyin Alloh menga hikmat berdi va meni Payg`ambarlardan qildi.

22

O`sha menga qilayotgan minnating Bani Isroilni qul qilib olganingdandir», dedi.

23

Fir'avn: «Robbul olamiyn nima?» dedi.

24

U (Muso): «Agar anglamoqchi bo`lsangiz, U, osmonlaru yer va ularning orasidagi narsalarning Robbidir», dedi.

25

U (Fir'avn) atrofidagi kishilarga: «Eshitmayapsizlarmi?!» dedi.

26

U: «Sizning Robbingiz va avvalgi ota-bobolaringizning Robbidir», dedi.

27

U: «Albatta, sizga yuborilgan Payg`ambaringiz jinnidir», dedi.

28

U: «U zot, agar aql yuritsangiz, mashriqu magribning va ular ortasidagi narsalarning Robbidir», dedi.

29

U: «Agar mendan boshqani iloh qilib olsang, albatta, men seni zindonbandlardan qilurman», dedi.

30

U: «Agar men senga ochiq-oydin narsa keltirsam ham-a?» dedi.

31

U: «Agar rostgoylardan bolsang, keltir uni!» dedi.

32

Bas, u (Muso) asosini tashladi. Banogoh u aniq ajdarga aylandi.

33

Va qolini chiqardi. Banogoh u nazar qilguvchilarga oppoq korindi.

34

U (Fir'avn) atrofidagi a'yonlariga: «Albatta, bu o`ta bilimdon sehrgardir.

35

U o`z sehri bilan sizlarni yeringizdan chiqarmoqchi, nima deysizlar?» dedi.

36

Ular: «Uni va akasini qoyib turgin-da, shaharlarga toplovchilarni yubor.

37

Senga barcha o`ta bilimdon sehrgarlarni olib kelsinlar», dedilar.

38

Bas, sehrgarlar ma'lum kuni kelishilgan vaqtda jamlandilar.

39

Va odamlarga: «Sizlar toplanib boldingizmi?

40

Ajab ermas, ustun kelsalar, sehrgarlarga ergashsak», deyildi.

41

Sehrgarlar kelgan choglarida Fir'avnga: «Agar biz golib kelguvchi bo`lsak, bizga, albatta, haq beriladimi?» dedilar.

42

U: «Ha! U holda siz, albatta, eng yaqinlarimdan bo`lasiz», dedi.

43

Muso ularga: «Siz tashlaydigan narsangizni tashlang», dedi.

44

Bas, ular arqonlari va asolarini tashladilar va «Fir'avnning izzati bilan qasamki, albatta, biz g`oliblarmiz», dedilar.

45

So`ngra Muso asosini tashlagan edi, birdan u ularning uydirmalarini yuta boshladi.

46

Bas, sehrgarlar sajda qilgan hollarida yiqildilar.

47

Ular: «Robbul olamiynga iymon keltirdik.

48

Muso va Horunning Robbiga», dedilar.

49

U: «Men sizga izn bermasimdan oldin unga iymon keltirdingiz! Albatta, u sizga sehr orgatgan kattangizdir! Endi tezda bilasiz, men, albatta, qol-oyog`ingizni qarama-qarshi tomonidan kesajakman va barchangizni osajakman», dedi.

50

Ular: «Zarari yo`q. Albatta, biz Robbimizga qaytguvchimiz.

51

Mominlarning avvalgisi bolganimiz uchun Robbimiz xatolarimizni kechirishidan umid qilamiz», dedilar.

52

Va Musoga: «Bandalarim bilan kechasi yo`lga chiq. Albatta, ta'qib etilursiz», deb vahiy yubordik.

53

Bas, Fir'avn shaharlarga to`plovchilar yubordi:

54

«Shubhasiz, anavilar ozgina toifadirlar.

55

Albatta, ular bizni g`azablantirguvchilardir.

56

Albatta, biz hammamiz hushyormiz», deb.

57

Bas, Biz ularni chiqardik, bog-roglar va buloqlardan.

58

Xazinalar va muhtaram maskandan.

59

Ana shunday. O`sha(narsa)larni Bani Isroilga meros qilib berdik.

60

Bas, ularni quyosh chiqish paytida quvib yetdilar.

61

Ikki jamoat bir-birlarini korgan chogida, Musoning odamlari: «Endi qo`lga tushdik», dedilar.

62

U (Muso): «Yoq! Albatta, Robbim men bilan, U menga togri yolni ko`rsatur», dedi.

63

Bas, Biz Musoga: «Asoing bilan dengizni ur», deb vahiy qildik. Bas, u (dengiz) bolinib, har bolagi ulkan togdek boldi.

64

Va keyin boshqalarni ham yaqinlashtirdik.

65

Muso va unga ergashganlarga, hammalariga najot berdik.

66

Songra boshqalarni garq qildik.

67

Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin koplari momin bo`lmadilar.

68

Albatta, Robbing O`zi aziyzu mehribondir.

69

Va ularga Ibrohimning xabarini tilovat qilib ber.

70

O`shanda u otasi va qavmiga: «Nimaga ibodat qilmoqdasizlar?» degan edi.

71

Ular: «Sanamlarga ibodat qilmoqdamiz. Va ularga ixlos ila ibodat qilishda bardavom bo`lurmiz», dedilar.

72

U: «Iltijo qilganingizda ular sizni eshitadilarmi?

73

Yoxud naf yoki zarar yetkaza oladilarmi?» dedi.

74

Ular: «Yoq, biz ota-bobolarimizning shunday qilayotganlarini kordik», dedilar.

75

U: «Nimaga ibodat qilayotganingizni bildingizmi?!

76

Siz va qadimgi otalaringiz?!

77

Albatta, Robbul olamiyndan boshqa ularning barchasi menga dushmandir», dedi.

78

U meni yaratgan Zotdir. Bas, meni hidoyat qiladigan ham Uning O`zi.

79

Va meni taomlantiradigan va sugoradigan ham Uning Ozi.

80

Bemor bolganimda menga shifo beradigan ham Uning Ozi.

81

Meni oldiradigan, songra tiriltiradigan ham Uning O`zi.

82

Va mening xatoimni qiyomat kuni magfirat qilishidan umidvor bolganim ham Uning O`zi.

83

Ey Robbim, menga hikmat hadya et va meni solihlarga qo`shgin.

84

Va menga keyin kelguvchilar ichida sodiq maqtovlar bo`ladigan qilgin.

85

Va meni na'iym jannati vorislaridan qilgin.

86

Va otamni magfirat qil. Albatta, u adashganlardan boldi.

87

Va qayta tiriltiriladigan kunda meni sharmanda qilmagin.

88

U kunda na mol manfaat berar va na bolalar.

89

Magar, kim Alloh huzuriga toza qalb ila kelsa, (manfaat topar).

90

Va jannat taqvodorlarga yaqinlashtirildi.

91

Jahiym ig`voga uchganlarga zohir qilindi.

92

Va ularga: «Ibodat qilib yurgan narsalaringiz qani?!

93

Allohdan ozga. Ular sizga yordam bera olurlarmi yoki ozlarini qutqara olurlarmi?!» deyildi.

94

Bas, ular, ig`voga uchganlar unga yuztuban tashlandilar.

95

Va iblisning askarlari hammalari birgalikda.

96

Ular uning ichida bir-birlari ila xusumat qilar ekanlar, dedilar:

97

«Allohga qasamki, albatta, biz ochiq-oydin adashuvda ekanmiz.

98

Chunki, sizlarni Robbul olamiynga tenglashtirardik.

99

Bizni faqat jinoyatchilar yo`ldan ozdirdilar.

100

Mana endi biz uchun shafoatchilar ham yo`q.

101

Biron qadrdon dost ham yoq.

102

Qani endi ortga qaytsagu mominlardan bolsak.»

103

Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin koplari momin bo`lmadilar.

104

Albatta, Robbing O`zi azizu mehribondir.

105

Nuh qavmi Paygambarlarni yolgonchi qildi.

106

Oshanda ularga birodarlari Nuh dedi: «Qorqmaysizmi?!

107

Albatta, men sizlarga ishonchli Payg`ambarman.

108

Bas, Allohdan qo`rqinglar va menga itoat qilinglar.

109

Men sizlardan buning uchun haq — ajr so`ramayman. Mening ajrim faqatgina Robbul olamiynning zimmasidadir.

110

Bas, Allohdan qo`rqinglar va menga itoat qilinglar».

111

Ular: «Senga pastkashlar ergashib turgan holda, biz senga iymon keltirarmidik?!» dedilar.

112

U dedi: «Mening ular nima qilayotganlari haqida ilmim yo`q.

113

Agar sezsangiz, ularning hisobi faqat Allohning zimmasidadir.

114

Va men mo`minlarni haydab yuborguvchi emasman.

115

Men faqat ochiq-oydin ogohlantirguvchiman, xolos».

116

Ular: «Ey Nuh, agar toxtamasang, albatta, toshboron qilinganlardan bo`lasan», dedilar.

117

U: «Ey Robbim, shubhasiz, qavmim meni yolg`onchi qildilar.

118

Bas, Ozing men bilan ularning oramizni yaxshilab ochgin va menga hamda men bilan birga bolgan mo`minlarga najot bergin», dedi.

119

Bas, Biz unga va u bilan birga bolganlarga tolgan kemada najot berdik.

120

Songra, qolganlarni garq qildik.

121

Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin koplari momin bo`lmadilar.

122

Albatta, Robbing O`zi aziyzu mehribondir.

123

Od qavmi Paygambarlarni yolgonchi qildi.

124

Oshanda ularga birodarlari Hud dedi: «Qorqmaysizlarmi?!

125

Albatta, men sizlarga ishonchli Payg`ambarman.

126

Bas, Allohdan qo`rqinglar va menga itoat qilinglar.

127

Men sizlardan buning uchun haq — ajr so`ramasman. Mening ajrim faqatgina Robbul olamiyn zimmasidadir.

128

Har tepalikka bir belgi boladigan bino qurib, behuda oyin qilaverasizmi?

129

Va xuddi mangu turajakdek «masna'lar» tutasiz.

130

Tutganingizda ota jabrchi bolib tutdingiz.

131

Bas, Allohdan qo`rqing va menga itoat qiling.

132

Sizga ozingiz bilgan narsa ila madad bergan Zotdan qorqing.

133

U sizlarga chorva hayvonlari va farzandlar ila madad berdi.

134

Bog-roglar va buloqlar ila.

135

Men, albatta, sizga ulug kunning azobi kelishidan qorqaman».

136

Ular: «Biz uchun va'z qilsang ham yoki va'z qilguvchilardan bo`lmasang ham — bari bir.

137

Bu eskilarning odati, xolos.

138

Biz azoblanguvchi emasmiz», dedilar.

139

Ular u(Hud)ni yolgonchi qildilar. Bas, Biz ularni halok qildik. Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin koplari momin bolmadilar.

140

Albatta, Robbing O`zi aziyzu mehribondir.

141

Samud (qavmi) Paygambarlarni yolgonchi qildi.

142

Oshanda ularga birodarlari Solih dedi: «Qorqmaysizlarmi?!

143

Albatta, men sizlarga ishonchli Payg`ambarman.

144

Bas, Allohdan qo`rqinglar va menga itoat qilinglar.

145

Men sizlardan buning uchun haq — ajr so`ramayman. Mening ajrim faqatgina Robbul olamiyn zimmasidadir.

146

Siz bu joydagi narsalarda omon holda tark qilinasizmi?!

147

Bog-roglarda, buloqlarda?!

148

Ekinzorlaru mayin xurmozor ichlarida-ya?!

149

Va toglardan manmanlik-la uylar yonaverasizmi?!

150

Bas, Allohdan qo`rqinglar va menga itoat qilinglar.

151

Va yer yuzida isrofchilarning ishiga itoat qilmanglar.

152

Yer yuzida buzg`unchilik qiladigan, isloh etmaydiganlarning».

153

Ular: «Sen, albatta, sehrlanganlardandirsan.

154

Sen bizga oxshagan bashardan boshqa hech narsa emassan. Agar rostgoylardan bolsang, mo'jiza keltir», dedilar.

155

U: «Mana bu tuya. Unga (bir kun) suv ichish va sizga ma'lum bir kun suv ichish.

156

Va unga yomonlik yetkazmanglar, unda, sizni ulug` kunning azobi tutadir», dedi.

157

Bas, u(tuya)ni so`ydilaru nadomat chekuvchiga aylandilar.

158

Bas, ularni azob tutdi. Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin koplari momin bo`lmadilar.

159

Albatta, Robbing O`zi aziyzu mehribondir.

160

Lut qavmi Paygambarlarni yolgonchi qildi.

161

Oshanda ularga birodarlari Lut dedi: «Qorqmaysizlarmi?!

162

Albatta, men sizlarga ishonchli Payg`ambarman.

163

Bas, Allohdan qo`rqinglar va menga itoat qilinglar.

164

Men sizlardan buning uchun haq — ajr so`ramasman. Mening ajrim faqatgina Robbul olamiyn zimmasidadir.

165

Olamlar ichidan erkaklarga borasizmi?!

166

Va Robbingiz siz uchun yaratgan jufti halollaringizni tark qilasizmi?! Yo`q!!! Siz haddan oshgan qavmsiz.

167

Ular: «Ey Lut, agar toxtamasang, albatta, haydab chiqarilganlardan bolasan!» dedilar.

168

U: «Albatta, men bu ishingizni ota yomon korguvchilardanman.

169

Ey Robbim, menga va ahlimga qilayotgan narsalaridan najot bergin!» dedi.

170

Bas, unga va ahliga, hammalariga najot berdik.

171

Magar (azobda) qolguvchilardan bo`lgan bir kampirga (najot bermadik).

172

So`ngra qolganlarini yer bilan yakson qildik.

173

Va ularning ustiga bir yomgir yogdirdikki, bas, ogohlantirilganlarning yomgiri qandoq ham yomon boldi.

174

Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin koplari momin bo`lmadilar.

175

Albatta, Robbing O`zi aziyzu mehribondir.

176

Qalin daraxtzor egalari Paygambarlarni yolgonchi qildilar.

177

Oshanda ularga Shu'ayb dedi: «Qorqmaysizlarmi?!

178

Albatta, men sizlarga ishonchli Payg`ambarman.

179

Bas, Allohdan qo`rqinglar va menga itoat qilinglar.

180

Men sizlardan buning uchun haq — ajr so`ramasman. Mening ajrim faqatgina Robbul olamiyn zimmasidadir.

181

Bas, olchovni toliq olchanglar va kamaytirguvchilardan bolmanglar.

182

Va togri tarozi ila torting.

183

Odamlarning narsalarini kamaytirib bermang. Yer yuzida turli buzg`unchiliklar qilmang.

184

Sizni va avvalgi nasllarni yaratgan Zotdan qo`rqing».

185

Ular: «Albatta, sen sehrlanganlardansan.

186

Va sen bizga oxshagan bashardan boshqa narsa emassan. Biz seni, albatta, yolgonchilardan, deb bilamiz.

187

Agar rostgoylardan bolsang, ustimizdan osmonning bir bo`lagini tashlavor», dedilar.

188

U : «Robbim qilayotgan ishingizni o`ta yaxshi bilguvchidir», dedi.

189

Bas, ular u(Shu'ayb)ni yolgonchi qildilar. Bas, ularni «soyabon» kuni azobi tutdi. Albatta, u ulug kunning azobi edi.

190

Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin koplari momin bo`lmadilar.

191

Albatta, Robbing O`zi aziyzu mehribondir.

192

Albatta, u(Qur'on) Robbul olamiynning tushirganidir.

193

Uni Ruhul Amiyn olib tushdi.

194

Sening qalbingga, ogohlantirguvchilardan bo`lishing uchun.

195

Ochiq-oydin arab tilida.

196

Albatta, u(Qur'on) avvalgilarning kitoblarida ham bordir.

197

Uni Bani Isroil ulamolarining bilishlari ular uchun dalil emasmi?!

198

Agar Biz uni ba'zi ajamiylarga nozil qilsak.

199

Bas, u ularga uni oqib bersa ham, unga momin bo`lmas edilar.

200

Biz u(Qur'on)ni jinoyatchilar qalblariga ana shunday yo`lladik.

201

Ular unga to alamli azobni ko`rmagunlaricha iymon keltirmaslar.

202

Bas, ularga u(azob) to`satdan kelur. Ular sezmay qolurlar.

203

Shunda ular: «Bizga muhlat berilarmikan?!» deydilar.

204

Bizning azobimizning tezroq kelishini istaydilarmi-ya?!

205

Aytging-chi, agar Biz ularni yillarcha huzurlantirsak-da.

206

So`ngra ularga va'da qilingan narsa kelsa.

207

O`sha huzurlanib yurgan narsalari nimaga asqotur?!

208

Biz biron shahar-qishloqni halok qilgan bolsak, albatta, uning ogohlantirguvchilari bolgan.

209

Eslatma bolishi uchundir. Biz zulm qilguvchi bolmagandik.

210

U(Qur'on)ni shaytonlar olib tushganlari yo`q.

211

Bunga ularning imkonlari yo`q va unga qodir ham emaslar.

212

Albatta, ular eshitishdan chetlatilgandirlar.

213

Alloh bilan birga boshqa ilohga iltijo qilma. Yoqsa, azoblanganlardan bolasan.

214

Va yaqin qarindoshlaringni ogohlantir.

215

Va senga ergashgan mo`minlarga qanotingni pastlat.

216

Bas, agar ular senga isyon qilsalar: «Men siz qilayotgan amallardan bezorman», degin.

217

Va aziyz va mehribon Zotga tavakkal qil:

218

Seni qoim bolganingda koradigan.

219

Va sajda qilguvchilar ichida harakatlanishingni (ko`radigan) Zotga.

220

Albatta, Uning Ozi ota eshitguvchi va o`ta bilguvchi Zotdir.

221

Sizlarga shaytonlar kimga tushishini aytib beraymi?

222

Ular ota uydirmachi va ota gunohkorlarga tushurlar.

223

Ular (shaytonlarga) quloq osarlar. Va ularning koplari yolgonchilardir.

224

Va shoirlarga gumrohlar ergashur.

225

Ularning har vodiyda daydishini.

226

Va ozlari qilmaydigan ishlarni aytishini kormadingmi?

227

Magar, iymon keltirib, solih amallar qilganlar, Allohni kop zikr etganlar va mazlum bolganlaridan keyin nusrat qozonganlar (unday emaslar). Zulm qilganlar esa, tezda qaysi agdarilish joyiga agdarilishlarini bilurlar.