Barcha Islom kutubxonasi

25 - The Criterion - Al-Furqān

1

Olamlarga ogohlantiruvchi bolsin uchun bandasiga Furqonni nozil qilgan Zot barakotli, ulugdir.

2

U, osmonlaru yerning mulki Unga xos bolgan, Oziga farzand tutmagan, mulkida sherigi bolmagan, har bir narsani olchov ila o`lchab yaratgan Zotdir.

3

U Zotdan boshqa, hech narsa yarata olmaydigan, ozlari yaratiladigan, ozlari uchun zararga ham, nafga ham ega bolmaydigan, olimga ham, hayotga ham, qayta tirilishga ham molik bo`lmaydigan «xudo»lar tutdilar.

4

Kufr keltirganlar: «Bu (Qur'on) uydirmadan boshqa narsa emas. Uni ozi uydirib oldi va bunda unga boshqa qavmlar komak berdilar», dedilar. Bas, shubhasiz, zulm va yolg`on guvohlik keltirdilar.

5

Ular: «Bu avvalgilarning afsonasidir. Ularni yozdirib olgan. Holbuki, ular unga ertayu kech imlo qilinur», dedilar.

6

Sen: «Uni osmonlaru yerdagi sirni biladigan Zot nozil qildi. Albatta, U mag`firatli va rahimli Zotdir», degin.

7

Ular: «Bu ne Paygambarki, taom yeb, bozorda yuradir?! Unga bir farishta tushirilsa edi, u bilan ogohlantirguvchi bolar edi.

8

Yoki unga xazina tashlansa yoxud uning bogi bolsa-yu, undan yesa», dedilar. Zolimlar: «Sizlar faqat sehrlangan kishiga ergashyapsizlar, xolos», dedilar.

9

Senga qanday misollar keltirganiga nazar sol! Bas, ular yoldan ozdilar. Endi yol topishga qodir emaslar.

10

Agar xohlasa, senga oshandan yaxshirogini — ostidan anhorlar oqib turadigan boglarni va qasrlarni qilib beradigan Zot barakotli va ulug bo`ldi.

11

Yoq! Ular soatni (qiyomatni) ham yolgonga chiqardilar. Va Biz soatni (qiyomatni) yolgonga chiqarganlarga dozaxni tayyorlab qo`ydik.

12

Vaqtiki u ularni uzoq joydan korganida, uning gazabnok qaynashini va bo`kirishini eshiturlar.

13

Uning tor joyiga kishanlangan hollarida tashlanganlarida esa, osha joyda (ozlariga) halokat tilarlar.

14

«Bugungi kunda bir halokatni emas, ko`p halokatni tilanglar!»

15

«Bu yaxshimi yoki taqvodorlarga tayyorlab qo`yilgan mangulik jannati yaxshimi?» U (jannat) ular uchun mukofot va qaytish joyidir.

16

Ularga u yerda xohlagan narsalari bor, abadiy holda qolurlar. Bu, Robbing zimmasidagi mas'uliyatli va'dadir.

17

U(mushrik)larni va Allohdan ozga ibodat qilgan narsalarini toplagan kunda, U zot: «Anavi bandalarimni sizlar adashtirdingizmi yoki ular ozlari yoldan ozdilarmi?!» deydir.

18

Ular: «Ozing poksan! Sendan ozgani dost tutmoq biz uchun yarashmas. Lekin Sen ularni va ota-bobolarini (shunchalik) huzurlantirdingki, hatto ular zikringni unutdilar va halokat qavmi bolib qoldilar», derlar.

19

Batahqiq, ular sizlarni aytayotgan narsangizda yolgonchiga chiqardilar. Endi (azobni) burishga ham, yordam olishga ham qodir bolmassiz. Sizdan kim zulm qilgan bo`lsa, unga azobni torttiramiz.

20

Biz sendan oldin yuborgan Paygambarlarimiz ham, albatta, taom yer va bozorlarda yurar edilar. Ba'zilaringizni ba'zilaringizga sinov qildik. Sabr qilasizlarmikin?! Robbing korguvchi bo`lgan Zotdir.

21

Bizga uchrashdan umidsiz bolganlar, bizga farishtalar tushirilsa, yoki, Robbimizni korsak edi, derlar. Batahqiq, ular ozlaridan ketdilar va katta tugyon-la tug`yon qildilar.

22

Ular farishtalarni koradigan kunda, ha, osha kunda jinoyatchilarga xushxabar bo`lmas. Va (farishtalar): «Harom, harom», derlar.

23

Va qilgan amaliga kelib, ularni to`zon kabi sochib yuboramiz.

24

Osha kunda jannat egalarining qarorgohlari va oromgohlari goyat yaxshidir.

25

U kunda bulutli osmon yorilib, farishtalar bolak-bolak tushirilurlar.

26

U kunda hukmronlik Rohmanga haq bolur. U kun kofirlar uchun kop qiyin kun bo`lur.

27

U kunda zolim ikki qolini tishlab: «Ey voh!!! Paygambar ila bir yo`lni tutganimda edi!» der.

28

«Ey voh!!! Koshki falonchini do`st tutmasam edi», der.

29

«Batahqiq, menga Zikr (Qur'on) kelgandan song u (dost) meni adashtirdi. Shayton insonni yordamsiz tashlab ketguvchidir».

30

Va Payg`ambar: «Ey Robbim, albatta, mening qavmim ushbu Qur'onni tark etdilar», dedi.

31

Ana shunday. Har Paygambar uchun jinoyatchilardan dushman qilganmiz. Hidoyat va yordamchilikda Robbing Ozi kifoya qilur.

32

Kufr keltirganlar: «Unga Qur'on bir yola nozil qilinsa edi», dedilar. Biz sening qalbingni u bilan sobit qilish uchun shunday qildik va uni dona-dona qilib oqidik.

33

Ular senga biror masal keltirsalar, Biz, albatta, senga haqni va go`zal sharhini keltirurmiz.

34

Jahannam tomon yuz tuban hollarida sudraladiganlar, ana oshalar, makonlari eng yomon, yollari eng adashgan kimsalardir.

35

Batahqiq, Biz Musoga kitobni berdik va unga akasi Horunni vazir qildik.

36

Bas: «Ikkingiz Bizning oyatlarimizni yolgonga chiqargan qavmga boring», dedik. Song ularni yer bilan yakson qildik.

37

Va Nuh qavmi Paygambarlarni yolgonga chiqarganlarida garq etdik va ularni odamlarga ibrat qildik. Hamda Biz zolimlarga alamli azoblar tayyorlab qoydik.

38

Od, Samud va quduq egalarini hamda bu oradagi asrlarni esla.

39

Ulardan har biriga misollar keltirdik. Va ularni qirib bitirdik.

40

Batahqiq, ular yomonlik yomgiri yogdirilgan shaharga kelgan edilar. Uni kormagan edilarmi?! Yoq! Ular qayta tirilishdan umidsiz edilar.

41

Ular seni korgan vaqtlarida masxaraga olurlar: «Alloh Paygambar qilib yuborgan shumi?!

42

Agar sabr qilmaganimizda, albatta, u bizni, sal bolmasa, xudolarimizdan ozdirardi-ya!» deb. Yaqinda — azobni korgan choglarida — kim yoldan ozganroq ekanini bilurlar.

43

Havoyi nafsini oziga xudo qilib olganni kordingmi?! Endi sen unga vakil bo`lasanmi?!

44

Yoki sen ularning koplari tinglay olurlar yo anglay olurlar, deb hisoblaysanmi? Aslida, ularning hayvonlardan farqi yoq. Balki yana ham yo`ldan ozganroqdirlar.

45

Robbingning soyani qanday yoyib qoyganini kormadingmi? Agar xohlasa, uni jilmas qilardi. So`ngra quyoshni Biz unga dalil qildik.

46

Songra Biz uni Ozimizga asta-sekin tortib oldik.

47

U siz uchun kechani libos, uyquni istirohat qilgan va kunduzni tirilish (zamoni) qilgan Zotdir.

48

U O`z rahmati oldidan shamollarni xushxabar qilib yuborgan Zotdir. Va osmondan pok suv tushirdik.

49

U ila olik yurtni tiriltirishimiz va ozimiz yaratgan koplab chorva hayvonlari hamda insonlarni sugorishimiz uchun.

50

Batahqiq, Biz u(Qur'on)ni eslatma olishlari uchun oralarida turlicha tasarruf qilib kordik. Odamlarning koplari kufrdan boshqa narsadan bosh tortdilar.

51

Agar xohlasak, har shaharga bitta ogohlantirguvchi yuborar edik.

52

Kofirlarga itoat etma! Ularga qarshi u(Qur'on) bilan katta jiddu jahd qil!

53

U, ikki dengizni — bunisi chuchuk-shirin, unisi shor-achchiq qilib oqizib qoygan va oralariga korinmas tosiq hamda ochilmas sarhad qilgan Zotdir.

54

U, suvdan bashar yaratgan va uni nasl-nasab, quda-anda qilib qoygan Zotdir. Robbing qodir bolgan Zotdir.

55

Ular Allohdan ozga, ularga naf ham, zarar ham yetkazmaydigan, narsalarga ibodat qiladilar. Va kofir, Robbiga qarshi yordamchi bolgandir.

56

Biz seni faqat xushxabarchi va ogohlantirguvchi etib yuborganmiz, xolos.

57

Sen: «Men sizlardan buning uchun ajr soramayman, faqat, kim xohlasa, Robbi tomon yol olishini (so`rayman)», deb ayt.

58

Va barhayot, olmaydigan Zotga tavakkal qil hamda Uni hamdu sano ila poklab yod et. Bandalarining gunohlaridan ota xabardor bolishda Uning Ozi kifoyadir.

59

U osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni olti kunda yaratgan, songra (Zoti va ulugligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. U Rohmandir. Bas, osha ota Xabardordan so`ra.

60

Qachonki ularga: «Rohmanga sajda qilinglar!» deyilsa, ular: «Rohman nima? Sen buyurgan narsaga sajda qilaveramizmi?» derlar. Bu ularning uzoqlashishini ziyoda qilur.

61

Osmonda burjlar qilgan va unda chiroq va nur sochguvchi oy qilgan Zot barakotli(buyuk) bo`ldi.

62

U ibrat olmoqni iroda qilgan va shukr qilmoqni iroda qilgan kishi uchun kecha-kunduzni birin-ketin qilgan Zotdir.

63

Rohmanning bandalari yer yuzida tavozu' ila yuradigan va johillar xitob qilganida, «salom», deydiganlardir.

64

Ular tunlarni Robbilariga sajda qilib, bedor o`tkazadilar.

65

Ular: «Ey Robbimiz, O`zing bizdan jahannam azobini burgin, albatta, jahannam azobi doimiydir.

66

Albatta, u eng yomon qarorgoh va turar joydir», deydiganlardir.

67

Ular infoq qilganlarida isrof ham va xasislik ham qilmaslar. U ikkisi ortasida mo'tadil bo`lurlar.

68

Ular Alloh bilan birga biror ilohga iltijo qilmaslar. Alloh (oldirishni) harom qilgan jonni nohaqdan oldirmaslar. Zino qilmaslar. Kim ana shuni qilsa, uqubatga duchor bo`lur.

69

Qiyomat kuni uning azobi bir necha barobar kopaytirilur va u(azob)da xor bolib abadiy qolur.

70

Magar kim tavba qilsa, iymon keltirib, solih amal qilsa, bas, Alloh ana oshalarning yomonliklarini yaxshiliklarga almashtirur. Alloh magfiratli va rahimli bo`lgan Zotdir.

71

Kim tavba qilib, solih amal qilsa, u, albatta, Allohga (haqiqiy) qaytish ila qaytar.

72

Ular yolgon guvohlik bermaydiganlardir va behuda narsalar oldidan otsalar, hurmatlarini saqlagan holda o`tarlar.

73

Ularga Robbilarining oyatlari eslatilganda, u(oyat)larga gung va ko`rlardek tashlanmaslar.

74

Ular: «Ey Robbimiz, Ozing bizga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan kozimiz quvonadigan narsa hadya et hamda bizlarni taqvodorlarga yo`lboshchi qil», deydiganlardir.

75

Ana oshalar sabr qilganlari uchun «gurfa» ila mukofotlanurlar va unda tabrik va salom bilan qarshilanurlar.

76

Ular oshanda abadiy qolurlar. U qanday ham gozal qarorgoh va manzildir.

77

Sen: «Agar duo-iltijolaringiz bolmasa, Robbim sizlarga hech qiymat bermas. Bas, batahqiq, siz yolgonga chiqardingiz. Endi sizlarga (azob) lozim bo`lur», deb ayt.