Barcha Islom kutubxonasi

24 - The Light - An-Nūr

:1

(Bu bir) suradir. Biz uni nozil qildik. Biz uni farz qildik. Biz unda ochiq-oydin oyatlarni nozil qildik. Shoyadki, eslasangiz.

:2

Zinokor ayol va zinokor erkak, ikkovlaridan har birini yuz darradan uring. Agar siz Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradigan bolsangiz, sizlarni ularga nisbatan Allohning dinida shafqat tutmasin. Va ularning azobiga bir toifa mominlar guvoh bo`lsinlar.

:3

Zinokor erkak faqat zinokor yoki mushrika ayolga nikohlanur. Zinokor ayolga faqat zinokor yoki mushrik erkak nikohlanur. Bu, mo`minlarga harom qilinmishdir.

:4

Pokiza ayollarga (bohton) toshi otib, songra tortta guvoh keltira olmaganlarni sakson darra uringlar va ularning guvohligini abadiy qabul qilmanglar. Ana oshalar fosiqlardir.

:5

Magar bundan keyin tavba qilib, ozini isloh qilganlar (mustasnodir). Zero, Alloh ota magfiratli va ota rahimlidir.

:6

Oz juftlariga (bohton) toshi otib, faqat ozlaridan boshqa guvohlari bolmaganlar esa, bas, ulardan har birining guvohligi Allohning nomi ila tort marta, albatta, u rostgoylardan ekanligi haqida shohidlik berishdir.

:7

Beshinchisida esa, agar yolgonchilardan bolsa, unga Allohning la'nati bo`lishini (aytishlikdir).

:8

Va u(ayol)dan azobni qaytaradigan narsa Allohning nomi ila tort marta, albatta, u(er) yolgonchilardandir, deb shohidlik berishidir.

:9

Beshinchisida esa, agar u(er) rostgoylardan bolsa, ozi(ayol)ga Allohning gazabi bo`lishini (aytishlikdir).

:10

Agar sizlarga Allohning fazli va marhamati bolmaganida... Albatta, Alloh tavbalarni koplab qabul qilguvchi va ota hikmatli zot bolmaganida edi...

:11

Albatta, ifkni keltirganlar ozingizdan bolgan bir usba (toda)dir. Uni ozingizga yomonlik deb hisoblamang. Aksincha, u siz uchun yaxshilikdir. Ulardan har bir kishi uchun ozi qilgan kasbning gunohi bordir. Ulardan (gunohning) kattasini kotargan kimsaga buyuk azob bordir.

:12

U(ifk)ni eshitgan vaqtingizda mominlar va mominalar ozlari haqida yaxshi gumonga borib: «Bu ochiq-oydin ifk-ku!» desalar bolmasmidi?!

:13

U(ifkchi)lar osha(ifk)ga tortta guvoh keltirsalar bolmasmidi?! Bas, guvohlarni keltira olmagan chogda ana oshalar ozlari Allohning huzurida yolg`onchidirlar.

:14

Agar dunyoyu oxiratda sizlarga Allohning fazli, marhamati bolmaganida, ozingiz ichiga shongigan narsa uchun sizni, albatta, buyuk azob tutar edi.

:15

Oshanda siz u(ifk)ni tillaringiz ila ilib olar, ogzingiz ila ozingiz bilmagan narsani gapirar edingiz va u (ifk)ni ozingizga yengil sanardingiz. Holbuki, u Allohning nazdida buyukdir.

:16

Uni eshitgan chogingizda: «Bizga buni gapirmogimiz togri kelmas. Ozing poksan! Bu katta bohtondir!» desangiz bo`lmasmidi?!

:17

Agar momin bolsangiz, hargiz u(ifk)ga o`xshash narsaga qaytmasligingizni Alloh sizga va'z-nasihat qilur.

:18

Alloh sizga oyatlarni bayon qilur. Va Alloh ota bilguvchi, ota hikmatli Zotdir.

:19

Albatta, iymon keltirganlar ichida fohisha tarqalishini yaxshi ko`radiganlarga bu dunyoyu oxiratda alamli azob bordir. Alloh biladir, sizlar bilmassizlar.

:20

Agar sizlarga Allohning fazli, marhamati bolmaganida... Va, albatta, Alloh ota shafqatli va rahimli bo`lmaganida...

:21

Ey, iymon keltirganlar! Shaytonning izidan ergashmang. Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta, u fohisha va munkarga buyuradir. Agar sizlarga Allohning fazli va marhamati bolmaganida, abadul-abad ichingizdan biror kishi poklana olmas edi. Lekin Alloh Ozi xohlagan kishini poklar. Alloh ota eshitguvchi, ota bilguvchi Zotdir.

:22

Sizlardan fazl va boylik egasi bolganlar qarindoshlarga, miskinlarga va Allohning yolida muhojir bolganlarga (nafaqa) bermaslikka qasam ichmasinlar, bas, afv etsinlar, otib yuborsinlar. Alloh sizlarni magfirat qilishini xush kormaysizlarmi?! Alloh ota magfiratli, o`ta rahimli Zotdir.

:23

Albatta, pokiza, gofila va momina ayollarga (bo`hton) toshi otganlar bu dunyoyu oxiratda la'natlanurlar. Ularga katta azob bordur.

:24

U kunda tillari, qo`llari va oyoqlari qilib yurgan amallari haqida ularga qarshi guvohlik berur.

:25

Osha kunda Alloh ularning haq jazolarini toliq berur va ular Allohning O`zi ochiq haq ekanini bilurlar.

:26

Nopok xotinlar nopok erkaklar uchundir. Nopok erkaklar nopok xotinlar uchundir. Pokiza ayollar pokiza erkaklar uchundir. Pokiza erkaklar pokiza ayollar uchundir. Ana oshalar u(bohtonchi)lar aytayotgan narsalardan poklangandirlar. Ularga magfirat va gozal rizq bordir.

:27

Ey, iymon keltirganlar! Oz uylaringizdan boshqa uylarga to izn soramaguningizcha va ularning ahliga salom bermaguningizcha, kirmang. Ana shunday qilmog`ingiz siz uchun yaxshidir, shoyadki, eslasangiz.

:28

Bas, agar u(uy)larda birortani topmasangiz, to sizga izn berilmaguncha, ularga kirmang. Agar sizga, qayting, deyilsa, bas, qayting, osha siz uchun pokdir. Alloh nima amal qilayotganingizni ota bilguvchidir.

:29

Maskan bolmagan, siz uchun foyda bor uylarga (iznsiz) kirishingizda gunoh yoqdir. Alloh nimani oshkor qilayotganingizni va nimani yashirin qilayotganingizni biladir.

:30

Sen mominlarga ayt, kozlarini tiysinlar va farjlarini saqlasinlar. Ana shu ular uchun pokdir. Albatta, Alloh nima hunar qilayotganlaridan xabardordir.

:31

Sen mominalarga ayt: «Kozlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar va ziynatlarini korsatmasinlar, magar zohir bolgan ziynatlar bolsa (mayli). Romollarini koksilariga tosib yursinlar. Ziynatlarini korsatmasinlar, magar erlariga yo otalariga yo erlarining otalariga yo ogillariga yo erlarining ogillariga yo aka-ukalariga yo aka-ukalarining ogillariga yo opa-singillarining ogillariga yo ayollariga yo oz qollarida mulk bolganlarga yo (ayollarga) behojat erkak xizmatchilarga yo ayollar avratining farqiga bormagan yosh bolalarga (bolsa, mayli). Maxfiy ziynatlarini bildirish uchun oyoqlarini (erga) urmasinlar. Allohga barchangiz tavba qiling, ey mominlar! Shoyadki, najot topsangizlar».

:32

Oralaringizdagi nikohsizlarni va qulu chorilaringizdan solihlarini nikohlab qoying. Agar faqir bolsalar, Alloh ularni Oz fazlidan boy qilur. Alloh (fazli) keng, o`ta bilguvchi Zotdir.

:33

Nikoh(imkon)ni topa olmaganlar, to Alloh ularni Oz fazlidan boy qilgunicha, iffatlarini saqlasinlar. Qollaringizda mulk bolganlardan (ozodlik) vasiqasini istaydiganlari bolsa, bas, ularda yaxshilik borligini bilsangiz, ular ila vasiqa yozing va Allohning sizga bergan molidan ularga bering. Hayoti dunyoning otkinchi matohini istab, poklikni iroda qilgan (chori) qizlaringizni fohishalikka majbur qilmang. Kim ularni majbur qilgan bolsa, bas, albatta, Alloh ular majbur qilganlaridan keyin ota mag`firatli va rahimli Zotdir.

:34

Batahqiq, Biz sizlarga ochiq-oydin oyatlarni, sizdan oldin o`tganlardan misolni va taqvodorlar uchun va'zni nozil qildik.

:35

Alloh osmonlar va yerning nuridir. Uning nurining misoli xuddi bir tokcha, uning ichiga chiroq qoyilgan, chiroq esa, shisha ichida, shisha esa, goyo durdan bolgan bir yulduz bolib, sharqiy ham, garbiy ham bolmagan muborak zaytun daraxtidan yoqiladir. Uning moyi oziga olov tegmasa ham, yoritib yuboray deydir. (Bu) nur ustiga nurdir. Alloh xohlagan odamni Oz nuriga hidoyat qilur. Alloh odamlarga misollarni keltirur. Alloh har bir narsani o`ta bilguvchidir.

:36

(U) bir uylardaki, Alloh ularning kotarilishiga va ularda Oz ismi zikr qilinishiga izn bergandir. Ularda Unga ertayu kech tasbih ayturlar

:37

Bir kishilarki, ularni tijorat ham, oldi-sotdi ham Allohning zikridan, namozni tokis ado etishdan va zakot berishdan mashgul qila olmas. Ular qalblar va kozlar iztirobga tushadigan kundan qorqarlar.

:38

Alloh ularni qilgan amallarining eng go`zali ila mukofotlashi va fazli karamidan ziyoda qilib berishi uchundir. Alloh xohlagan kishiga behisob rizq berur.

:39

Kufr keltirganlarning amallari sahrodagi sarobga oxshar. Chanqoq odam uni suv deb hisoblar. Qachonki, uning oldiga kelsa, hech narsani topmas. Va u oldida Allohni topur. Bas, U zot uning hisobini toliq qilur. Alloh o`ta tez hisob qilguvchidir.

:40

Yoki xuddi qa'rsiz dengizdagi zulmatlarga oxshar. Uning ustidan mavj qoplagandir, u(mavj)ning ham ustidan mavj va uni esa, bulut (qoplagandir). Bir-birining ustidagi zulmatlardir. U qolini chiqarsa, kora olmas. Kimgaki Alloh nur bermasa, uning uchun nur bolmas.

:41

Allohga osmonlar va yerdagi bor jonzot va saf tortgan holidagi qushlar tasbih aytishini ham kormaysanmi?! Har biri oz duosi va tasbihini, batahqiq, bilmishdir. Alloh nima amal qilishlarini o`ta bilguvchidir.

:42

Osmonlar va yerning mulki Allohnikidir va qaytish ham faqat Allohgadir.

:43

Alloh bulutlarni haydashini, songra birga toplashini, songra uyib qoyishini kormayapsanmi?! Bas, uning orasidan yomgir chiqayotganini korursan. U zot osmondan, undagi toglardan dol tushirib, u bilan Ozi xohlagan kishilarga musiybat yetkazur va uni Ozi xohlagan kishilardan burib yuborur. Uning chaqmogining yarqirashi kozlarni ketkazgudek bolur.

:44

Alloh kecha va kunduzni aylantirib turur. Albatta, bunda ko`zi ochiqlar uchun ibrat bordir.

:45

Alloh hamma jonivorni suvdan yaratdi. Bas, ulardan ba'zilari qorni bilan yuradir, ba'zilari ikki oyoq bilan yuradir va ba'zilari tort (oyoq) bilan. Alloh Ozi xohlagan narsani yaratur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.

:46

Batahqiq, Biz ochiq-oydin bayon qilguvchi oyatlarni tushirdik. Alloh Ozi xohlagan kimsani togri yolga hidoyat qiladir.

:47

Ular: «Allohga va Paygambarga iymon keltirdik va itoat qildik», derlar. Songra ulardan bir guruhi yuz ogirib keturlar. Ana oshalar mo`min emaslar.

:48

Ularni qachonki Allohga va Uning Paygambariga oralarida hukm chiqarish uchun chorlansa, banogoh, ulardan bir guruhi yuz ogirguvchilardir.

:49

Agar haq ular (tarafda) bolsa, u(Paygambar)ga bo`yin egib kelurlar.

:50

Ularning qalblarida maraz bormi?! Yoki shubha qildilarmi?! Yoxud Alloh va Uning Paygambari ularga zulm qilishidan qorqadilarmi?! Yoq! Ularning ozlari zolimlardir.

:51

Albatta, mominlarning Allohga va Uning Paygambariga oralarida hukm chiqarish uchun chorlanganlaridagi gaplari: «Eshitdik va itoat qildik», demoqlaridir. Ana oshalarning ozlarigina najot topguvchilardir.

:52

Kim Allohga va Uning Paygambariga itoat etsa hamda Allohdan qorqib, Unga taqvo qilsa, bas, ana o`shalargina yutuqqa erishguvchilardir.

:53

Ular agar amr qilsang, albatta (jihodga) chiqishlari haqida Alloh nomi bilan jon-jahdlari ila qasam icharlar. Sen: «Qasam ichmanglar! (Bu jihod) ma'lum toatdir! Albatta, Alloh nima amal qilayotganlaringizdan xabardordir», deb ayt.

:54

Sen: «Allohga itoat qilinglar, Paygambarga itoat qilinglar. Bas, agar yuz ogirib ketsangiz, u(Paygambar)ga oziga yuklatilgan narsa, sizga ozingizga yuklatilgan narsa. Agar unga itoat qilsangiz, hidoyat topursiz. Paygambarning zimmasida ochiq-oydin yetkazishdan boshqa narsa yo`q», deb ayt.

:55

Alloh sizlardan iymon keltirib, solih amallarni qilganlarga ularni yer yuzida xuddi ulardan oldin otganlarni xalifa qilganidek xalifa qilishni, ular uchun Ozi rozi bolgan dinni mustahkamlashni va ularning xavf-xatarlaridan song omonlikni badal qilib berishni va'da qildi. Mengagina ibodat qilurlar va Menga hech narsani shirk keltirmaslar. Shundan keyin ham kim kufr keltirsa, bas, ana oshalar, ozlari fosiqlardir.

:56

Namozni tokis ado etinglar, zakot beringlar va Paygambarga itoat qilinglar. Shoyadki, rahim qilinsangiz.

:57

Sen kufr keltirganlarni yer yuzida qochib qutula olguvchilardir, deb hisoblama! Ularning joyi do`zaxdir. U naqadar yomon borar joydir!

:58

Ey, iymon keltirganlar! Qolingizda mulk bolganlar va ozingizdan balogatga yetmaganlar sizdan uch vaqtda izn sorasinlar: bomdod namozidan oldin, peshinda kiyimlaringizni yechadigan paytingizda va xufton namozidan song. (Ushbu) uch vaqt siz uchun avratdir. Ulardan keyin sizga ham, ularga ham gunoh yoq. Ular sizning atrofingizda, bir-biringizga aylanib turuvchidirsiz. Alloh sizlarga oyatlarni ana shunday bayon qilur. Alloh ota bilguvchi, o`ta hikmatli Zotdir.

:59

Qachon sizning yosh bolalaringiz balogatga yetsalar, ulardan oldingilar izn soraganidek, izn sorasinlar. Alloh Oz oyatlarini sizga ana shunday bayon qilur. Alloh ota bilguvchi, ota hikmatli Zotdir.

:60

Ayollardan (keksayib) otirib qolganlari, nikohni umid qilmaydiganlariga ziynatlarini koz-koz qilmagan holda kiyimlarini qoyishlarida gunoh yoqdir. Iffat talabida bolsalar, ozlari uchun yaxshidir. Alloh ota eshitguvchi, o`ta bilguvchi Zotdir.

:61

Kozi ojizga gunoh — tanglik yoqdir. Va, choloqqa gunoh — tanglik yoqdir. Va, bemorga gunoh — tanglik yoqdir. Va, Sizning ozingizga ham oz uyingizdan, yo otalaringizning uylaridan, yo onalaringizning uylaridan, yo aka-ukalaringizning uylaridan, yo opa-singillaringizning uylaridan, yo amakilaringizning uylaridan, yo ammalaringizning uylaridan, yo togalaringizning uylaridan, yo xolalaringizning uylaridan, yo siz kalitiga molik bolgan yoki dostingiz (uyidan) yemoqligingizda (tanglik) yoqdir. Sizlarga jamlangan yoki tarqoq holda yemoqlikda ham gunoh — tanglik yoqdir. Uylarga kirgan chogingizda ozlaringizga Allohdan bo`lgan pokiza va muborak tabrik ila salom beringlar. Alloh sizlarga oyatlarni ana shunday bayon qilur. Shoyadki, aql yuritsangiz.

:62

Albatta, mominlar Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirgan kishilardir. Ular u(Paygambar) bilan birga jamlovchi (muhim) ishda bolsalar, undan izn soramasdan turib ketib qolmaslar. Albatta, sendan izn soraydiganlar, ana oshalar Allohga va Uning Rasuliga iymon keltiradiganlardir. Ular ba'zi ishlari uchun sendan izn sorasalar, ulardan kimga xohlasang, izn ber va ular uchun Allohga istigfor ayt. Albatta, Alloh ota magfiratli, o`ta rahimli Zotdir.

:63

Paygambarning orangizdagi da'vatini bir-biringizning da'vatingizga oxshatmang. Batahqiq, sizlardan panalab, asta-asta sugurilib chiqib ketadiganlarni Alloh yaxshi bilur. Uning ishiga xilof qiladiganlar ozlariga fitna yetishi yoki alamli azob yetishidan hazir bo`lsinlar.

:64

Ogoh bolinglar! Albatta, osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. U zot sizning qay holatda ekaningizni yaxshi bilur. Uning Oziga qaytariladigan kunda esa, qilgan amallari haqida ularga xabar berur. Alloh har bir narsani o`ta bilguvchi Zotdir.