23 - The Believers - Al-Mu'minūn
Batahqiq, mo`minlar najot topdilar.
Ular namozlarida xushu' qiluvchilardir.
Ular behuda narsalardan yuz o`girguvchilardir.
Ular zakotni ado qilguvchilardir.
Ular farjlarini saqlovchilardir.
Magar oz jufti halollari va qo
llarida mulk bo`lganlardan (saqlamasalar), albatta, ular malomat qilinguvchi emaslar.
Kim ana shundan boshqani talab qilsa, bas, ana o`shalar tajovuzkorlardir.
Ular omonatlariga va ahdlariga rioya qilguvchilardir.
Ular namozlarini muhofaza qilguvchilardir.
Ana oshalar voris bo
lguvchilardir.
Ular Firdavs (jannati)ni meros olurlar, ular unda abadiy qolguvchilardir.
Qasamki, batahqiq, insonni loy sulolasidan yaratdik.
So`ngra uni mustahkam qarorgohda nutfa qildik.
Songra nutfadan alaqa yaratdik, alaqadan chaynalgan go
sht yaratdik, chaynalgan parcha goshtdan suyak yaratdik, bas, suyakka go
sht qopladik, so`ngra uni boshqa bir jonzot etib paydo qildik. Bas, yaratguvchilarning eng yaxshisi Alloh barakotli va buyukdir.
Songra, albatta, sizlar bundan keyin o
lguvchilardirsiz.
So`ngra, albatta, sizlar qiyomat kuni qayta tiriltirilursiz.
Batahqiq, Biz ustingizda yetti yolni yaratdik. Biz maxluqotdan g
ofil bo`lgan emasmiz.
Biz osmondan o`lchov ila suv tushirib, uni yerga joylashtirdik. Albatta, Biz uni ketkazishga ham qodirdirmiz.
Va u (suv) ila siz uchun xurmo va uzum boglari paydo qildik, sizga u(bog
)larda kop mevalar bo
lib, ulardan yersizlar.
Va Turi Siynodan chiqadigan bir daraxtni (paydo qildikki), u yog va yeguvchilarga nonxurish ila o
sur.
Albatta, siz uchun chorva hayvonlarida ibrat bordir. Biz sizni ularning qorinlaridagi narsa ila sugorurmiz va siz uchun ularda ko
pgina manfaatlar bor va ulardan yersizlar.
Va ularga va kemalarga yuklanursiz.
Batahqiq, Biz Nuhni qavmiga yubordik. Bas, u: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Siz uchun undan ozga hech bir iloh yo
qdir. Nahotki qo`rqmasangiz?!» dedi.
Bas, uning qavmidan kufr keltirgan zodagonlari: «Bu, sizga oxshash bashar, xolos, sizdan afzal bo
lib olmoqchi. Agar Alloh xohlasa, farishtalarni tushirar edi. Avvalgi ota-bobolarimizda buni eshitgan emasmiz.
U faqat bir jinni odam, xolos. Bas, uni bir oz muddat poylab turing», dedilar.
U: «Ey Robbim, meni yolg`onchi qilganlarga qarshi menga nusrat ber», dedi.
Bas, Biz unga: «Bizning koz o
ngimizda va vahiyimiz ila kema yasa. Bas, Bizning amrimiz kelib, tannur favvora bolganda, u(kema)ga har bir turdan bir juftdan va ahlingni chiqar, magar kimning ziddiga oldin so
zimiz otgan bo
lsa (chiqarma). Zulm qilganlar haqida Menga xitob qilma. Albatta, ular g`arq qilinguvchilardir.
Bas, sen ozing bilan birga bo
lganlar ila kemaga joylashib olgach: «Bizni zolim qavmlardan qutqargan Allohga hamdlar bo`lsin», degin.
Va: «Ey Robbim, meni muborak manzilga tushirgin, Sen O`zing manzilga tushirguvchilarning eng yaxshisisan», degin», dedik.
Albatta, bunda oyat-ibratlar bordir. Albatta, Biz sinovchi bo`lgan edik.
So`ngra ulardan keyin boshqa avlodlarni paydo qildik.
Bas, ularning ichiga ozlaridan bo
lgan Paygambarni: «Allohga ibodat qiling. Siz uchun undan o
zga iloh yoqdir, nahotki, qo
rqmasangiz», deb yubordik.
Uning qavmidan kufr keltirgan, oxiratga robaro
bolishini yolg
onga chiqargan va Biz ularni hayoti dunyoda maishatparast qilib qoygan zodagonlari: «Bu, sizga o
xshagan bashar, xolos. Siz yegan narsadan yeydir, siz ichgan narsadan ichadir.
Agar ozingizga o
xshagan basharga itoat qilsangiz, unda, albatta, siz ziyonkorlardandirsiz.
U sizga, olsangiz, tuproq va suyak bo
lsangiz ham, albatta, chiqarilguvchi bo`lishingizni va'da qilmoqdami?!
Hayhot! Hayhot! Sizga va'da qilingan narsa naqadar uzoq!
Shu dunyodagi hayotimizdan boshqa hayot yoqdir. O
lamiz, tirilamiz va biz qayta tirilguvchi emasmiz.
U faqat Allohga nisbatan yolg`on uydirgan odam, xolos. Biz unga iymon keltirguvchi emasmiz», dedilar.
U: «Ey Robbim, meni yolg`onchi qilganlarga qarshi menga nusrat ber», dedi.
U zot: «Ozginadan song ular nadomat chekuvchi bo
lurlar», dedi.
Bas, ularni haq ila qichqiriq oldi. Bas, Biz ularni xasu chopga aylantirdik. Daf' bo
lsin zolim qavmlar!
So`ngra ulardan keyin boshqa asr avlodlarini paydo qildik.
Hech bir ummat o`z ajalidan oldin ham ketmas, ortda ham qolmas.
Songra Payg
ambarlarimizni ketma-ket yubordik. Har qachon bir ummatga oz Payg
ambari kelsa, uni yolgonchi qildilar. Bas, Biz ham ularni ba'zilari ortidan ba'zilarini (halokatga) ergashtiraverdik va ularni gapu so
zga aylantirdik. Bas, daf' bo`lsin iymon keltirmaydigan qavmlar!
So`ngra Biz Muso va birodari Horunni oyatlarimiz va ochiq hujjat ila.
Fir'avn va uning a'yonlariga yubordik. Bas, ular mutakabbirlik qildilar va ozini yuqori qo
ygan qavm bo`ldilar.
Bas, ular: «Ozimizga o
xshagan ikki basharga iymon keltiramizmi?! Holbuki, ularning qavmi bizga qullik qilguvchi bo`lib turibdi-ku?!» dedilar.
Bas, ikkovlarini yolgonchi qildilar va halok qilinganlardan bo
ldilar.
Batahqiq, Biz, shoyadki, hidoyat topsalar deb, Musoga Kitobni bergan edik.
Ibn Maryamni va uning onasini oyat-alomat qildik va ikkovlarini oqar suvli qarorgoh tepalikka joyladik.
Ey Paygambarlar! Pok narsalardan yenglar va solih amallar qilinglar. Albatta, Men nima amal qilayotganingizni o
ta bilguvchiman.
Albatta, sizning bu ummatingiz yagona ummatdir. Men esa, Robbingizman. Bas, Menga taqvo qiling.
Bas, ular ishlarini oz oralarida pora-pora qilib bo
lib yubordilar. Har firqa o`z huzurlaridagi narsa ila xursanddirlar.
Bas, sen ularni gaflatlarida bir muddat qo
yib qo`y.
Ular Bizning o`zlariga molu dunyo va farzandlar ila madad berayotganimizni.
Ularga yaxshiliklarni tezlatishimiz, deb hisoblaydilarmi? Yo`q! Ular sezmaslar.
Albatta, Robbilaridan qo`rqib xavfda turuvchilar.
Va Robbilari oyatlariga iymon keltiradiganlar.
Va Robbilariga shirk keltirmaydiganlar.
Va beradigan narsalarini albatta Robbilariga qaytguvchi ekanliklaridan qalblari titragan holda beradiganlar.
Ana oshalar yaxshiliklarga shoshilurlar va ular o
sha (yaxshilik)lar uchun musobaqa qilurlar.
Biz hech bir jonga toqatidan tashqari taklif qilmasmiz. Huzurimizda kitob bor. U haqni so`zlaydir. Ularga zulm qilinmas.
Yoq! Ularning qalblari bundan g
aflatdadir. Ularning bundan boshqa amallari bordir. Ular o`shalarni qilguvchilardir.
Toki ularning maishatparastlarini azob ila tutganimizda, birdan faryod solurlar.
«Endi, bugun faryod solmang! Albatta, Biz tomonimizdan sizga nusrat qilinmas.
Batahqiq, Mening oyatlarim sizga tilovat qilinar edi. Siz esa, ortingizga qochar edingiz.
U bilan kibrlanar, tungi suhbatingizda behuda so`zlar aytar edingiz», deymiz.
Nahotki ular bu sozni tadabbur qilib ko
rmadilar? Yoki ularga avvalgi ota-bobolariga kelmagan narsa kelibdimi?
Yoki oz Payg
ambarlarini tanimasdan ular unga inkor qilguvchi bo`lmoqdalarmi?
Yoki, unda jinnilik bor, derlarmi? Yoq! U ularga haq ila keldi. Ularning ko
plari esa, haqni yomon ko`rguvchidirlar.
Agar haq ularning havoyi nafslariga ergashsa, albatta, osmonlaru yer va ulardagi kimsalar fasodga uchrar edi. Yoq! Biz ularga o
z sharaflarini keltirdik. Ular esa, sharaflaridan yuz o`girmoqdalar.
Yoki sen ulardan xaroj so`rayapsanmi?! Bas, Robbingning xaroji yaxshiroqdir. U zot eng yaxshi rizq berguvchidir.
Albatta, sen ularni tog
ri yo`lga chaqirasan.
Albatta, oxiratga iymon keltirmaydiganlar bu yo`ldan ozguvchidirlar.
Agar ularga rahim qilib, ularga yetgan zararni kushoyish qilsak ham, tugyonlarida bardavom bo
lib, adashib-uloqib yuraveradilar.
Batahqiq, Biz ularni azob ila tutdik, bas, ular Robbilariga bo`yin ham egmadilar, tazarru' ham qilmadilar.
Toki qachon ularga shiddatli azob eshigini ochganimizda, tosatdan noumid bo
lguvchilardir.
U zot sizga quloqni, ko`zlaru qalblarni paydo qilgan zot. Naqadar oz shukr qilursiz!
U zot sizlarni yer yuzida yaratib, taratgandir. Va Ungagina to`planursizlar.
U zot tiriltirur va o`ldirur. Kechayu kunduzning almashinishi ham Unga oid. Nahotki aql yuritmasangiz?
Yoq! Ular avvalgilar aytgan narsaga o
xshash narsani aytdilar.
Ular: «Biz olib, tuproq va suyak bo
lganimizdan keyin ham-a? Biz, albatta, qayta tiriltiriluvchimizmi-a?
Batahqiq, bizga ham, bundan oldin ota-bobolarimizga ham bu va'da qilingan edi. Bu avvalgilarning afsonasidan boshqa narsa emas», dedilar.
Sen: «Agar bilsangiz, yer va undagi kimsalar kimnikidir?» deb ayt.
Ular: «Allohnikidir», derlar. Sen: «Nahotki eslatma olmasangiz?!» degin.
Sen: «Etti osmonning Robbi kim? Ulug` arshning Robbi kim?» deb ayt.
Ular: «Allohnikidir», derlar. Sen: «Nahotki qo`rqmasangiz?!» deb ayt.
Sen: «Agar bilsangiz (ayting-chi), har bir narsaning mulki qolida bo
lgan, O`zi himoya qiladigan va Undan himoya qilinmaydigan zot kim?!» deb ayt.
Ular: «Allohnikidir», derlar. Sen: «Qandoq ham sehrlanmoqdasiz-a?!» deb ayt.
Yoq! Biz ularga haqni keltirdik. Ular esa yolg
onchilardir.
Alloh hech bir farzand tutmagan, U bilan birga hech bir iloh bolmagan. Shundoq bo
lganida, har bir iloh ozi yaratgan narsasi bilan ketib, ba'zilari ba'zilaridan ustun kelar edi. Alloh ular qilayotgan vasfdan pok bo
ldi.
U zot g`aybni va hozirni bilguvchidir. U zot ular shirk keltirayotgan narsadan oliydir.
Sen: «Ey Robbim, agar menga ularga va'da qilingan narsani korsatadigan bo
lsang...
Ey Robbim, meni zolim qavmlar ichida qilmagin», deb ayt.
Albatta, Biz ularga va'da qilayotgan narsamizni senga ko`rsatishga qodirmiz.
Sen esa, yomonlikni go`zal narsa ila daf' qil. Biz nima vasf qilayotganlarini yaxshi bilguvchimiz.
Sen: «Ey Robbim, Sendan shaytonlarning vasvasasidan panoh so`rayman!
Ey Robbim, Sendan ularning menga hozir bolishlaridan panoh so
rayman», deb ayt.
Toki ulardan biriga olim kelgan chog
da: «Ey Robbim, meni qaytargin.
Shoyadki, tark qilgan narsamda solih amal qilsam», der. Yoq! Albatta, bu (quruq) so
z bolib, u aytguvchi, xolos. Ularning ortida qayta tiriladigan kunlarigacha to
siq bordir.
Bas, qachonki surga puflanganda, u kunda oralarida na nasab qolur va na bir-birlarini surishtirurlar.
Kimning mezonlari ogir kelsa, bas, ana o
shalar o`zlari najot topguvchilardir.
Kimning mezoni yengil kelsa, bas, ana oshalar o
zlariga ziyon qilibdilar. Jahannamda abadiy qolguvchi bo`libdilar.
Yuzlarini olov kuydirur. Ular unda badbashara holda bo`lurlar.
Sizlarga oyatlarim tilovat qilingan emasmidi?! Bas, siz ularni yolg`onga chiqargan emasmidingiz?!
Ular: «Ey Robbimiz, badbaxtligimiz ozimizdan ustun kelib, zalolatga ketgan qavm bo
lgan ekanmiz.
Ey Robbimiz, bizni bundan chiqargin, agar yana (eski holimizga) qaytsak, bas, albatta, zolimlardan bo`lurmiz», derlar.
U zot: «U(er)da xor bo`lib qolavering va Menga gapirmang!
Aniqki, Mening bandalarimdan bir guruhi: «Ey Robbimiz, biz iymon keltirdik. Bizni magfirat qilgin. Bizga rahim qilgin. Sening O
zing rahim qilguvchilarning yaxshisisan», degan edilar.
Bas, siz ularni masxara qildingiz. Hattoki, u(ish) sizga Mening zikrimni unuttirdi. Siz ulardan kular edingiz.
Albatta, Men bugun ularni sabr qilganlari uchun mukofotladim. Albatta, ular o`zlari yutuqqa erishguvchilardir.
U zot: «Er yuzida necha adad yil qoldingiz?» dedi.
Ular: «Bir kun yoki kunning ba'zisicha qoldik. Hisoblovchilardan so`ra», dedilar.
U zot: «Agar bilsangiz, juda oz qoldingiz, xolos», dedi.
Nahotki, Bizning sizni yaratishimiz behuda bo`lgan va siz Bizga qaytarilmassiz, deb hisoblasangiz?!
Bas, haq podshoh Alloh yuksakdir. Hech bir iloh yo`q. Magar U — karamli arshning Robbi bor.
Kim Alloh bilan birga boshqa ilohga iltijo qilsa, bu xususda hech bir dalili yo`qdir. Bas, uning hisobi faqat Robbining huzuridadir. Albatta, kofirlar najot topmaslar.
Sen: «Ey Robbim, magfirat qil, rahim qil. O
zing rahim qilguvchilarning yaxshisisan», deb ayt.