Barcha Islom kutubxonasi

22 - The Pilgrimage - Al-Ĥajj

:1

Ey odamlar! Robbingizdan qo`rqing! Albatta, soat (qiyomat) zilzilasi ulkan narsadir.

:2

Uni koradigan kuningizda, har bir emizuvchi ozi emizayotgan narsasini unutar. Har bir homilador homilasini tashlar. Odamlarni mast holda ko`rarsan. Holbuki, ular mast emas. Lekin Allohning azobi shiddatlidir.

:3

Odamlardan Alloh haqida bilmasdan tortishganlari va bebosh shaytonga ergashganlari ham bor.

:4

Unga bitilganki, albatta, unga kim dost bolsa, shubhasiz, uni adashtirur va do`zax azobiga «hidoyat» qilur.

:5

Ey, odamlar! Agar qayta tirilish haqida shubha qiladigan bolsangiz, bas, Biz sizga bayon qilishimiz uchun sizlarni tuproqdan, songra nutfadan, songra alaqadan, songra bitgan-bitmagan bir chaynam goshtdan yaratdik. Va bachadonlarda xohlagan narsamizni ma'lum muddatgacha qaror toptirarmiz. Keyin sizlarni buvak holingizda chiqararmiz. Songra, voyaga yetishingiz uchun (tarbiya qilarmiz). Sizdan vafot qilib ketadiganlar ham, bilganidan keyin hech narsani bilmay qoladigan darajada nochor umrga yetadiganlar ham bor. Va yerni qaqragan holda korarsan. Qachonki, Biz unga suv tushirsak, u seskanadir va kopchiydir. Hamda har xil gozal juftlarni ostiradir.

:6

Bu(holat)lar korsatadiki, albatta, Alloh haq Zotdir va, albatta, U oliklarni tiriltiradi hamda U har bir narsaga qodirdir.

:7

Va, albatta, soat (qiyomat) kelguvchidir, bunga shubha yo`q. Va, albatta, Alloh qabrlardagi kimsalarni tiriltirur.

:8

Odamlardan Alloh haqida ilmsiz (holda), hidoyatga yoki nurli kitobga ega bo`lmasdan turib tortishadiganlari bor.

:9

Allohning yolidan adashtirish uchun, boynini bulqab (tortishar). Unga dunyoda rasvolik bor. Qiyomat kuni unga kuydirish azobini tottiramiz.

:10

Bunday bolishi oz qo`llaring taqdim qilgan narsalardandir. Albatta, Alloh bandalarga zulm qilguvchi emasdir.

:11

Odamlardan Allohga bir tomonlama ibodat qiladiganlari ham bor. Agar unga yaxshilik yetsa, kongli tolur. Agar unga balo yetsa, yuz ogirib ketur. U, dunyoda ham, oxiratda ham ziyon korur. Ana o`sha ochiq-oydin ziyondir.

:12

U, Allohni qoyib, oziga zarar ham bermaydigan, manfaat ham bermaydigan narsaga iltijo qiladir. Shuning o`zi qattiq adashishdir.

:13

U, manfaatidan kora zarari yaqinroq bolganga iltijo qiladir. U qanday ham yomon xoja va qanday ham yomon do`stdir!

:14

Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni Alloh ostilaridan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritadir. Albatta, Alloh O`zi iroda etgan narsani qiladir.

:15

Kimki unga bu dunyoyu oxiratda Alloh nusrat berishiga shubha qilsa, bir vosita topib, osmonga osilsin, songra uni kessin. Bas, nazar solsin-chi, uning bu hiylasi gam-g`ussani ketkizarmikan?!

:16

Mana shunday qilib, Biz u(Qur'on)ni ochiq-oydin oyatlar holida nozil qildik. Albatta, Alloh xohlagan kishilarni hidoyat qiladir.

:17

Albatta, Alloh qiyomat kuni iymon keltirganlar, yahudiy bolganlar, sobiiylar, nasorolar, majusiylar va shirk keltirganlar orasida Ozi ajrim qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga shohiddir.

:18

Osmonlardagi kimsalar, yerdagi kimsalar, quyosh, oy, yulduzlar, toglar, daraxtlar, jonivorlar va odamlardan koplari, albatta, Allohga sajda qilishini kormaysanmi? Koplariga esa, azob haq boldi. Kimni Alloh xor qilsa, uni ikrom qilguvchi bolmas. Albatta, Alloh xohlagan narsasini qiladir.

:19

Mana bu ikki ganim Robbilari haqida talashgan edilar. Bas, kufr keltirganlarga olovdan kiyim bichildi. Boshlari ustidan ota qaynoq suv quyilar.

:20

U bilan qorinlaridagi narsalar va terilari eritilur.

:21

Ular uchun temir gurzilar bor.

:22

Ular har qachon undagi gamdan chiqmoqchi bolsalar, unga qaytarilurlar va «Yonish azobini toting!» deyilur.

:23

Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni Alloh ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Ular u yerda oltin bilakuzuklar va injular ila bezanurlar. U yerdagi liboslari esa, ipakdandir.

:24

Ular shirin sozga hidoyat qilinurlar va maqtalgan Zotning yoliga hidoyat qilinurlar.

:25

Kufr keltirganlar va Allohning yolidan hamda yerli va chetdan kelgan odamlar uchun barobar qilib qoyganimiz Masjidul Haromdan tosganlarga va u yerda kim zulm ila yanglish yolga burilishni iroda qilsa, unga alamli azobni tottirurmiz.

:26

Biz Ibrohimga Baytning joyini belgilab berib: «Menga hech narsani sherik qilma, Baytimni tavof qilguvchilar, (ibodatda) qoim turguvchilar hamda ruku', sujud qilguvchilar uchun poklagin.

:27

Odamlarni hajga chaqir, ular sen tomon piyoda, uzoq-uzoq yo`llardan yurib, ozigan ulovlar ustida kelsinlar.

:28

Va ozlariga boladigan manfaatlarga shohid bolsinlar. Ma'lum kunlarda ularga rizq qilib bergan chorva hayvonlarini (soyishda) Allohning ismini zikr qilsinlar. Bas, ulardan yenglar va bechora va faqirlarga ham yegizinglar.

:29

Songra ozlaridagi kirlarni ketkazsinlar, nazrlariga vafo qilsinlar va «qadimgi uy»ni tavof qilsinlar», deganimizni esla.

:30

Ana shunday. Kim Alloh harom qilgan narsalarga rioya qilsa, bas, bu Robbi huzurida uning ozi uchun yaxshidir. Va sizlarga (kelajakda) tilovat qilinadiganlardan boshqa chorva hayvonlari halol qilindi. Bas, butlardan iborat najosatdan yiroq boling va yolgon sozdan yiroq bo`ling.

:31

Allohga bolgan iymondan ogmang, unga shirk keltirguvchi bolmang. Kim Allohga shirk keltirsa, bas, u goyoki osmondan qulab tushgan-u, uni yirtqich qush olib qochgan yoki uni shamol uzoq yerga uchirib ketgan kabidir.

:32

Ish bundoq. Kim Allohning nishonlarini ulug`lasa, bas, albatta, bu, qalblarning taqvosidandir.

:33

Sizga u(nishon)larda ma'lum vaqtgacha manfaatlar bordir. Songra ularni (soyish) halol makoni «qadimgi uy» (atrofi)dadir.

:34

Har bir ummatga, ularga chorva hayvonlarini rizq qilib bergan Allohning ismini eslashlari uchun, qurbonlik qilishni joriy etganmiz. Bas, ilohlaringiz bir ilohdir. Bas, Ungagina musulmon bo`ling. Itoatli, mutavoze'larga bashorat ber.

:35

Ular Alloh zikr qilingan vaqtda qalblari titraydigan va ozlariga yetgan musiybatga sabr qilguvchilar hamda namozni tokis ado etguvchilardir, ularga rizq qilib bergan narsamizdan infoq qiladilar.

:36

Va tuyalarni siz uchun Allohning nishonlaridan qildik. Ularda sizga yaxshilik bor. Ularga old oyoqlaridan biri bogliq turgan holida Allohning nomini zikr qiling. Yonlari yerga tekkanida esa, bas, ulardan yeng va qanoatli va tilangan kambagallarni ham taomlantiring. Shunday qilib, Biz ularni sizga boyinsundirib qoydik. Shoyadki, shukr qilsangiz.

:37

Ularning goshtlari ham, qonlari ham zinhor Allohga yetmas. Lekin Unga sizdan taqvo yetadir. Shunday qilib, sizni hidoyat qilgani evaziga Allohga takbir aytishingiz uchun ularni sizga boyinsundirib qo`ydi. Yaxshilik qilguvchilarga bashorat ber.

:38

Albatta, Alloh iymon keltirganlarni mudofaa qilur. Albatta, Alloh barcha xoin va kofirlarni xush ko`rmas.

:39

O`zlariga qarshi urush ochganlarga, ularga zulm qilingani uchun, (urushga) izn berildi. Albatta, Alloh ularga nusrat berishga qodirdir.

:40

Ular nohaqdan, faqatgina «Robbimiz Alloh» deganlari uchun oz diyorlaridan chiqarilgandirlar. Agar Alloh odamlarning ba'zilarini ba'zilari bilan daf' qilib turmasa, uzlatgohlar, kanisalar, havralar va Allohning nomi koplab zikr qilinadigan masjidlar vayron qilingan bolur edi. Albatta, Alloh Oziga yordam berganlarga yordam berur. Albatta, Alloh kuchli va g`olibdir.

:41

Ularga yer yuzida imkon bersak, namozni to`kis ado eturlar, zakotni berurlar, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarurlar. Ishlarning oqibati Allohga oiddir.

:42

Agar seni yolgonchi qilayotgan bolsalar, bas, bulardan oldin Nuh qavmi, Od va Samud ham yolg`onchi qilgan edilar.

:43

Ibrohim qavmi, Lut qavmi.

:44

Madyan egalari ham. Va Muso ham yolgonchi qilindi. Men kofirlarga bir oz muhlat berdim, songra ularni tutdim. Bas, Mening inkorim qandoq bo`ldi?!

:45

Qanchadan-qancha shahar-qishloqlarni zulm qilguvchi bo`lgan holida halok etdik. Bas, ular (hozirda) shiftlari qulagan, tashlandiq quduq, (huvillagan) yuksak qasr (holidadir).

:46

Axir, yer yuzida aylanib yurmaydilarmi, toki qalblar ila aql yuritsalar, quloqlari ila eshitsalar. Zero, kozlar kor bolmas, siynalardagi qalblar kor bo`lur.

:47

Ular sendan azobning tezroq kelishini so`rarlar. Holbuki, Alloh va'dasiga xilof qilmas. Darhaqiqat, Robbing huzuridagi bir kun siz sanaydigan ming yildekdir.

:48

Qanchadan-qancha shahar-qishloqlarga zulm qilguvchi bolgan holida ham muhlat berdim. Songra ularni (azobga) tutdim. Qaytish faqat Mengaginadir.

:49

Sen: «Ey odamlar! Men sizlar uchun faqat bir ochiq ogohlantirguvchiman, xolos», deb ayt.

:50

Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarga mag`firat va ikromli rizq bordir.

:51

Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirmoqchi bolib, sa'yi-harakat qilganlar, ana oshalar jahiym egalaridir.

:52

Biz sendan ilgari hech bir Rasul va Nabiy yubormadikki, u bir narsani tamanniy qilganida, shayton uning tamanniysiga (shubha) tashlamagan bolsa. Bas, Alloh shayton tashlaydigan narsani ketkazur. Songra, Alloh Oz oyatlarini mustahkam qilur. Alloh ota bilguvchi va hikmatli Zotdir.

:53

Shayton tashlaydigan narsa qalblarida kasali borlarga va qalblari toshlarga fitna bo`lishi uchundir. Albatta, zolimlar (haqdan) uzoq tortishuvdadirlar.

:54

Ilm berilganlar u(Qur'on) Robbingdan kelgan haq ekanini bilishlari, unga iymon keltirishlari va qalblari unga boglanib, taskin topishi uchundir. Albatta, Alloh iymon keltirganlarni togri yolga hidoyat qilguvchidir.

:55

Kufr keltirganlar ularga soat (qiyomat) tosatdan kelgunicha yoki qisir Kun azobi kelgunicha u(Qur'on)dan shubhada bolishda davom etadilar.

:56

O`sha kunda hukmronlik Allohgagina xosdir. U ular orasida hukm qilur. Bas, iymon keltirganlar va yaxshi amal qilganlar nozu ne'mat jannatlaridadirlar.

:57

Kufr keltirgan va oyatlarimizni yolgonga chiqarganlar esa, bas, ana oshalarga xorlovchi azob bordir.

:58

Alloh yolida hijrat qilganlar, songra oldirilib yoki vafot etganlarni, albatta, Alloh gozal rizq ila rizqlantirur. Albatta, Alloh rizq berguvchilarning eng yaxshisidir.

:59

Albatta, U zot ularni ozlari rozi boladigan joyga kiritur. Albatta, Alloh o`ta bilguvchi va haliym Zotdir.

:60

Ish bundoq. Kim oziga iqob qilinganiga oxshash iqob qilsa-yu, songra unga yana zoravonlik qilinsa, Alloh, albatta, unga nusrat berur. Albatta, Alloh afvli va mag`firatli Zotdir.

:61

Chunki, Alloh, albatta, kechani kunduzga kiritur va kunduzni kechaga kiritur. Albatta, Alloh ota eshitguvchi va ota ko`rguvchi Zotdir.

:62

Chunki, Allohning O`zigina haqdir, Undan boshqa topinayotganlari esa, botildir. Albatta, Alloh yuksak va buyukdir.

:63

Alloh osmondan suv tushirganida, yerning yam-yashil bolishini kormadingmi?! Albatta, Alloh o`ta lutfli va xabardor Zotdir.

:64

Osmonlaru yerdagi narsalar Unikidir. Albatta, Alloh, Uning O`zigina behojat va maqtalgan Zotdir.

:65

Alloh yerdagi narsalarni, dengizda Oz izni ila yuradigan kemani sizlarga boysundirib qoyganini hamda osmonni iznisiz yerga tushishdan tutib turishini kormadingizmi?! Albatta, Alloh odamlarga shafqatli va mehribondir.

:66

Sizlarni tiriltirgan, keyin oldiradigan, songra (qayta) tiriltiradigan ham Uning Ozidir. Albatta, inson ota noshukrdir.

:67

Biz har bir ummatga shariat berganmiz. Ular o`shanga amal qilguvchilardir. Bas, bu ishda hargiz sen ila nizo qilmasinlar. Robbingga da'vat qil. Albatta, sen mustaqiym hidoyatdasan.

:68

Agar ular sen bilan tortishsalar: «Alloh nima qilayotganingizni bilguvchidir.

:69

Alloh qiyomat kuni siz ixtilof qilgan narsa bo`yicha orangizda hukm qiladir», deb ayt.

:70

Alloh, albatta, osmonu yerdagi narsani bilishini, ana o`sha, albatta, kitobda ekanini va, albatta, u narsa Allohga oson ekanini bilmaysanmi?!

:71

Ular Allohni qoyib, U zot u haqida biron hujjat tushirmagan, ozlarida u haqda ilm bolmagan narsaga ibodat qilurlar. Zolimlarga hech bir nusrat berguvchi yoqdir.

:72

Ularga ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinayotganida, kufr keltirganlarning yuzlarida inkorni korursan. Ular ozlariga oyatlarimizni tilovat qilib berayotganlarga chang solishlariga oz qolurlar. Sen ularga: «Buningizdan ham yomonroq narsaning xabarini beraymi? U do`zaxdir. Alloh uni kufr keltirganlarga va'da qilgandir. Va u naqadar yomon qaytish joyidir», degin.

:73

Ey odamlar! Bir masal aytilmish, bas, unga quloq soling! Albatta, sizlar Allohni qoyib, topinayotgan narsalaringiz, agar barchalari birlashsalar ham, bitta pashsha yarata olmaslar. Va agar pashsha ulardan biron narsani tortib olsa, undan oshani qutqarib ololmaslar. Talab qiluvchi ham, talab qilingan ham ojiz bo`ldi.

:74

Ular Allohning qadrini joyiga qo`ymadilar. Albatta, Alloh kuchli va aziyzdir.

:75

Alloh farishtalardan va odamlardan Paygambarlar tanlar. Albatta, Alloh ota eshitguvchi va ko`rguvchidir.

:76

U zot ularning oldilaridagi va ortlaridagi narsani bilur. Barcha ishlar yolg`iz Allohgagina qaytarilur.

:77

Ey, iymon keltirganlar, ruku', sajda qilinglar va Robbingizga ibodat qilinglar hamda yaxshilik qilinglar, shoyadki, najot topsangiz.

:78

Va Alloh (yolida) haq jihod qilingiz. U sizlarni tanlab oldi. Va sizga bu dinda hech tanglik qilmadi. Bu, otangiz Ibrohimning millati. U sizlarni bundan oldin va bu (Qur'on)da Paygambar sizlarga guvoh bolishi uchun, sizlar esa, odamlarga guvohlar bolishingiz uchun «musulmonlar» deb nomladi. Bas, namozni tokis ado etinglar, zakot beringlar va Allohga boglaninglar. U sizning xojangizdir. Bas, U zot qanday ham yaxshi xoja va qanday ham yaxshi nusrat berguvchidir.