Barcha Islom kutubxonasi

21 - The Prophets - Al-'Anbyā

:1

Odamlarga hisoblari yaqinlashib qoldi. Ular esa, gaflatda, yuz ogiruvchi bo`lgan hollarida.

:2

Qachon Robbilaridan yangi eslatma kelsa, uni faqat o`ynayotgan hollarida tinglarlar.

:3

Qalblari gofil bolib. Zulm qilganlar ozaro: «Bu ozimizga oxshagan bashardan ozga emas-ku. Ozingiz korib turib sehrga kelasizmi?» – deb pichirlasharlar.

:4

U: «Robbim osmonu yerdagi so`zni bilur. U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir», dedi.

:5

Ular: «Balki, algov-dalgov tushlardir, balki, ozi uydirib olgandir, balki, u shoirdir. Bas, bizga avvalgilarga yuborilganidek mo'jiza keltirsin», dedilar.

:6

Ulardan oldin biror shahar (aholisi) iymon keltirmadi. Biz ularni halok qildik. Endi ular iymon keltirarmidilar?!

:7

Biz sendan ilgari ham faqat er kishilarni Paygambar qilib yuborib, ularga vahiy qilganmiz, xolos. Agar bilmasangiz, zikr ahllaridan sorang.

:8

Biz ularni taom yemaydigan jasad qilganimiz yoq. Ular abadiy qolguvchi ham bolgan emaslar.

:9

Songra, ularga (bergan) va'damiz ustidan chiqdik. Bas, ularga hamda Ozimiz xohlaganlarga najot berdik va isrofchilarni halok qildik.

:10

Batahqiq, Biz sizga kitob nozil qildik. Unda sizning zikringiz bor. Aql ishlatmaysizlarmi?!

:11

Biz zolim bo`lgan shahar-qishloqlardan qanchasini (belini) sindirdik va ulardan keyin boshqa qavmlarni paydo etdik.

:12

Bizning azobimizni his qilganlarida esa, birdan u yerdan qochishga boshlarlar.

:13

Qochmanglar! maishatparastlik qilgan narsalaringizga, maskanlaringizga qaytinglar. Hali, ehtimol, so`ralursizlar.

:14

Ular: «Holimizga voy! Biz, albatta, zolim bo`lgan ekanmiz», dedilar.

:15

Ularning osha dod-voylari biz ularni orilgan otday, sovugan kulday qilgunimizcha bardavom boldi.

:16

Biz osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni oyin uchun yaratganimiz yoq.

:17

Agar Biz kongilxushi tutishni iroda qilsak, uni qiluvchi bolganimizda ham, O`z tomonimizdan tutar edik.

:18

Yoq, Biz haqni botil ustiga oturmiz. Bas, uni yakson qilur. Koribsanki, u (botil) zavolga uchrabdi. Sizlarga esa, qilgan vasflaringizdan halokat kelur.

:19

Osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar Unikidir. Uning huzuridagilar ibodatidan takabburlik qilmaslar va malol olmaslar.

:20

Ular kechayu kunduz tasbih aytarlar. Charchamaslar.

:21

Yoki ular yerdan xudolar tutdilar-u, o`shalar tiriltiradilarmi?

:22

Agar u(osmonlaru yer)larda Allohdan ozga xudolar bolganida, buzilib ketar edilar. Arshning Robbi Alloh ular vasf qilgan narsadan pokdir.

:23

U qilgan narsasidan soralmas. Holbuki, ular soralurlar.

:24

Yoki Undan ozga xudolar tutdilarmi? Sen: «Hujjatlaringizni keltiring. Mana bu men bilan birgalarning zikridir va mendan oldingilarning zikridir», degin. Yoq, ularning koplari haqni bilmaslar. Bas, ular yuz ogirguvchilardir.

:25

Sendan ilgari yuborgan har bir Paygambarga: «Albatta, Mendan ozga ibodatga sazovor iloh yo`q. Bas, Menga ibodat qiling», deb vahiy qilganmiz.

:26

Ular: «Rohman farzand tutdi», dedilar. U pokdir. Yo`q! Ikrom etilgan bandalardirlar.

:27

Ular Undan oldin so`z aytmaslar. Ular Uning amri ila amal qilurlar.

:28

U zot ularning oldilaridagi narsani ham, ortlaridagi narsani ham bilur. Ular faqat U zot rozi bolgan shaxslargagina shafoat qilurlar. Ular U zotning qorqinchidan titragan holda tururlar.

:29

Ulardan kim: «Men Undan ozga ilohman», desa, bas, oshani jahannam ila jazolarmiz. Zolimlarni shunday jazolarmiz.

:30

Kufr keltirganlar osmonlaru yer bitishgan bo`lgan ekanini, bas, Biz ularni ochganimizni va suvdan har bir tirik narsani qilganimizni bilmaslarmi? Iymon keltirmaslarmi?

:31

Biz yerda ularning tebranmasliklari uchun toglar qildik va shoyadki, togri yol topsalar, deb unda daralar, yo`llar qildik.

:32

Va osmonni saqlangan shift qilib qoydik. Ular esa, Uning alomatlaridan yuz ogirguvchi bo`lmoqdalar.

:33

U kechayu kunduzni, quyoshu oyni yaratgan Zotdir. Hammasi falakda suzmoqdalar.

:34

Sendan oldin ham biror basharga abadiylikni qilganimiz yoq. Agar sen olsang, ular abadiy qolar ekanlarmi?

:35

Har bir jon olimni tatib korguvchidir. Biz sizlarni yomonlik va yaxshilik ila imtihon uchun sinaymiz hamda Bizgagina qaytarilursiz.

:36

Kufr keltirganlar seni korganlarida, masxara qilib: «Xudolaringizni zikr qilayotgan shumi?!» deyishdan boshqani bilmaslar. Holbuki, ular Rohmanning zikriga ozlari kofirdirlar.

:37

Inson shoshqaloq olaroq yaratilgandir. Men, albatta, sizlarga Oz oyat-alomatlarimni ko`rsaturman. Bas, meni shoshiltirmanglar.

:38

Ular: «Agar sodiq bolsangiz, bu va'da qachon bolur», derlar.

:39

Kufr keltirganlar yuzlaridan va sirtlaridan olovni tosa olmaydigan va ozlariga yordam berilmaydigan vaqtni bilsalar edi.

:40

Yoq! U ularga tosatdan kelib, hayratu dahshatga solur. Bas, uni rad qilishga qodir bo`lmaslar va ularga muhlat ham berilmas.

:41

Batahqiq, sendan oldin ham Paygambarlar masxara qilingan. Bas, ularni masxara qilganlarga ozlari masxara etib yurgan narsa tushdi.

:42

Sen: «Kechasi va kunduzi sizni Rohmandan kim qoriydi?» – degin. Yoq! Ular Robbilari zikridan yuz o`girguvchilardir!

:43

Yoki ularning Bizdan ozga himoya qiladigan «xudo»lari bormi? Ular ozlariga ham yordam berishga qodir bola olmaslar va Bizdan dostlik topmaslar.

:44

Balki, Biz ularni va ota-bobolarini bahramand qildik, hatto, ularga umr uzun korindi. Ular yerga kelib, uni atrofidan qisqartirayotganimizni kormaydilarmi?! Folib kelguvchi ularmi?

:45

Sen: «Men sizlarni faqat vahiy orqaligina ogohlantiraman. Gunglar ogohlantirilganlarida da'vatni eshitmaslar», degin.

:46

Qasamki, agar ularga Robbing azobidan salgina yetsa, albatta: «Holimizga voy! Haqiqatan, biz zolimlar bo`lgan ekanmiz», derlar.

:47

Biz qiyomat kuni uchun adolat tarozularini qoyurmiz. Biror jonga hech qanday zulm qilinmas. Agar (amal) achitqi donasi ogirligicha bolsa ham, keltiramiz. Hisobchilikda Ozimiz kifoya qilurmiz.

:48

Batahqiq, Biz Muso va Horunga Furqonni taqvodorlar uchun ziyo va eslatma qilib berdik.

:49

Ular Robbilaridan goyibona qorqurlar va ular (qiyomat) soatidan titrarlar.

:50

Bu Biz nozil qilgan muborak eslatmadir. Sizlar uni inkor qilguvchi bo`lasizlarmi?!

:51

Batahqiq, ilgari Biz Ibrohimga rushdi hidoyatni bergan edik. Biz uning (holini) bilguvchi edik.

:52

O`shanda u otasiga va qavmiga: «Manavi siz ibodatiga berilayotgan haykallar nima?» – degan edi.

:53

Ular: «Ota-bobolarimizni ularga ibodat qilgan hollarida topganmiz», dedilar.

:54

U: «Batahqiq, siz ham, ota-bobolaringiz ham ochiq-oydin zalolatdasizlar», dedi.

:55

Ular: «Sen bizga haq ila keldingmi yoki o`yin qilguvchilardanmisan?» – dedilar.

:56

U: «Yo`q! Robbingiz osmonlaru yerning Robbidir. U zot ularni yaratgandir. Men bunga guvohlik berguvchilardanman.

:57

Allohga qasamki, sizlar ortga o`girilib ketganingizdan keyin sanamlaringizga bir balo qilaman», dedi.

:58

Bas, ularni parcha-parcha qilib tashladi. Magar eng kattasini, shoyadki, unga qaytsalar, deb qoldirdi.

:59

Ular: «Bizning xudolarimizga kim bunday qildi?! Albatta, u zolimlardandir!» – dedilar.

:60

Ular: «Ularni eslab yurgan bir yigitni eshitgan edik, uni Ibrohim, deb aytilardi», dedilar.

:61

Ular: «Uni odamlar kozi oldiga olib kelinglar. Shoyadki, guvoh bolsalar», dedilar.

:62

Ular: «Xudolarimizga buni sen qildingmi, ey Ibrohim?!» – dedilar.

:63

U: «Yoq, buni manavi, ularning kattasi qildi. Agar gapiradigan bolsalar, ulardan sorab koringlar», dedi.

:64

Bas, ular ozlariga keldilar va: «Albatta, sizlar ozingiz zolimdirsizlar», dedilar.

:65

So`ngra, yana boshlari aylanib: «Sen, batahqiq, bularning gapirmasligini bilar eding!» – dedilar.

:66

U: «Siz, Allohni qo`yib, hech manfaat ham, zarar ham bermaydigan narsaga ibodat qilasizmi?!

:67

Sizga ham, Allohni qoyib, ibodat qilayotgan narsalaringizga ham suf-e! Axir, aql yuritib kormaysizlarmi?!» – dedi.

:68

Ular: «Uni kuydiringlar! Agar (bir ish) qiladigan bo`lsangiz, xudolaringizga yordam bering!» – dedilar.

:69

Biz: «Ey olov, sen Ibrohimga salqin va salomatlik bo`l!» – dedik.

:70

Ular u(Ibrohim)ga yomonlik iroda qilgan edilar. Biz ularni eng ziyonkorlar qilib qo`ydik.

:71

Unga va Lutga najot berib, olamlar uchun barakali qilgan yerga yubordik.

:72

Unga Is'hoqni hadya etdik va Ya'qubni ziyoda qilib berdik va hammalarini ahli solihlar qildik.

:73

Va ularni amrimiz ila hidoyatga boshlovchilar qildik. Ularga yaxshiliklar qilishni, namozni tugal ado etishni va zakot berishni vahiy qildik. Ular Bizga ibodat qilguvchilar bo`ldilar.

:74

Va Lutga hukm va ilm berdik va unga iflosliklar qilayotgan qishloqdan najot berdik. Albatta, ular yomon, buzg`unchi qavm edilar.

:75

Va Biz uni O`z rahmatimizga kiritdik. Albatta, u solihlardandir.

:76

Va Nuhni (esla). Bundan oldin u nido etganida, Biz uning nidosiga javob qildik va unga hamda uning ahliga ulug gamdan najot berdik.

:77

Unga oyatlarimizni yolgonga chiqargan qavmga qarshi nusrat berdik. Albatta, ular yomon qavm edilar. Bas, Biz ularning barchasini garq qildik.

:78

Va Dovud bilan Sulaymonning ekinzor haqida hukm qilayotganlarini (esla). Oshanda u(ekinzor)ga qavmning qoyi kechasi tarqalib ketgan edi. Biz ularning hukmiga shohid bo`lgan edik.

:79

Bas, Biz uni Sulaymonga fahmlatdik. Ularning har biriga hukmni va ilmni bergan edik. Dovud bilan birga tasbih aytsin deb, toglarni va qushlarni boyinsundirib qoydik. Shularni qilguvchi bolgan Bizmiz.

:80

Biz unga sizlar uchun sizni yomonlikdan saqlaydigan kiyim qilish san'atini o`rgatdik. Endi shukr qilarsizlar?!

:81

Sulaymonga shamolni qattiq esuvchi qilib berdik. U (shamol) ni uning amri ila, Biz barakali qilgan yerga esadigan qilib qoydik. Barcha narsani bilguvchi boldik.

:82

Va shaytonlardan unga gavvoslik qiladiganlarni va bundan boshqa amallarni bajaradiganlarni boysundirib qoydik. Biz ularni muhofaza qilguvchi boldik.

:83

Va Ayyubning Oz Robbiga nido qilib: «Albatta, meni zarar tutdi. Sening Ozing rahimlilarning rahimligisan!» deganini esla.

:84

Bas, Biz uni (duosini) istijobat qildik. Unga yetgan zararni ketkazdik. Unga ahlini, ular bilan birga yana shunchani ham berdik. Buni Oz rahmatimiz ila va «Obidlarga eslatma bolsin», deb qildik.

:85

Va Ismoil, Idris va Zul-kiflni esla. Ularning har biri sabr qilguvchilardandir.

:86

Va ularni O`z rahmatimizga kiritdik. Albatta, ular solihlardandir.

:87

Zunnunni esla. Oshanda u gazablangan holda chiqib ketgan edi. Bas, u Bizni oziga (er yuzini) tor etmas, deb gumon qildi. Zulmatlarda turib: «Sendan ozga iloh yoq, Sen poksan, albatta, men zolimlardan boldim», deb nido qildi.

:88

Bas, Biz uni (duosini) ijobat qildik. Unga gamdan najot berdik. Mominlarga shunday najot berurmiz.

:89

Va Zakariyoni esla. Oshanda u Robbiga nido qilib: «Ey Robbim, meni yolgiz tashlab qoyma, Sen Ozing vorislarning eng yaxshisisan», degan edi.

:90

Bas, Biz uni (duosini) ijobat etdik va unga Yahyoni hadya qildik hamda juftini onglab qoydik. Albatta, ular yaxshiliklarga shoshilishar edi va Bizga ragbat ila va qorqib duo qilishar edi. Ular Bizga ta'zim ila bo`yinsunuvchi edilar.

:91

Farjini pok saqlagan ayolni esla. Biz unga Oz ruhimizdan pufladik. Uni va uning og`lini olamlarga oyat-belgi qildik.

:92

Albatta, sizning ushbu ummatingiz bir ummatdir va Men sizning Robbingizman. Bas, Mengagina ibodat qiling.

:93

Ular esa, ishlarini parchaladilar. Barchalari Bizga qaytuvchidirlar.

:94

Kim momin holida solih amallardan qilsa, sa'yi-harakati zoye ketmas. Albatta, Biz uni yozib qoyguvchidirmiz.

:95

Biz halok qilgan qishloq-shaharlarning qaytmasligi haromdir.

:96

Nihoyat, Ya'juj va Ma'juj ochilib, ular har bir tepaliklardan oqib kelganlarida.

:97

Va haq va'da yaqinlashgandagi holni korsang, kufr keltirganlarning kozlari chaqchayib: «Holimizga voy! Bizlar bundan gaflatda edik. Yoq! Bizlar zulm qilguvchilar edik», derlar.

:98

Albatta, sizlar va Allohdan ozga ibodat qilgan narsalaringiz jahannam yoqilgisidirsiz. Sizlar unga kirguvchilardirsiz.

:99

Agar anavilar xudolar bo`lganida unga kirmas edilar. Hammalari unda abadiy qolurlar.

:100

U yerda ularga ingrash bordir. Ular u yerda eshitmaslar.

:101

Albatta, Bizdan ozlari uchun yaxshilik qilinganlar, ana oshalar undan(jahannamdan) uzoqlashtirilgandirlar.

:102

Ular uning chisirlashini(ovozini ham) eshitmaslar. Ular o`z nafslari ishtaha qilgan narsalari ichida abadiy qolguvchilardir.

:103

Ularni buyuk dahshat g`ami bosmas. Ularni farishtalar: «Bu sizlarga va'da qilingan kuningizdir», deb kutib olurlar.

:104

Osha kunda osmonni xuddi maktub yozilgan daftarni yopgandek yopamiz. Avval qanday yaratgan bolsak, shunday holga qaytaramiz. Bu zimmamizdagi va'dadir. Albatta, Biz buni qilguvchimiz.

:105

Batahqiq, Biz Zikrdan song Zaburda ham: «Albatta, yerga solih bandalarim merosxor bo`lurlar», deb yozgan edik.

:106

Albatta, bu(Qur'on)da ibodat qilguvchi qavm uchun yetarli o`git bordir.

:107

Biz seni olamlarga faqat rahmat qilib yubordik.

:108

Sen: «Menga faqat, sizning ilohingiz albatta bitta ilohdir, deb vahiy etilur. Bas, sizlar musulmon bo`lasizlarmi?!» – deb ayt.

:109

Agar ular yuz ogirib ketsalar: «Men sizlarga barobarlik bolishi uchun e'lon qildim. Sizga va'da qilinayotgan narsa yaqinmi yoki uzoqmi — bilmasman.

:110

Albatta, U sozning oshkorasini ham biladir va nimani berkitayotgan bolsangiz ham biladir.

:111

Bilmayman, ehtimol, bu sizlar uchun sinovdir yoki vaqtinchalik halovatdir», deb ayt.

:112

U: «Ey Robbim, Ozing haq ila hukm qil. Robbimiz Rohmandir va sizlar qilgan vasflardan madad soraladigan Zotdir», dedi.