Barcha Islom kutubxonasi

19 - Mary - Maryam

1

Kaaf, ha, yo, ayn, sod.

2

Bu, Robbingning bandasi Zakariyoga rahmati zikridir.

3

U, Robbiga maxfiy nido qilgan chog`ini esla.

4

U: «Ey Robbim, mening suyaklarim mortlashdi, boshga oq tutashdi, ey Robbim, senga duo qilish-la badbaxt bolmaganman.

5

Va, albatta, men ortimdagi qarindoshlardan qorqdim. Ayolim tugmas edi. Bas, menga O`z dargohingdan bir valiy — ortdan qolguvchi ato et.

6

U menga va Ya'qub oilasiga merosxor bolsin. Ey Robbim, uni Ozing rozi boladigan qil», dedi.

7

«Ey Zakariyo, Biz senga ismi Yahyo bolgan bir og`ilning xushxabarini beramiz. Bundan oldin unga otdosh qilgan emasmiz».

8

U: «Ey Robbim, ayolim tugmas bolsa, ozim qarib-chirib qolgan bolsam, qanday qilib mening oglim bo`lsin?!» – dedi.

9

U: «Ana shunday! Robbing aytdiki, bu Men uchun oson. Batahqiq, bundan oldin seni yaratdim. Holbuki, sen hech narsa emas eding», dedi.

10

U: «Robbim, menga bir belgi ato qil», dedi. U zot: «Sening belging salomat holingda odamlarga uch kecha gapirmasligingdir», dedi.

11

Bas, o`z qavmi huzuriga mehrobdan chiqdi va ularga, ertayu kech tasbih aytinglar, deb ishora qildi.

12

«Ey Yahyo, kitobni quvvat-la ol!» (dedik). Va unga go`dakligidayoq hukmni berdik.

13

Va O`z tomonimizdan mehribonlik va poklik (berdik). Hamda u taqvodor edi.

14

U ota-onasiga mehribon bo`lib, jabr-sitam qilguvchi va isyonchi emasdi.

15

Unga tugilgan kunida ham, oladigan kunida ham, qayta tiriladigan kunida ham salomlar bo`lsin.

16

Kitobda Maryamni esla. U o`z ahlidan sharqiy makonga ajrab chiqqanda...

17

Va ular bilan ozi orasida tosiq olganda, Biz unga Oz ruhimizni yubordik. Bas, u unga bus-butun odam bolib ko`rindi.

18

U: «Men Rohmandan sendan panoh berishini sorayman. Agar taqvodor bolsang...» dedi.

19

U: «Men Robbingning elchisiman, xolos, senga bir pok ogilni hadya etish uchun keldim», dedi.

20

U: « Menda qayoqdan ogil bolsin, menga bashar tegmagan bolsa, men buzuq ham bo`lmasam?!» – dedi.

21

U: «Ana shunday, Robbing aytdiki, bu Men uchun osondir va uni odamlarga belgi qilish uchun hamda Bizdan rahmat bolishi uchun, bu hukmi chiqib bolgan ishdir», dedi.

22

Bas, unga homilador boldi. Songra, u bilan uzoq makonga chetlandi.

23

Bas, tolgoq uni xurmo tanasiga olib bordi. U: «Koshki, bundan oldin o`lsam edi va butunlay unutilib ketsam edi», dedi.

24

Uning ostidan: «Mahzun bo`lma, batahqiq, Robbing ostingdan oqar suv qildi.

25

Xurmo tanasini silkit, senga yangi meva tushiradi», deb nido qildi.

26

Ye, ich va kozing quvonsin. Bas, biror odamni korar bolsang: «Men Rohmanga roza nazr qildim. Bugun inson zotiga zinhor gapirmasman», degin.

27

Bas, uni ko`tarib qavmiga olib keldi. Ular: «Ey Maryam, sen ajoyib narsa keltirding-ku!

28

Ey, Horun singlisi, otang yomon odammas va onang ham buzuq bo`lmagan edi-ku!» – dedilar.

29

Bas, unga ishorat qildi. Ular: «Beshikdagi yosh bola ila qanday gaplashamiz?!» – dedilar.

30

U: «Albatta, men Allohning bandasiman. U menga kitob berdi va meni Payg`ambar qildi.

31

Meni qayerda bo`lsam ham, muborak qildi. Modomiki, hayot ekanman, namoz va zakotni ado etmoqni tavsiya qildi.

32

Meni volidamga mehribon qildi va jabr-sitam qilguvchi, badbaxt qilmadi.

33

Menga tugilgan kunimda ham, oladigan kunimda ham va qayta tiriladigan kunimda ham salom bordir», dedi.

34

Mana shu, shubha qilishayotgan Iyso ibn Maryam togrisidagi haq so`zdir.

35

Bola tutmoq Allohga hech togri kelmas. U bundan pokdir. U bir ishni istasa, unga «Bol!» deydi. Bas, boladi.

36

«Va, albatta, Alloh mening Robbimdir va sizning Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qiling. Mana shu togri yo`ldir.»

37

Songra, firqalar ozaro ixtilofga tushdilar. Kufr keltirganlarga buyuk kundagi korinishdan voy bolsin.

38

Bizga keladigan kuni qanday ham yaxshi eshitarlar, qanday ham yaxshi ko`rarlar. Lekin zolimlar bugungi kunda ochiq zalolatdadirlar.

39

Ularni hasrat kunidan, ish bitmish paytidan ogoh qil. Ular g`aflatdadirlar, ular iymon keltirmaslar.

40

Albatta, Biz yerga va uning ustidagi kimsalarga merosxor bolamiz va Bizgagina qayturlar.

41

Kitobda Ibrohimni esla. Albatta, u siddiq va Nabiy bo`lgan edi.

42

Qachonki u otasiga: «Ey otajon, nima uchun eshitmaydigan, ko`rmaydigan va senga biron foyda bermaydigan narsaga ibodat qilasan?

43

Ey otajon, albatta, senga kelmagan ilm menga keldi. Bas, menga ergash, seni togri yo`lga boshlayman.

44

Ey otajon, shaytonga ibodat qilma. Albatta, shayton Rohmanga osiy bo`lgandir.

45

Ey otajon, albatta, men seni Rohman tomonidan azob tutishidan va shaytonga dost bolib qolishingdan qo`rqaman», degan edi.

46

U: «Ey Ibrohim, sen mening xudolarimdan yuz ogiruvchimisan?! Qasamki, agar toxtamasang, seni, albatta, toshbo`ron qilaman! Mendan uzoq ket!» – dedi.

47

U: «Omon bol. Endi Robbimdan seni magfirat qilishini so`rayman. Albatta, U menga juda ham lutfli, marhamatlidir.

48

Men sizlardan ham, Allohdan ozga iltijo qilayotgan narsangizdan ham chetlanaman va Robbimga iltijo qilaman. Shoyadki, Robbimga iltijo qilish ila badbaxt bolmasam», dedi.

49

Bas, ulardan va ular Allohdan ozga ibodat qilayotgan narsadan chetlanganida, Biz unga Is'hoq va Ya'qubni hadya etdik va barchalarini Paygambar qildik.

50

Va ularga Oz rahmatimizdan hadya etdik hamda ularga rostgoy va oliy til berdik.

51

Kitobda Musoni esla. Albatta, u tanlab olingan Nabiy va Rasul edi.

52

Biz unga Turning ong tomonidan nido qildik va munojot uchun Ozimizni yaqinlashtirdik.

53

Va unga Oz rahmatimizdan ogasi Horunni Payg`ambar qilib hadya etdik.

54

Va kitobda Ismoilni esla. Albatta, u va'dasiga sodiq hamda Rasul va Nabiy bo`lgan edi.

55

U ahlini namozga va zakotga buyurar edi va Robbi huzurida rozi bo`lingan edi.

56

Va kitobda Idrisni esla. Albatta, u siddiq va Nabiy bo`lgan edi.

57

Va uni oliy maqomga ko`tardik.

58

Ana oshalar, Alloh ne'mat bergan zotlar Paygambarlardan, Odam zurriyotidan, Nuh bilan birga (kemada) kotarganlarimizdan, Ibrohim va Isroilning zurriyotidan, ozimiz hidoyat qilgan va tanlab olganlardandir. Ularga Rohmanning oyati tilovat qilinsa, yig`lab sajdaga yiqilardilar.

59

Bas, ularning ortidan bir orinbosarlar qoldiki, ular namozni zoye qilib, shahvatlarga ergashdilar. Bas, tezda ular yomonlikka yoliqdilar.

60

Magar kim tavba qilsa va iymon keltirib, amali solih qilsa, bas, ana o`shalar jannatga kirurlar va hech zulm qilinmaslar.

61

Rohman Oz bandalariga gaybdan va'da qilgan adn jannatlaridir. Albatta, Uning va'dasi kelgusidir.

62

Ular unda behuda so`z eshitmaslar, illo, salom eshiturlar. Ularga u yerda ertayu kech rizqlari kelib turur.

63

U, bandalarimizdan taqvodor bo`lganlariga meros qilib beradigan jannatimizdir.

64

Biz faqat Robbingning amri bilangina tushamiz. Bizning oldimizdagi narsalar va ortimizdagi narsalar hamda ularning orasidagi narsalar ham Unikidir. Robbing unutguvchi bo`lmagan.

65

U osmonlaru yerning va ular orasidagi narsalarning Robbidir. Bas, Unga ibodat qil va Uning ibodatida sabrli bo`l. Unga tengdoshni bilurmisan?

66

Inson: «Agar o`lsam, yana qayta tirik holda chiqarilamanmi?!» – deydi.

67

Osha inson Biz uni bundan oldin hech narsa bolmay turganida yaratganimizni eslamaydimi?!

68

Robbingga qasamki, Biz ularni va shaytonlarni, albatta, mahsharga toplaymiz, songra, ularni jahannam atrofiga tiz cho`kkan hollarida hozir qilamiz.

69

Songra, har bir guruhdan Rohmanga ashaddiy osiy bolganini sug`urib olamiz.

70

Keyin, albatta, Biz u(jahannam)ga kirishga kimlar loyiqroq ekanini yaxshi bilguvchimiz.

71

Sizdan unga yaqinlashuvchi bolmagan hech kim yoq. Bu, Robbing huzuridagi keskin hukmdir.

72

Songra, taqvo qilganlarga najot beramiz va zolimlarni unda tiz chokkan hollarida qoldiramiz.

73

Qachonki ularga Bizning ravshan oyatlarimiz tilovat qilinsa, kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Ikki guruhning qaysi biri maqom va majlis jihatidan yaxshiroqdir?» – derlar.

74

Holbuki, Biz ulardan oldin mol va korinish jihatidan yaxshiroq bolgan qanchadan-qancha asrlarni halok qilganmiz.

75

Sen: «Kim zalolatda bolsa, Rohman unga muhlat berib qoysin. Toki ozlariga va'da qilingan narsani — azobni yoki qiyomatni korganlarida, kimning martabasi yomonroq va askari kuchsizroq ekanini albatta bilurlar», degin.

76

Va Alloh hidoyatga yurganlarning hidoyatini ziyoda qiladi. Boqiy qoluvchi solih amallar Robbing nazdida savobi yaxshiroq va oqibati xayrlidir.

77

Oyatlarimizga kufr keltirgan va: «Albatta, (oxiratda) menga molu dunyo hamda bola-chaqa berilajak», deganni ko`rdingmi?!

78

U g`oyibni bilarmikan yoki Rohmanning huzuridan ahdu paymon oldimikan?!

79

Yoq! Nima deganini albatta yozib qoyamiz va unga azobni uzundan-uzoq qilamiz.

80

U aytayotgan narsaga merosxor bolurmiz va u Bizga yolg`iz holida kelur.

81

Ular ozlariga kuch-qudrat, izzat bolishi uchun Allohdan o`zgalarni «xudo» qilib oldilar.

82

Yoq! U(«xudo»)lar ularning ibodatlarini inkor eturlar va ularga zid bolurlar.

83

Biz shaytonlarni kofirlarga ularni doimiy qozgab turishga yuborganimizni ko`rmadingmi?

84

Ularning ziddiga shoshilma! Biz ularning sanog`ini sanamoqdamiz.

85

Taqvodorlarni Rohman huzuriga mehmon hay'ati etib to`plagan kunimizda.

86

Jinoyatchilarni jahannamga chanqoq hollarida haydaymiz.

87

Ular shafoatga molik bolmaslar. Magar kim Rohman huzurida ahdu paymon olgan bolsa (molik bo`lar).

88

Ular: «Rohman bola tutdi», dedilar.

89

Batahqiq, juda og`ir narsa keltirdingiz.

90

Undan osmonlar parchalanib, yer yorilib, tog`lar qulab yiqilay deydi.

91

Rohmanning bolasi bor, deganlariga.

92

Rohmanga bola tutish loyiq emasdir.

93

Osmonlaru yerdagi barcha kimsalar Rohmanga banda bo`lgan hollarida kelurlar.

94

Batahqiq, U zot ularni ihota qilgan va sanab qo`ygandir.

95

Ularning barchalari U zotning huzuriga qiyomat kuni yolg`iz hollarida kelguvchidirlar.

96

Albatta, iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarga Rohman muhabbat paydo qilur.

97

Bas, albatta, taqvodorlarga xushxabar berishing va u bilan sarkash qavmlarni ogohlantirishing uchun u(Qur'on)ni tilingga oson qildik.

98

Ulardan oldin qanchadan-qancha asr(ahli)ni halok qildik. Ulardan birortasini his etasanmi yoki sharpasini eshitasanmi?!