Barcha Islom kutubxonasi

17 - The Night Journey - Al-'Isrā

:1

Oz bandasini kechasi Masjidul Haromdan atrofini barakali qilganimiz Masjidul Aqsoga mo'jizalarimizni korsatish uchun sayr qildirgan Zot pok boldi. Albatta, U eshitguvchi va ko`rguvchi Zotdir.

:2

Va Biz Musoga kitobni berdik va u(kitob)ni Bani Isroilga hidoyat qilib: «Mendan o`zgani vakil tutmanglar!» dedik.

:3

(Ey) Nuh bilan birga kotarganlarimizning zurriyotlari! Albatta, u ota shukrli banda edi.

:4

Biz u kitobda Bani Isroilga, yer yuzida ikki marta buzgunchilik qilursizlar va katta tugyonga ketursizlar, deb bildirdik.

:5

Bas, osha ikki(buzgunchilik)dan birinchisining va'da vaqti kelganda, ustingizga shiddatli kuch-qudratga ega bandalarimizni yuboramiz. Bas, ular hovli-joylarni oralab kezadilar. Bu, qilinishi lozim va'da edi.

:6

Songra, sizga ular ustidan galabani qaytardik va sizga molu dunyo va farzandlar ila madad berdik. Va sizlarning adadingizni kop qilib qoydik.

:7

Agar yaxshilik qilsangiz, ozingiz uchun yaxshilik qilasiz. Agar yomonlik qilsangiz ham, ozingiz uchundir. Bas, keyingi(buzg`unchilik)ning va'da vaqti kelganda, yuzingizni qora qilishlari uchun, masjidga avval kirganlaridek kirishlari uchun va egallagan narsalarini tamoman parchalashlari uchun (bandalarimizni yuborurmiz).

:8

Shoyad, Robbingiz sizga rahim qilsa. Agar siz qaytsangiz, Biz ham qaytamiz. Va jahannamni kofirlarga zindon qilganmiz.

:9

Albatta, bu Qur'on eng togri yolga hidoyat qilur va yaxshi amallarni qiluvchi mominlarga, albatta oshalarga, ulug ajr borligi xushxabarini berur.

:10

Albatta, oxiratga iymon keltirmaydiganlarga, oshalarga, alamli azobni tayyorlab qoydik.

:11

Inson yaxshilikka duo qilganidek, yomonlikka ham duo qilur. Inson shoshqaloq bo`lgandir.

:12

Kecha va kunduzni ikki belgi — alomat qildik. Kecha alomatini mahv etdik. Robbingizdan fazl talab qilishingiz va yillar adadini hamda hisobini bilishingiz uchun kunduz alomatini ko`rsatuvchi qildik. Va har bir narsani batafsil bayon qilganmiz.

:13

Biz har bir insonning amalini boyniga boglab qoyganmiz va qiyomat kuni unga kitob chiqaramizki, u unga ochilgan holda robaro bolur.

:14

Kitobingni oqi, bugungi kunda sen ozingga o`zing hisobchilikka kifoya qilursan (deyilur).

:15

Kim hidoyatga yursa, faqat ozi uchungina hidoyat topadir. Kim zalolatga ketsa, faqat ozi uchungina zalolatga ketadir. Hech bir jon ozganing ogirligini kotaruvchi bolmas. Toki Paygambar yubormagunimizcha, azoblovchi bolgan emasmiz.

:16

Qachon bir shaharni halok etishni istasak, uning maishatparastlarini (itoatga) amr qilamiz, bas, ular u(shahar)da fisq qilurlar. Shunda unga «soz» haq bolur. Bas, Biz u(shahar)ni mutlaqo vayron qilurmiz.

:17

Nuhdan song qanchadan-qancha asrlarni halok qildik. Bandalarining gunohlaridan xabardor bolish va ularni korishda Robbing Ozi kifoya qilur.

:18

Kim shoshgan(dunyo)ni istasa, unga bu dunyoda iroda qilgan kishimizga nimani xohlasak, shoshilinch berurmiz. Songra, unga jahannamni berurmiz. Unga xor va quvginga uchragan holda kirur.

:19

Kim oxiratni istasa va unga erishish uchun momin bolgan holida kerakli harakatini qilsa, bas, ana o`shalarning harakatlari maqbuldir.

:20

Barchaga — manavilarga ham, anavilarga ham Robbingning atoyu ne'matlaridan cho`zamiz. Robbingning atoyu ne'matlari cheklangan emas.

:21

Ba'zilarini ba'zilaridan qanday afzal qilib qo`yganimizga nazar sol. Albatta, oxirat darajasi va afzalligi kattaroqdir.

:22

Alloh bilan birga ozga ilohni (sherik) qilma! Yana, mazammatga uchrab, chorasiz otirib qolmagin.

:23

Robbing faqat Uning Ozigagina ibodat qilishingni va ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Agar huzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka yetsalar, bas, ularga «uff» dema, ularga ozor berma va ularga yaxshi soz ayt!

:24

Ikkovlariga mehribonlik ila xokisorlik qanotingni pastlat va: «Robbim, alar meni kichiklikda tarbiya qilganlaridek, ularga rahim qilgin», deb ayt.

:25

Robbingiz sizning dilingizdagi narsani ham ota bilguvchidir. Agar ahli solihlardan bolsangiz, albatta, U sertavbalar uchun sermag`firatdir.

:26

Qarindoshga haqqini ber! Miskinga va yol ogliga ham. Isrofgarchilikka mutlaqo yol qo`yma.

:27

Albatta, isrofchilar shaytonlarning birodarlari bolganlar. Shayton esa, Robbiga ota noshukr bo`lgandir.

:28

Agar ulardan Robbingdan rahmat talab qilgan holda yuz ogiradigan bolsang, bas, ularga muloyim so`z aytgin.

:29

Qolingni boyningga boglab olma. Uni bir yola yozib ham yuborma. Yana, malomat va hasratda o`tirib qolmagin.

:30

Albatta, Robbing rizqni kimga xohlasa, keng qilur yoki tor qilur. Albatta, U bandalaridan xabardor va ko`rguvchi Zotdir.

:31

Bolalaringizni faqirlikdan qorqib oldirmang. Biz ularni ham, sizlarni ham rizqlantiramiz. Albatta, ularni o`ldirish katta xatodir.

:32

Va zinoga yaqinlashmanglar. Albatta, u fohisha ish va yomon yo`ldir.

:33

Alloh (oldirishni) harom qilgan jonni oldirmang. Magar haq ila bolsa, mayli. Kimki mazlum holida oldirilsa, uning valiyiga haq berganmiz. Bas, u o`ldirishda isrof qilmasin. Albatta, u nusrat berilgan odamdir.

:34

Yetimning moliga, toki u balogat yoshiga yetguncha, yaqinlashmanglar. Magar yaxshilik ila bolsa, mayli. Ahdga vafo qilinglar. Albatta, ahd mas'ul bo`lgan ishdir.

:35

Olchagan chogingizda toliq olchang va togri tarozi ila torting. Ana osha yaxshidir va oqibati gozaldir.

:36

Ozing bilmagan narsaga ergashma! Albatta, quloq, koz va dil — ana o`shalar, mas'uldirlar.

:37

Yer yuzida kibru havo ila yurma! Albatta, sen zinhor yerni teshib yubora olmaysan va zinhor boyda toglarga yeta olmaysan!

:38

Bularning barcha yomoni Robbining huzurida xush ko`rilmagandir.

:39

Ushbular Robbing senga vahiy qilgan ba'zi hikmatlardir. Alloh bilan birga o`zga iloh qilma. Yana, jahannamga malomat qilingan va quvilgan holingda tashlanmagin.

:40

Robbingiz sizlarga ogillarni xos qilib berib, farishtalarni Oziga qiz qilib oldimi? Albatta, sizlar zor gapni aytmoqdasiz.

:41

Batahqiq, Biz bu Qur'onda eslashlari uchun bayon qildik. Lekin bu ularga nafratdan o`zgani ziyoda qilmas.

:42

Sen: «Agar, ular aytganidek, U bilan birga boshqa ilohlar bolganida, ular Arsh egasi tomon yol izlardilar», deb ayt.

:43

U zot ular aytayotgan narsadan pok va nihoyatda oliydir.

:44

Unga yetti osmonu yer va ulardagi kimsalar tasbih aytur. Uning hamdi ila tasbih aytmagan hech bir narsa yoq. Lekin ularning tasbihini anglamaysizlar. Albatta, u haliym va sermagfirat Zotdir.

:45

Qachon Qur'on qiroat qilsang, sen bilan oxiratga iymon keltirmaydiganlar orasida ko`rinmas parda qilurmiz.

:46

Va qalblariga, uni anglamasliklari uchun, gilof qildik va quloqlarini kar qildik. Qachon sen Qur'onda Robbingning yolgiz Ozini zikr qilsang, ular ortlariga ogirilib qochurlar.

:47

Biz ular nima sababdan tinglayotganlarini, ular seni tinglayotganlarida o`zaro pichirlashayotganlarini, zolimlarning: «Sizlar sehrlangan kishiga ergashyapsiz, xolos», deganlarini ham yaxshi bilurmiz.

:48

Ular senga qanday misol keltirganlariga nazar sol! Bas, zalolatga ketdilar va (togri) yolga qodir bolmaslar.

:49

Ular: «Suyak va titilgan tuproq bo`lganimizdan keyin ham, yana yangidan yaratilib tiriltirilamizmi?» dedilar.

:50

Sen:«Tosh yoki temir bo`lib olinglar.

:51

Yoki kongillaringizda katta koringan boshqa biron maxluq (bolib olinglar)», deb ayt. Bas, ular: «Bizni kim qayta tiriltirur», derlar. Sen:«Sizlarni birinchi marta yoqdan bor qilgan Zot», degin. Ular senga boshlarini qimirlaturlar va: «U qachon bolur?» derlar, Sen:«Shoyad yaqinda bolsa», degin.

:52

U kunda Ul zot sizni chaqirur. Bas, siz Unga hamd ila javob berursiz va (dunyoda) faqat ozgina turganligingizni gumon qilursiz.

:53

Bandalarimga aytgin, ular eng gozal bolgan narsani aytsinlar. Albatta, shayton oralarini buzib turadir. Albatta, shayton inson uchun ochiq-oydin dushmandir.

:54

Robbingiz sizlarni yaxshi bilguvchi Zotdir. Xohlasa, sizga rahim qilar, xohlasa sizni azoblar. Va Biz seni ular ustidan qoriqchi qilib yuborganimiz yoq.

:55

Robbing osmonlaru yerdagi kimsalarni yaxshi bilguvchi Zotdir. Batahqiq, Biz ba'zi Payg`ambarlarni ba'zilaridan afzal qildik. Va Dovudga Zaburni berdik.

:56

Sen: «Undan ozga ozingizcha gumon qilganlaringizni chaqiring. Bas, ular sizdan zararni kushoyish qila olishga yoki burib yuborishga molik emaslar», deb ayt.

:57

Ana osha duo qilayotganlari Robbilariga vasiyla izlarlar, qaysilari yaqinroq ekanini (bilmoqchi bolurlar). Uning rahmatini orzu qilurlar va azobidan qorqurlar. Albatta, Robbingning azobi hazir bolishga loyiqdir.

:58

Hech bir shahar yoqki, Biz uni qiyomat kunidan avval halok qilguvchi bolmasak yoki shiddatli azob-la azoblovchi bo`lmasak. Bu, kitobda bitilgandir.

:59

Bizni oyat-mo'jizalarni yuborishimizdan faqat avvalgilarning ularni yolgonga chiqarganlari man qildi. Samudga tuyani koz ochuvchi (mo'jiza) qilib berdik. Bas, uning sababidan (ozlariga) zulm qildilar. Biz oyat-mo'jizalarni faqat qo`rqitish uchungina yuboramiz.

:60

Biz senga: «Albatta, Robbing odamlarni ihota qilib orab olgandir», deganimizni esla. Biz senga korsatgan narsalarni va Qur'onda la'natlangan daraxtni faqat odamlar uchun sinov qildik, xolos. Va ularni qorqitamiz. Bas, bu ular uchun katta tugyondan boshqani ziyoda qilmas.

:61

Farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar!» deganimizda sajda qilganlarini, magar iblis qilmaganini, «Sen loydan yaratgan kimsaga sajda qilamanmi?» deganini esla.

:62

U: «Menga xabar ber-chi, mendan ustun qilganing shumi? Agar meni qiyomat kunigacha qoyib qoysang, uning zurriyotining ozginasidan boshqasini jilovlab olaman», dedi.

:63

U zot: «Boraver, ulardan kim senga ergashsa, bas, albatta, jahannam toliq jazoingiz bolur.

:64

Ulardan kimiga kuching yetsa, ovozing ila qozgat, ularning ustiga otliq va piyoda askaringni tort, ularga mollarda va bolalarda sherik bol va va'dalar qil», dedi. Shayton ularga gururdan boshqani va'da qilmas.

:65

Albatta, Mening bandalarim ustidan sening sultoning yoq. Robbing Ozi vakillikka kifoyadir.

:66

Robbingiz, Uning fazlidan talab qilishingiz uchun dengizda kemani yurgizib qo`ygan Zotdir. Albatta, u sizga rahimlidir.

:67

Qachon sizni dengizda falokat tutsa, Undan ozga iltijo qiladiganlaringiz goyib bolur. Qachonki sizga najot berib quruqlikka chiqarsa, yuz ogirasiz. Inson o`zi kufron(i ne'mat) qilguvchidir.

:68

Sizni quruqlikning bir tomoniga yutqazib yuborishidan yoki ustingizdan toshli shamol yuborishidan, songra ozingizga qutqaruvchi topa olmay qolishingizdan xotirjammisiz?!

:69

Yoki sizni u(dengiz)ga yana bir marta qaytarib, ustingizdan shiddatli shamol yuborib, kufr qilgan narsangiz sababli garq qilib yuborishidan va siz ozingizga Bizdan o`ch oluvchi topa olmay qolishingizdan xotirjammisiz?!

:70

Batahqiq, Biz Bani Odamni azizu mukarram qilib qoydik va ularni quruqligu dengizda (ulov-la) kotardik hamda ularni pok narsalar ila rizqlantirdik va uni Ozimiz yaratgan kop narsalardan mutlaqo afzal qilib qo`ydik.

:71

Biz barcha odamlarni oz imomlari ila chaqiradigan kunni (esla). Kimga kitobi ong tomonidan berilsa, bas, ana oshalar kitoblarini oqirlar va ularga qilchalik zulm qilinmas.

:72

Kim bu dunyoda kor-gumroh bolsa, u oxiratda yanada kor-gumroh va yanada yoldan adashganroq bo`ladir.

:73

Seni Biz vahiy qilgan narsadan fitna orqali burib, Bizning sha'nimizga boshqasini uydirishingga undashlariga oz qoldi. Shunday bolgan taqdirda, albatta, seni dost tutar edilar.

:74

Agar Biz seni sobit qilmaganimizda, batahqiq, ularga bir oz bolsa-da, moyil bolishingga oz qolar edi.

:75

Shunday bolgan taqdirda Biz senga hayot (azobini) ham ikki hissa, mamot (azobini) ham ikki hissa tottirgan bolardik. Songra, ozing uchun Bizga qarshi yordamchi topa olmas eding.

:76

Ular seni bu yerda bezovta qilib, undan seni chiqarib yuborishlariga oz qoldi. Shunday bo`lgan taqdirda, sendan keyin ular ozgina muddatdan boshqa tura olmaslar.

:77

Bu sendan oldin yuborgan Paygambarlarimizning sunnatidir. Bizning sunnatimizga ozgartirish topa olmaysan.

:78

Quyosh ogishidan to tun qorongusigacha namozni to`kis ado qil. «Fajr Qur'oni»ni ham. Albatta, «fajr Qur'oni» guvohlantirilgandir.

:79

Kechaning ba'zisida u ila bedor bol. Senga nofila bolsin. Shoyadki, Robbing seni maqtovli maqomda tiriltirsa.

:80

Va: «Ey Robbim, meni kiradigan joyimga sodiqlik ila kiritib, chiqadigan joyimga sodiqlik bilan chiqargin va menga O`z huzuringdan yordam beruvchi quvvat ato et», degin.

:81

Va: «Haq keldi, botil yoq boldi. Zotan, botil doimo yoq bolguvchidir».

:82

Biz Qur'onni mominlar uchun shifo va rahmat olaroq nozil qilurmiz. U zolimlarga ziyondan boshqani ziyoda qilmas.

:83

Qachon Biz insonga ne'mat ato etsak, yuz ogirur va chetga burilib, uzoqlashur. Qachon uni yomonlik tutsa, noumid bolur.

:84

Sen: «Har kim oz holicha amal qilur. Bas, Robbingiz kim togri yoldaligini yaxshi bilguvchidir», deb ayt.

:85

Va sendan ruh haqida so`rarlar. Sen: «Ruh Robbimning ishidir. Sizga juda oz ilm berilgandir», deb ayt.

:86

Agar xohlasak, senga vahiy qilgan narsalarimizni ketkazamiz. Songra, Bizga qarshi ozingga vakil topa olmassan.

:87

Magar Allohdan marhamat bo`lsagina. Albatta, Uning fazlu karami sen uchun kattadir.

:88

«Agar insu jinlar toplanib, ushbu Qur'onga oxshash narsa keltirmoqchi bolsalar, bunda ba'zilari ba'zilariga yordamchi bolsalar ham, unga o`xshashini keltira olmaslar», deb ayt.

:89

Batahqiq, ushbu Qur'onda odamlarga turli misollarni bayon qildik. Bas, odamlarning ko`plari kufrdan boshqa narsadan bosh tortdilar.

:90

Ular: «Toki bizga yerdan chashma otiltirmaguningcha, zinhor senga iymon keltirmasmiz», dedilar.

:91

«Yoki sening xurmo va uzum boging bolib va ularning orasidan anhorlarni otiltirib chiqarmaguningcha.

:92

Yoki o`zing da'vo qilganingdek, ustimizdan osmonni parcha-parcha qilib tushirmaguningcha yoxud Allohni va farishtalarni oldimizga keltirmaguningcha» (senga iymon keltirmasmiz, dedilar).

:93

«Yoki sening oltindan bezalgan uying bolmagunicha, yoxud osmonga kotarilmaguning-cha, osha kotarilishingga ham toki biz oqishimiz uchun kitob keltirmaguningcha, ishonmaymiz», (dedilar). Sen: «Robbim pok boldi. Men faqat bashar Payg`ambardan boshqa narsa emasman», degin.

:94

Odamlarga hidoyat kelgan paytda iymon keltirishlaridan man qilgan narsa, faqat, Alloh bashardan Paygambar yuboradimi, deyishlari boldi.

:95

Sen: «Agar yer yuzida farishtalar xotirjam yurganlarida, ularga osmondan farishta Paygambar tushirgan bolar edik», deb ayt.

:96

Sen: «Men bilan sizning oramizda guvohlikka Allohning Ozi kifoya qilur. Albatta, U Oz bandalaridan xabardor va ularni ko`rib turguvchi Zotdir», deb ayt.

:97

Alloh kimni hidoyat qilsa, osha hidoyat topguvchidir. U kimni adashtirsa, ularga Undan ozga zinhor valiylar topa olmassan. Ularni qiyomat kuni yuztuban, kor, kar, soqov hollarida toplaymiz. Ularning turar joylari jahannamdir. U qachon sokin bo`lsa, ularga olovni ziyoda qilamiz.

:98

Ana osha, Bizning oyatlarimizga kufr keltirganlari va «Agar suyak va titilgan tuproq bolsak ham, albatta yangitdan yaratilib, qayta tiriltirilurmizmi?!» deganlari uchun jazolaridir.

:99

Ular osmonlaru yerni yaratgan Alloh ularga o`xshashini yaratishga qodir ekanini va ular uchun shak-shubhasiz ajal belgilaganini bilmadilarmi?! Bas, zolimlar kufrdan boshqa narsadan bosh tortdilar.

:100

Sen: «Agar sizlar Robbim rahmati xazinalariga ega bolsangiz ham, uni sarflashdan qorqib, mumsiklik qilgan bolar edingiz. Inson zoti, ozi, baxil bo`lur», deb ayt.

:101

Batahqiq, Biz Musoga toqqizta ochiq-oydin oyat-mo'jiza berdik. Bani Isroildan ularga u (Muso) kelgan payti(nima bolgani)ni soragin. Bas, Fir'avn unga: «Albatta, men seni, ey Muso, sehrlangansan deb o`ylayman», dedi.

:102

U: «Anavilarni kozni ochguvchi qilib osmonlaru yerning Robbidan ozga hech bir Zot tushirmaganini yaxshi bilasan. Albatta, men seni, ey Fir'avn, halok bolguvchisan deb oylayman», dedi.

:103

Bas, ularni yerdan qozgatib chiqarmoqchi boldi. Shunda, Biz uni va u bilan birga bolganlarni jamlab g`arq qildik.

:104

U(Fir'avn)dan song Bani Isroilga: «Mana shu yerni maskan tutinglar. Bas, oxirat va'dasi kelgan chogida, hammangizni to`plab keltiramiz», dedik.

:105

Uni haq ila nozil qildik va haq ila nozil bo`ldi. Biz seni faqat xushxabar berguvchi va ogohlantirguvchi etib yubordik, xolos.

:106

Va Qur'onni odamlarga asta-sekin oqib berishing uchun bolib qoydik va bolak-bo`lak qilib tushirdik.

:107

Sen: «Unga iymon keltiringlar yoki iymon keltirmanglar — bari bir. Albatta, undan oldin ilm berilganlar u ularga tilovat qilinganda yuzlari ila sajdaga yiqilurlar», deb ayt.

:108

Va: «Robbimiz mutlaqo pok bo`ldi. Shubhasiz, Robbimizning va'dasi amalga oshajak», derlar.

:109

Va yuzlari ila yiqilib yig`larlar va u xokisorliklarini ziyoda qilur.

:110

Sen: «Allohga duo qilinglar, Rohmanga duo qilinglar, qaysisiga duo qilsangiz ham, bari bir. Gozal ismlar Unikidir», deb ayt. Namozingni juda baland ovoz ila oqima, uni juda maxfiy ham oqima, buning orasida bir yol tut.

:111

Sen: «Hamd bolsin, farzand tutmagan, mulkda sherigi bolmagan va xorlikdan qutqarguvchi dostga zor bolmagan Allohga», degin. Va Uni mutlaqo ulug`la!