96 - The Clot - Al-`Alaq
1
Yaratgan Robbing nomi bilan o`qi.
2
U insonni alaqdan yaratdi.
3
O`qi! Robbing Karamlilarning karamlisidir.
4
U, qalam bilan ilm o`rgatgandir.
5
U, insonga bilmagan narsasini o`rgatdi.
6
Yoq! Inson, albatta, tugyonga ketur.
7
Gar ozini boy korsa.
8
Albatta, qaytib borish Robbinggadir.
9
Qaytarganni ko`rdingmi?!
10
Bandani namoz o`qiyotganida?!
11
Ayting-chi, agar osha hidoyatda bolsa.
12
Yoki taqvoga chaqirsa.
13
Ayting-chi, agar u yolgonga chiqarsa va yuz ogirsa.
14
Alloh uni ko`rib turishini bilmasmi?
15
Yo`q! Agar qaytmasa, peshonasidan shiddat-la tutamiz!
16
Yolg`onchi, xatokor peshonasidan!
17
Bas, u oz topini chaqirsin.
18
Biz ham zaboniyalarni chaqirurmiz.
19
Yo`q! Sen unga itoat qilma! Sajda qil va qurbat hosil qil.