95 - The Fig - At-Tīn
:1
Anjir bilan qasam va zaytun bilan qasam.
:2
Va Turi Siyno bilan qasam.
:3
Va mana bu eminlik yurti (Makka) bilan qasam.
:4
Batahqiq, Biz insonni eng yaxshi suvratda yaratdik.
:5
So`ngra uni asfala saafiliynga qaytardik.
:6
Illo, iymon keltirganlar va yaxshi amallar qilganlarga minnatsiz va uzluksiz ajrlar bordir.
:7
Bas, seni oxiratni yolg`onga chiqarishga nima olib kelur?!
:8
Alloh hukm qilguvchilarning eng hikmatlisi emasmi?!