Barcha Islom kutubxonasi

75 - The Resurrection - Al-Qiyāmah

1

Qiyomat kuni bilan qasam.

2

Va malomatchi nafs bilan qasam.

3

(Kofir) Inson Bizni uning suyaklarini jamlab olmas, deb o`ylarmi?

4

Albatta, Biz uning barmoq uchlarini ham asl holiga keltirishga qodirmiz.

5

Balki, inson kelajakda fisqu fujur qilishni xohlaydir.

6

Qiyomat kuni qachon? — deb so`raydir.

7

Qachonki koz lol qolib qorqinchga to`lsa.

8

Va oy tutilsa.

9

Va quyosh bilan oy jamlansa.

10

O`shal kunda inson: «Qochar joy qayerda?» deb qoladir.

11

Yoq! Qochar joy yoqdir!

12

U kunda joylashuv faqat Robbing huzurida bo`ladir.

13

U kunda insonga avvalu oxir qilgan ishlarining xabari beriladir.

14

Ha, inson oz nafsiga qarshi ozi shohiddir.

15

Va agar uzrlarini to`kib solsa ham.

16

Sen shoshilib u bilan tilingni qimirlatma.

17

Albatta, u(Qur'on)ni jamlash va o`qib berish Bizning zimmamizda.

18

Bas, Biz uni o`qisak, qiroatiga zehn solib tur.

19

So`ngra u(Qur'on)ni bayon qilib berish ham Bizning zimmamizda.

20

Yoq! Balki sizlar shoshar dunyoni yaxshi korasizlar.

21

Va oxiratni tark etasizlar.

22

U kunda chiroyli yuzlar bor.

23

O`z Robbisiga nazar soluvchilar.

24

Va u kunda tirishib-burishgan yuzlar ham bor.

25

Ozlariga umurtqasini sindiradigan ish bolishiga ishonarlar.

26

Yo`q! Vaqtiki, (jon) halqumga kelsa.

27

Va «Kim buni qutqarar?» deyilsa.

28

Va, albatta, bu firoq ekanligiga ishonsa.

29

Va boldirlar bir-biriga almashsa.

30

U kunda haydab borish joyi Robbing huzuridadir.

31

Bas, u tasdiqlamadi va namoz o`qimadi.

32

Va lekin yolgonga chiqardi va yuz ogirdi.

33

Song oz ahliga kerilib bordi.

34

Holingga voy bolsin sening, voy bolsin!

35

Yana holingga voy bolsin sening, voy bolsin!

36

Inson behuda tark qilinishlikning hisobini qilurmi?

37

U maniydan oqqan nutfa bo`lmaganmidi?

38

Song alaqa boldi. Bas, bekami-ko`st etib yaratdi.

39

Bas, undan juftni — erkak va ayolni yaratdi.

40

Shunday Zot o`liklarni tiriltirishga qodir emasmi?!