74 - The Cloaked One - Al-Muddaththir
Ey, burkanib yotgan!
Tur va ogohlantir!
Va Robbingni ulug`la!
Va kiyimingni pokla!
Va azob(sababchisi)dan chetlan!
Va kop (ish) qilgan bo
lsang ham, minnat qilma.
Va Robbing uchun sabr qil.
Bas, vaqti kelib, dudga puflansa...
Bas, osha, o
shal kun qiyin kundir.
U kofirlarga oson emasdir.
Meni Ozim yakka yaratgan kishi bilan qo
yib qo`y.
Va unga koplab molu dunyo berib qo
ydim.
Va hoziru nozir farzandlar ham.
Va unga (hamma narsani) osonlashtirib qo`ydim.
So`ngra, yana ziyoda qilishimni tama' qilur.
Yo`q! Chunki, u Bizning oyatlarimizga sarkash edi.
Tezda uni mashaqqatli chiqish-la horitaman.
Albatta, u tafakkur qildi va chamalab ko`rdi.
La'nat bo`lsin unga, qandoq ham chamaladi!
Songra yana la'nat bo
lsin unga, qandoq ham chamaladi.
So`ngra nazar soldi.
Songra yuzini burishtirdi va qavog
ini soldi.
Songra yuz o
girdi va takabburlik qildi.
Bas, «Bu asar qolgan sehrdan o`zga hech narsa emas.
Bu bashar sozidan o
zga hech narsa emas», dedi.
Tezda uni saqar(do`zaxi)ga kiriturman.
Va saqar nimaligini senga nima bildirdi?
U boqiy qoldirmas va tark ham qilmas.
U terini ko`p kuydiruvchidir.
U(saqar)ning ustida on to
qqizta (farishta) bor.
Dozax sohiblarini farishtalardan qilganimiz va ularning adadi ham faqat kofirlarni sinash uchun. Kitob berilganlar ishonch hosil qilishlari uchun. Va iymonlilarning iymoni ziyoda bo
lishi uchun. Kitob berilganlar va mominlar shak-shubha qilmasliklari uchun va qalblarida kasali borlar (munofiqlar) va kofirlar, Alloh bu bilan nima misolni iroda qilmoqchi, deyishlari uchun. Shundoq qilib, Alloh xohlagan kimsani adashtirur va xohlagan kimsani hidoyatga solur. Robbingning askarlarini O
zidan boshqa hech kim bilmas. Va u (dozax) bashar uchun eslatmadan o
zga hech narsa emas.
Yo`q! Oy bilan qasam.
Va chekinayotgan tun bilan qasam.
Va yorishayotgan tong bilan qasam.
Albatta, u(do`zax) ulkan(azob)larning biridir.
U bashariyat uchun ogohlantiruvchidir.
Sizlardan peshqadam bo`lishni yoki ortda qolishni xohlayotgan kimsalar uchundir.
Har bir shaxs o`z kasbining garovidir.
(Bundan) o`ng taraf sohiblari mustasnodir.
Ular jannatlarda, so`raydirlar.
Gunohkorlardan.
«Sizlarni do`zaxga nima kiritdi?» (deb)
Alar: «Namoz oqiydiganlardan bo
lmagan edik.
Va miskinlarga taom bermagan edik.
Va botilga shong
uvchilar bilan birga shong
ir edik.
Va qiyomat kunini yolg`onga chiqarar edik.
Toki bizga o`lim kelgunicha», derlar.
Bas, ularga shafoatchilarning shafoati manfaat bermaydir.
Ularga nima boldiki, eslatmadan yuz o
girarlar.
Xuddi qattiq qo`rqqan eshaklar.
Arslondan qochgani kabi.
Balki ulardan har biri o`ziga nashr qilingan sahifalar berilishini iroda qilar.
Yoq! Balki ular oxiratdan qo
rqmaslar.
Yo`q! Albatta, u(Qur'on) eslatmadur.
Bas, kim xohlasa, uni eslaydir.
Va faqat Alloh xohlasagina, eslarlar. U zot taqvo ahlidir va mag`firat ahlidir.