72 - The Jinn - Al-Jinn
Sen ayt: «Menga vahiy qilindiki, albatta jinlardan (bir necha) nafari quloq osdilar va dedilar: «Biz ajoyib Qur'onni eshitdik.
U togri yolga hidoyat qiladir. Bas, biz unga iymon keltirdik va oz Robbimizga birovni shirk keltirmasmiz,
Va albatta, Robbimizning azamati yuksak boldi. U oziga xotin va farzand tutgani yo`q.
Va albatta, esi pastimiz Allohga nohaq gaplarni aytardi.
Va albatta, biz ins ham, jin ham Allohga (nisbatan) yolgon gapirmas, deb oylardik.
Va albatta, insdan ba'zi kishilar jinlarning ba'zi kishilaridan panoh so`rardilar. Bas, bu(jin)lar u(inson)larning gunoh va xorligini ziyoda qildilar.
Va albatta, u(inson)lar xuddi sizlar gumon qilganingizdek, Alloh biror kishini olgandan song tiriltirmas, deb gumon qilardilar.
Va albatta, biz osmon(ga yetish)ni talab qildik. Bas, uni kuchli qoriqchilarga va uchqunlarga tolgan holda ko`rdik.
Va albatta, biz u(osmon)da tinglashga qulay joylarga joylashib olar edik. Endi esa, kim quloq solsa, ozini poylab turgan uchqunga duchor boladir.
Va albatta, biz, yer yuzidagilarga yomonlik iroda qilindimi yoki Robbilari ularga rushdni iroda qildimi, bilmasmiz.
Va albatta, bizdan solihlar ham va boshqalar ham bor. Turli guruhlar bo`lgan edik.
Va albatta, biz Allohni yer yuzida ojiz qoldira olmasligimizga va Undan qochib qutula olmasligimizga ishondik.
Va albatta, biz hidoyatni eshitgan paytimizda unga iymon keltirdik. Kimki oz Robbisiga iymon keltirsa, savobi ozayib qolishdan ham, unga ogir yuk yuklanishidan ham qo`rqmaydi.
Va albatta, bizdan musulmonlar (bor) va bizdan adashganlar (bor). Kimlar Islomga kirsa, bas, ular haq yo`lni tanlabdilar.
Va ammo, adashganlar, bas, jahannamga otin bolibdilar.
Va agar ular togri yoldan yursalar, albatta Biz ularni kop suv ila sug`oramiz.
U ila ularni sinash uchun. Va kimki oz Robbisi zikridan yuz ogirsa, uni U zot qiyin azobga soladir.
Va albatta, masjidlar Allohnikidir. Bas, Allohdan boshqaga duo qilmang.
Va albatta, Allohning bandasi Unga ibodat qilib turganda ular uning atrofida ot yolidek to`planib, bosib yuboray deyishdi.
Sen: «Albatta, men faqat o`z Robbimga ibodat qilurman va Unga hech kimni shirk keltirmasman», deb ayt.
Sen: «Albatta, men sizlar uchun zararga ham, manfaatga ham molik emasman», deb ayt.
Sen: «Albatta, meni hech kim Alloh(azobi)dan saqlab qola olmas va hargiz Allohdan o`zga pushti panoh topa olmasman.
Faqat, Allohdan U zotning topshiriqlarini yetkazishdir. Kimki Allohga va Uning Paygambariga boysunmasa, unga jahannam otashi bor, unda abadiy qolajaklar», deb ayt.
Toki ularga va'da qilingan narsani ko`rganlarida, kimning yordamchisi zaif-u, kimning soni ozligini ham bilurlar.
Sen: «Sizlarga va'da qilingan narsa yaqinmi yoki Robbim unga uzoq muddat qilganmi, bilmasman», deb ayt.
U gaybni biluvchidir va hech kimni oz g`aybidan xabardor qilmas.
Illo, Ozi rozi bolgan Paygambarlar. Albatta, Alloh uning oldidan ham, ortidan ham kuzatib yuruvchi qoyib qo`yadir.
(Paygambarlar) oz Robbilari risolatlarini haqiqatan yetkazganliklarini va Alloh u(banda)lar huzuridagi barcha narsani ihota qilib olganligini va hamma narsaning adadini hisob qilganligini bilish uchun.