71 - Noah - Nūĥ
Biz Nuhni oz qavmiga, qavmingni ularga alamli azob kelishidan avval ogohlantirgin, deb Paygambar qilib yubordik.
U: «Ey qavmim, albatta, men siz uchun ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.
Allohga ibodat qilinglar, Unga taqvo qilinglar va menga itoat qilinglar.
U sizlarning gunohlaringizdan magfirat qiladir va sizni belgilangan ajalgacha qoyib qo`yadir. Agar bilsangiz, albatta, Allohning ajali orqaga surilmaydir», – dedi.
U: «Robbim, men o`z qavmimni kechayu kunduz da'vat qildim.
Mening chaqirig`im ularda qochishdan boshqa narsani ziyoda qilmadi.
Va albatta, qachonki men ularni Sening magfirat qilishing uchun chaqirsam, ular barmoqlarini quloqlariga tiqdilar va kiyimlariga burkanib oldilar, hamda (kofirlikda) sobit boldilar va nihoyatda ulkan takabburlik qildilar.
So`ngra, albatta, men ularni jahriy da'vat qildim.
So`ngra, albatta, men ularga oshkora va yashirin (da'vat) qildim.
Bas, oz Robbingizga istigfor ayting, albatta, U gunohlarni koplab magfirat qiluvchidir», dedim.
«U zot osmondan ustingizga ketma-ket baraka yomg`irini yuboradir.
Va sizga molu mulk va bola-chaqa ila madad beradir va sizlarga bogu roglar hamda anhorlarni beradir.
Sizlarga nima boldiki, Allohning azamatini oylab ko`rmaysizlar?
Holbuki, U sizlarni holatma-holat yaratdi.
Alloh yetti osmonni qandoq qilib tabaqama-tabaqa yaratib qoyganini kormadingizmi?
Va ular ichida oyni nur va quyoshni chiroq qilib qoyganini kormadingizmi?
Va Alloh sizlarni yerdan o`stirib chiqaradir.
So`ngra sizlarni unga qaytaradir va yana chiqaradir.
Va Alloh sizlarga yerni gilamdek toshab qoydi.
Unda siz keng yo`llardan yurishingiz uchun», dedi.
Nuh: «Ey Robbim, albatta, ular menga isyon qildilar va moli, bola-chaqasi xusrondan boshqani ziyoda qilmaganga ergashdilar.
Va nihoyatda ulkan makr qildilar.
Va ular: «Olihalaringizni hech tark qilmanglar, va, albatta, Vaddni ham, Suva'ni ham, Yag`usni ham, Ya'uqni ham va Nasrni ham tark qilmang», dedilar.
Darhaqiqat, ular ko`plarini adashtirdi. Va Sen zolimlarga zalolatdan boshqani ziyoda qilma», dedi.
Ular xatolari tufayli garq qilindilar, bas, olovga kiritildilar. Bas, ozlariga Allohdan o`zga yordamchi topa olmadilar.
Va Nuh: «Ey Robbim, yer yuzida kofirlardan birorta ham harakatlanuvchini qo`ymagin.
Albatta, sen ularni tek qoysang, bandalaringni adashtiradilar va fojiru kofirdan boshqa tugmaslar.
Robbim, meni magfirat qilgin, mening ota-onamni ham va uyimga momin bolib kirganlarni va mominlaru mominalarni ham. Va zolimlarga halokatdan ozga narsani ziyoda qilma», dedi.