Barcha Islom kutubxonasi

15 - The Rocky Tract - Al-Ĥijr

1

Alif. Laam. Ro. Ushbular kitobning va ravshan Qur'onning oyatlaridir.

2

Hali, kufr keltirganlar musulmon bo`lishni ham istab qolurlar.

3

Ularni tek qoy, yeb-ichib, huzurlanib, umidlar ila mashgul bo`lib yuraversinlar. Bas, tezda bilurlar.

4

Biz ma'lum bitiksiz hech bir shaharni halok etganimiz yo`q.

5

Hech bir ummat oz ajalidan ozib keta olmas va ortda ham qola olmas.

6

Ular: «Ey, zikr nozil qilingan kishi, albatta, sen majnunsan.

7

Agar rostgoylardan bolsang, bizga farishtalarni keltirsang-chi!» derlar.

8

Biz farishtalarni faqat haq ila tushiramiz, xolos. U holda ularga qarab turilmas.

9

Albatta, Zikrni Biz nozil qildik va, albatta, uni Biz muhofaza qilurmiz.

10

Batahqiq, sendan oldin ham avvalgilar guruhlariga (Payg`ambar) yuborganmiz.

11

Ularga qaysi bir Paygambar kelsa, uni masxara qilmasdan qoymas edilar.

12

Shunga o`xshash, Biz uni jinoyatchilar qalbiga solamiz.

13

U(Qur'on)ga iymon keltirmaslar. Batahqiq, avvalgilarning sunnati — odati shundoq o`tgandir.

14

Agar ularga osmondan bir eshik ochsag-u, undan chiqib tursalar ham.

15

Ular: «Albatta, kozlarimiz boglandi, balki biz sehrlangan qavmdirmiz», derlar.

16

Batahqiq, Biz osmonlarda burjlar qilib qoydik va uni nazar soluvchilar uchun ziynatlab qoydik.

17

Uni har bir quvilgan shaytondan muhofaza qildik.

18

Magar birortasi ogrilikcha quloq ossa, ravshan olov uning ortidan tushar.

19

Biz yerni yoyib, ustiga baland toglarni tashlab qoydik va unda olchangan turli narsalarni ostirib qo`ydik.

20

Va unda sizlar uchun maosh vositalarini va siz rizqini bera olmaydigan kimsalarni qilib qo`ydik.

21

Hech bir narsa yoqki, uning xazinalari Bizning huzurimizda bolmasa. Biz uni faqat ma'lum miqdor-la nozil qilurmiz.

22

Biz shamollarni urchituvchilar etib yubordik. Bas, osmondan suv tushirib, u ila sizlarni serob qildik. Sizlar uni to`plab oluvchi emassiz.

23

Albatta, Biz ozimiz tiriltirurmiz va Biz merosxormiz.

24

Batahqiq, sizdan oldin kelganlarni bildik. Batahqiq, keyin kelganlarni ham bildik.

25

Albatta, sening Robbing O`zi ularni mahsharga jamlar. Albatta, U hikmatli va ilmli Zotdir.

26

Batahqiq, Biz insonni quruq loydan, o`zgartirilgan qora balchiqdan yaratdik.

27

Va jinlarni bundan oldin samum olovidan yaratdik.

28

Sen Robbingning farishtalarga: «Albatta, men quruq loydan, o`zgartirilgan qora balchiqdan bashar yaratguvchidirman.

29

Bas, qachonki uni togrilab bolganimda va ichiga Oz ruhimdan puflaganimda, unga sajda qilgan holingizda yiqiling», deganini esla.

30

Bas, farishtalar barchalari sajda qildilar.

31

Magar iblis sajda qiluvchilar bilan birga bo`lishdan bosh tortdi.

32

U zot: «Ey, iblis! Senga ne boldi, sajda qiluvchilar bilan birga bolmading?» dedi.

33

U: «Sen quruq loydan, o`zgartirilgan qora balchiqdan yaratgan basharga sajda qila olmasdim», dedi.

34

U zot: «Bas, sen undan chiq! Albatta, sen quvilgansan!

35

Va, albatta, senga to jazo kunigacha la'nat bo`lur!» dedi.

36

U: «Ey Robbim, meni ular qayta tiriladigan kungacha qoyib qoygin», dedi.

37

U zot: «Albatta, sen qoyib qoyilganlardansan.

38

Ma'lum vaqt kunigacha», dedi.

39

U: «Ey Robbim, meni zalolatga ketkazganing sababidan, albatta, men ularga yer yuzida (gunohlarni) ziynatlab korsataman va, albatta, ularning hammasini igvo qilaman.

40

Magar, ulardan tanlangan bandalaringni (adashtira olmasman)», dedi.

41

U zot: «Ushbu zimmamdagi togri yo`ldir:

42

Albatta, Mening bandalarim ustida sening sultoning yo`qdir, magar senga ergashgan gumrohlargagina bordir.

43

Albatta, jahannam ularning barchasining va'da qilingan joyidir.

44

Uning yetti eshigi bordir. Har bir eshik uchun ulardan taqsimlangan bo`lagi bordir», dedi.

45

Albatta, taqvodorlar jannatlar va chashmalardadir.

46

Ularga tinchlik, omonlik ila kiringlar, (deyilur).

47

Ularning dillaridagi gilli-gishtlarni chiqarib tashladik. Sorilarda bir-birlariga boqib, dost bolgan hollarida oltirurlar.

48

Ularni u joyda charchoq tutmas va ular undan chiqariluvchi ham emaslar.

49

Bandalarimga xabar bergil: «Albatta, Mening Ozim gofuru rohiymdirman».

50

Va, albatta, azobim alamli azobdir.

51

Ularga Ibrohimning mehmonlari xabarini ber.

52

Ular uning huzuriga kirganlarida: «Salom», dedilar. U: «Albatta, biz sizlardan qo`rqmoqdamiz», dedi.

53

Ular: «Qorqma, biz senga ota bilimdon ogilning xushxabarini beramiz», dedilar.

54

U: «Meni keksalik tutganida, xushxabar berasizlarmi? Nimaning xushxabarini beryapsizlar, o`zi?» dedi.

55

Ular: «Biz senga haq ila bashorat berdik. Bas, sen noumid boluvchilardan bolma», dedilar.

56

U: «Faqat zalolatga ketgan kishilargina oz Robbisining rahmatidan noumid bolurlar», dedi.

57

U: «Ey elchilar, nima ish ila yuborildingiz?» dedi.

58

Ular: «Biz jinoyatchi qavmlarga yuborildik.

59

Magar Lut ahliga emas. Albatta, biz ularning hammasini qutqarguvchilarmiz.

60

Faqat uning xotinigina istisnodir. Uning albatta qoluvchilardan bo`lishini taqdir qildik», dedilar.

61

Elchilar Lut ahliga kelganlarida...

62

U: «Albatta, siz notanish qavmsiz», dedi.

63

Ular: «Yo`q! Biz senga ular shak qilayotgan narsa ila keldik.

64

Senga haq ila keldik va albatta, bizlar rostgo`ylardurmiz.

65

Ahling ila kechaning bir bolagida yolga chiq, sen ularning ortidan kuzatib bor. Sizlardan hech birlaringiz ortga qaramasin. Amr qilingan tomoningizga ketaveringlar», dedilar.

66

Va unga ushbu amrni vahiy qildik: «Albatta, anavilarning orqasi subh chog`i kesilajakdir».

67

Va shahar ahli sevinib, yetib keldilar.

68

U: «Bular mening mehmonlarim, axir. Meni sharmanda qilmanglar», dedi.

69

Va: «Allohdan qo`rqinglar! Meni xor qilmanglar», dedi.

70

Ular: «Biz seni olamlardan qaytarmaganmidik?!» dedilar.

71

U: «Agar (bu ishni) qiluvchi bo`lsangiz, anavu qizlarim bor», dedi.

72

Sening umring ila qasamki, albatta, ular o`z sarxushliklarida tentiramoqdalar.

73

Bas, ularni quyosh chiqish paytida dahshatli qichqiriq tutdi.

74

Bas, Biz bu(shahar)ning ostini ustin qildik va ular ustiga loyi qotgan toshlar yog`dirdik.

75

Albatta, bunda farosatli kishilar uchun oyat-belgilar bordir.

76

Albatta, u (shahar) boqiy yo`l ustidadir.

77

Albatta, bunda mo`minlar uchun ibrat bordir.

78

Albatta, bir-biriga kirishib ketgan daraxtzor egalari zolimlardan bo`lganlar.

79

Bas, Biz ulardan intiqom oldik. Albatta, ularning ikkovlari ham ochiq yo`l ustidadir.

80

Batahqiq, Hijr egalari Paygambarlarni yolgonchiga chiqardilar.

81

Va ularga oyatlarimizni berdik. Bas, yuz ogiruvchi boldilar.

82

Ular togdan oyib uy yasab, omonlikda yurar edilar.

83

Bas, subhidam chog`ida ularni qattiq qichqiriq tutdi.

84

Qilgan kasblari ularga biron foyda bermadi.

85

Biz osmonlaru yerni va ulardagi narsalarni haq ila yaratdik. Albatta, qiyomat kelguvchidir. Bas, sen gozal shaklda yuz ogir.

86

Albatta, Robbing yaratguvchi va bilguvchi Zotdir.

87

Va, batahqiq, senga yetti takrorlanuvchini va Ulug` Qur'onni berdik.

88

Biz ulardan ba'zi guruhlarni bahramand qilgan narsalarga (havas-la) nazar solma! Ular uchun xafa ham bolma! Mominlarga qanotingni pastlat!

89

Va: «Albatta, men ochiq-oydin ogohlantirguvchiman», deb ayt.

90

Xuddi taqsimlovchilarga tushirganimizga o`xshash.

91

Qur'onni parcha-parcha qilganlarga.

92

Bas, Robbing ila qasamki, albatta, ularning hammasidan so`rarmiz.

93

Qilib yurgan ishlari haqida.

94

Bas, senga amr etilgan narsani yuzaga chiqar va mushriklardan yuz o`gir.

95

Albatta, Biz senga istehzo qiluvchilardan kifoya qilurmiz.

96

Ular Alloh bilan birga boshqa iloh (sherik) qilurlar. Bas, tezda bilurlar.

97

Albatta, Biz ularning aytayotganlaridan sening diling siqilishini yaxshi bilurmiz.

98

Bas, Robbing hamdi ila tasbih ayt va sajda qilguvchilardan bo`l.

99

Va senga aniq narsa (o`lim) kelgunicha Robbingga ibodat qil.