Barcha Islom kutubxonasi

13 - The Thunder - Ar-Ra`d

:1

Alif. Laam. Miym. Ro. Ushbular kitobning oyatlaridir. Va senga Robbingdan nozil qilingan narsa haqdir. Lekin odamlarning ko`plari iymon keltirmaslar.

:2

Alloh siz korib turgan osmonni ustunsiz kotargan, songra (Zoti va ulugligiga munosib suratda) arshga yuksalgan, quyosh va oyni Oziga boysundirgan Zotdir. Har biri nomlangan ajalgacha yuradir. U ishning tadbirini qiladir, oyatlarni mufassal etadir. Shoyadki, Robbingizga muloqot bo`lishga ishonch hosil qilsangiz.

:3

U yerni chozib, unda baland toglar va anhorlar qilgan, har xil mevalardan juft-juft qilgan Zotdir. U kechani kunduzga o`ratadir. Bunda, albatta, tafakkur qiluvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.

:4

Va yer yuzida qoshni bolaklar bor. Shuningdek, uzumlar, boglar, ekinzorlar, shoxlagan va shoxlamagan xurmolar bolib, bir xil suv ila sug`oriladilar va ularning ba'zilarining mevasini ba'zilarinikidan afzal qilurmiz. Bunda, albatta, aql ishlatuvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.

:5

Agar ajablanadigan bolsang, ularning: «Agar biz tuproq bolib ketsak ham, yangidan yaratilamizmi?!» deyishlari yana ham ajablanarlidir. Ana oshalar Robbilariga kufr keltirganlardir. Ana oshalar boyinlari kishanlarda boladiganlardir. Ana oshalar dozax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.

:6

Ular sendan yaxshilikdan avval yomonlik keltirishni talab qilurlar. Holbuki, ulardan avval misollar otmishdir. Va, albatta, Robbing odamlarning zulmiga qaramay, ular uchun magfiratlidir. Va, albatta, Robbing iqobi shiddatlidir.

:7

Kufr keltirganlar: «Unga Robbidan bir mo`'jiza nozil qilinsa edi», derlar. Sen faqat ogohlantiruvchisan, xolos. Va har qavmning hidoyatchisi bordir.

:8

Alloh har bir urgochining homilasini hamda bachadonlar nuqson yoki ziyoda qiladigan narsalarni biladir. Har bir narsa Uning huzurida olchovlidir.

:9

U zot g`oyibni ham, shohidni ham bilguvchidir. U buyukdir, yuksakdir.

:10

Sizdan kim gapni sir tutsa, kim uni oshkor qilsa yoki kim kechasi berkinuvchi bolsayu kim kunduzi oshkor yuruvchi bolsa — bari bir.

:11

Uning oldida ham, ortida ham ta'qib qilguvchilar bor. Ular uni Allohning amri ila hifz qilib tururlar. Albatta, to bir qavm ozlarini ozgartirmagunlaricha, Alloh ularning holini ozgartirmas. Agar Alloh biror qavmga yomonlikni iroda qilsa, bas, uni qaytarib bolmaydi va ular uchun undan ozga valiy ham yoq.

:12

U sizlarga chaqmoqni xavf va tama' qilib korsatur va ogir bulutlarni paydo qilur.

:13

Va momaqaldiroq Uning hamdi ila tasbih aytadir va farishtalar ham Undan qo`rqqanlaridan (hamdu tasbih ayturlar). U chaqmoqlarni yuboradir va ular ila xohlagan odamlarini, ular Alloh haqida talashib turganlarida, uradir. U qattiq ushlaydigan Zotdir.

:14

Haq da'vati Unikidir. Undan ozgaga duo qilayotganlarga esa, hech bir narsada ijobat etmaslar. Magar, ikki kaftini suvga uzatib, suv ogziga yetishini kutgan odamga oxsharlar. Holbuki, unga yetmas. Kofirlarning duosi zalolatdan ozga hech narsa emasdir.

:15

Allohga osmonlaru yerlardagi kimsalar va ularning soyalari xoh istasinlar, xoh istamasinlar, ertayu kech sajda qilurlar.

:16

Sen: «Osmonlaru yerning Robbi kim?» deb ayt. «Alloh», degin. «Ozingizga Undan ozga, ozlariga foyda yoki zararga ega bolmagan valiylarni tutdingizmi?» degin. «Kozi kor bilan koruvchi barobar bolurmi yoki zulmatlar bilan nur barobar bolurmi?» degin. Yoki ular Allohga U yaratgan maxluqotlarga oxshash maxluqotlarni yaratganlarni sherik qilib oldilar-u, ularga yaratilgan maxluqotlarga oxshash korinmoqdami? «Barcha narsaning yaratuvchisi Allohdir. Va U Birdir, Qahhordir», degin.

:17

U osmondan suv tushirdi. Songra vodiylarda oz miqdoricha sel oqdi. Bas, sel oz ustiga chiqqan kopikni kotarib keldi. Va zeb-ziynat, asbob-uskuna yasash maqsadida otda toblanadigan narsalarda ham shunga oxshash kopik bolur. Alloh haq va botilga mana shunday zarbulmasal keltirur. Ammo kopik oz-ozidan yoq bolib ketur. Odamlarga manfaat beradigan narsa esa, yer yuzida qolur. Alloh misollarni ana shunday keltirur.

:18

Robbilariga ijobat etganlarga gozallik bordir. Unga ijobat etmaganlarga esa, agar yer yuzidagi hamma narsalar va yana shunchasiga ega bolsalar-u, uni fido qilsalar ham, ana oshalarga yomon hisob bolur va joylari jahannamdadir. U qanday ham yomon joydir.

:19

Senga Robbingdan nozil qilingan narsa albatta haq ekanini biladigan kimsa kor odamga oxsharmidi? Buni, albatta, aql egalarigina eslarlar.

:20

Ular Allohning ahdiga vafo qiladigan va miysoqni buzmaydiganlardir.

:21

Ular Alloh boglanishiga amr etgan narsani boglarlar, Robbilaridan chochirlar va yomon hisobdan qorqarlar.

:22

Ular Robbilari yuzini kozlab, sabr qilarlar. Namozni tokis ado etarlar, Biz ularga rizq qilib bergan narsadan maxfiy va oshkora infoq qilarlar va yomonlikni yaxshilik ila qaytararlar. Ana o`shalarga oqibat diyori bordir.

:23

Adn jannatlaridir. Unga ular va ularning otalari, jufti halollari va zurriyotlaridan solih bolganlari kirarlar. Songra, ularning huzurlariga har eshikdan farishtalar kirib:

:24

«Sabr qilganingiz uchun sizlarga Salom bo`lsin! Bu oqibat diyori qanday ham yaxshi!» (derlar).

:25

Allohning ahdini miysoqdan keyin buzadiganlar, Alloh boglanishiga amr etgan narsalarni uzadiganlar va yer yuzida buzgunchilik qiladiganlarga, ana o`shalarga la'nat va ularga yomon diyor bor.

:26

Alloh xohlagan kishisining rizqini keng qilur va (xohlagannikini) tor qilur. Ular bu dunyo hayoti ila shod bo`ldilar. Holbuki, bu dunyo hayoti oxirat oldida arzimas matoh, xolos.

:27

Va kufr keltirganlar: «Unga Robbidan bir mo'jiza tushsa edi», derlar. Sen: «Albatta, Alloh kimni xohlasa, zalolatga ketkazur va oziga yo`nalganlarini hidoyat qilur», deb ayt.

:28

Iymon keltirganlar va Allohning zikri ila qalblari orom topganlar. Ayo, Allohning zikri ila qalblar orom topmasmi?

:29

Iymon keltirganlar va yaxshi amallarni qilganlarga xushnudlik va go`zal maskan bor.

:30

Shunday qilib, seni ozlaridan oldin ham ummatlar otgan bir ummatga ularga ozingga vahiy qilgan narsamizni tilovat qilib berishing uchun yubordik. Holbuki, ular Rohmanga kufr keltirurlar. Sen: «U mening Robbimdir, Undan ozga ibodatga sazovor zot yoq. Uning Ozigagina tavakkal qildim. Tavbam ham Uning O`zigadir», deb ayt.

:31

Agar Qur'on ila toglar jildiriladigan, yer parchalanadigan yoki oliklar tilga kiritiladigan bolganida (imkoni bor edi). Ammo, ishning barchasi Allohga xosdir. Iymon keltirganlar, agar Alloh xohlasa, odamlarning hammasini hidoyat qila olishini bilmadilarmi? Kufr keltirganlarga, to Allohning va'dasi kelguncha, oz ishlari sababli mudom larzaga soluvchi musiybatlar yetar yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar. Albatta, Alloh va'daga xilof qilmas.

:32

Batahqiq, sendan oldin ham Paygambarlar masxara qilinganlar. Bas, kufr keltirganlarga muhlat berdim. Songra, ularni ushladim. Bas, iqobim qandoq bo`lgan edi?!

:33

Har bir jonning qilgan kasbi ustida turuvchi zot kim? Allohga shirk keltirdilar. Sen: «Ularning nomlarini ayting. Yoki Unga yer yuzida U bilmaydigan narsaning xabarini berasizlarmi? Balki, yuzaki gapdir», degin. Yoq, kufr keltirganlarga makrlari ziynatlab korsatildi va ular yoldan tosdilar. Alloh kimni zalolatga ketkazsa, unga hech bir hidoyatchi bo`lmas.

:34

Ularga bu dunyo hayotida azob bor. Albatta, oxirat azobi mashaqqatliroq. Ular uchun Allohdan saqlovchi bo`lmas.

:35

Taqvodorlarga va'da qilingan jannatning misoli (budir): ostidan anhorlar oqadi, mevalari va soyalari doimiydir. Bu, taqvo qilganlarning oqibatidir. Kofirlarning oqibati esa, do`zaxdir.

:36

Biz kitob berganlar senga nozil qilingan narsadan xursand bo`lurlar. Guruhlar ichida uning ba'zisini inkor qiladigan kimsalar ham bor. Sen: «Albatta, men Allohga ibodat qilishga, Unga shirk keltirmaslikka amr qilindim. Ungagina da'vat qilaman hamda qaytishim ham Ungadir», deb ayt.

:37

Shuningdek, Biz uni arabiy hukm etib nozil qildik. Agar sen ozingga kelgan ilmdan song ularning havoyi nafslariga ergashsang, sen uchun Allohdan na bir dost va na bir saqlovchi bolmas.

:38

Batahqiq, Biz sendan oldin ham Paygambarlar yubordik va ularga xotinlar va zurriyotlar ato qilganmiz. Hech bir Paygambar Allohning iznisiz oyat-mo'jiza keltirgan emas. Har bir ajalning oz kitobi bordir.

:39

Alloh nimani xohlasa, mahv qilur, nimani xohlasa, sobit qilur. Ona kitob Uning dargohidadir.

:40

Ularga va'da qilganimizning ba'zisini senga ko`rsatarmiz yoki (undan oldin) seni vafot ettirarmiz. Albatta, yetkazish sening zimmangda, hisob qilish Bizning zimmamizdadir.

:41

Biz yerga kelib, uning atrofidan qisqartirib borayotganimizni kormaslarmi?! Hukmni Alloh qiladir. Uning hukmini ta'qib qilguvchi yoqdir. U hisobi tez Zotdir.

:42

Batahqiq, ulardan oldingilar ham makr qildilar. Ammo, barcha makrlar Allohning (ilkidadir). U har bir jon nima qilishini biladir. Yaqinda kofirlar oqibat diyori kimga bo`lishini bilajaklar.

:43

Kufr keltirganlar: «Payg`ambar emassan», derlar. Sen: «Men bilan sizning orangizda Alloh va Kitob ilmi bor kimsalar yetarli guvohdir», deb ayt.