98 - The Clear Proof - Al-Bayyinah
Ahli kitob va mushriklardan bo`lgan kufr keltirganlar «bayyina» kelmaguncha ajralmasdilar.
U (bayyina), Alloh tarafidan yuborilgan Rasul bo`lib, poklangan sahifalarni tilovat qiladur.
Ularda ajoyib bitiklar bor.
Kitob berilganlar ularga «bayyina» kelganidan songgina bolinib ketishdi.
Holbuki, ular faqat Allohgagina ibodat qilishga, Uning dinigagina ixlos qilishga, boshqa dinlarga moyil bolmaslikka, namozni toliq oqishga, zakot berishga buyurilgan edilar. Ana shu, tog`ri(millat)ning dinidir.
Albatta, ahli kitob va mushriklardan bolgan kufr keltirganlar jahannam otidadurlar, u yerda abadiy qolurlar. Undaylar xaloyiqning eng yomonidirlar.
Albatta, iymon keltirganlar va solih amallarni qilganlar, ana o`shalar, xaloyiqning eng yaxshisidir.
Ularning mukofotlari Robbilari huzuridagi (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan «adn» jannatlaridir. U yerda abadul-abad qolurlar. Alloh ulardan rozi boldi, ular ham Undan rozi boldilar. Bu, Robbidan qo`rqqanlar uchundir.