Barcha Islom kutubxonasi

48 - The Victory - Al-Fatĥ

:1

Albatta Biz senga ravshan fathni berdik.

:2

Alloh sening avval otgan gunohlaringni va keyingilarini magfirat etish, ne'matini batamom qilish va seni togri yo`lga boshlash uchun...

:3

Va Alloh senga izzatli nusrat berishi uchun.

:4

U, iymonlariga iymon ziyoda bolishi uchun mominlar qalbiga sokinlikni nozil etgan Zotdir. Va osmonlaru yerning lashkari Allohnikidir. Va Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.

:5

Mominlar va mominalarni taglaridan anhorlar oqib turgan jannatlarga mangu kiritish uchun va ularning gunohlarini yuvish uchun. Va bu, Allohning huzurida katta yutuqdir.

:6

Alloh togrisida yomon gumon qiluvchi munofiq va munofiqalar, mushrik va mushrikalarni azoblash uchun... Ularni yomonlik orab olsin. Ularga Alloh gazab qildi, ularni la'natladi va ularga jahannamni tayyorlab qo`ydi. Va naqadar yomon joy u!

:7

Osmonlaru yerning lashkarlari Allohnikidir. Va, Alloh izzatli va hikmatli Zotdir.

:8

Albatta, Biz seni guvohlik beruvchi, xushxabar eltuvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik.

:9

Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirishingiz, Uni (dinni) qollab-quvvatlashingiz, uluglashingiz hamda Unga ertayu kech tasbih aytishingiz uchundir.

:10

Albatta, senga bay'at qilayotganlar faqat Allohning Oziga bay'at qilmoqdalar. Allohning qoli ularning qollari ustidadir. Kim (bay'atni) buzsa, oziga qarshi buzadi, xolos va kim Allohga qilgan ahdiga vafo qilsa, unga tezda ulkan ajr berilur.

:11

Ortda qolgan a'robiylar senga: «Molimiz va ahlimiz bizni mashgul qildi, bizga istigfor ayt», deyishar. Ular qalblarida yoq narsani tillari ila ayturlar. Sen: «Agar Alloh sizga zararni iroda qilsa yoki sizga manfaatni iroda qilsa, kim sizlarni Allohdan (keladigan) biror narsadan (tosishga) molik bo`ladir? Ta'kidki, Alloh qilgan amallaringizdan xabardordir», deb ayt.

:12

Balki sizlar, Rasul va mominlar abadiy oz ahllariga qaytib kelmaslar, deb gumon qildingiz va bu narsa qalbingizda ziynatlandi, yomon gumon qildingiz va yomon qavm bo`ldingiz.

:13

Va kim Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirmasa, albatta, Biz kofirlarga do`zaxni tayyorlaganmiz.

:14

Osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. Kimni xohlasa, mag`firat qilar va kimni xohlasa, azoblar. Va Alloh kechiruvchi, rahimli Zotdir.

:15

Oljalar tomon, ularni olish uchun yurganingizda ortda qolganlar: «Qoyib bering, biz ham sizga ergashurmiz», deyishar. Allohning kalomini ozgartirmoqchi bolishar. Ayt: «Hech-hech bizga ergashmaysiz, ushbuni Alloh avval aytgan». Ular: «Balki, hasad qilayotgandirsizlar», deyishar. Yo`q, ular ozgina narsadan boshqa narsani anglamaslar.

:16

Ortda qolgan a'robiylarga: «Katta kuchga ega qavmga (qarshi) chaqirilursiz, ular musulmon bo`lgunlaricha urushasiz. Agar itoat qilsangiz, Alloh sizga yaxshi ajr berur. Va agar yana avval qochganingizdek, ortga qochsangiz, alamli azob ila azoblar», deb ayt.

:17

Korga qiyinchilik yoq, choloqqa ham qiyinchilik yoq. Xasta kishiga ham qiyinchilik yoq. Kim Allohga va Uning Rasuliga itoat qilsa, uni ostidan suvlar oqib turgan jannatlarga kiritiladi. Kim yuz ogirsa, alamli azob ila azoblar.

:18

Batahqiq, Alloh mominlardan daraxt ostida senga bay'at qilayotganlarida rozi boldi. Bas, ularning qalblaridagini bildi, ularga sokinlikni tushirdi va yaqin fath ila mukofotladi.

:19

Va kopgina oljalarni ham olurlar. Va Alloh Aziyz va Hakiym Zotdir.

:20

Alloh sizlarga kopgina oljalarni va'da qildi. Ularni olursizlar, bunisini sizga tezlatib berdi, (otgan voqea) mominlarga ibrat bolishi uchun va sizlarni sirotul mustaqiymga boshlash uchun odamlarning qolini sizdan to`sdi.

:21

Va sizlar qodir bo`lmagan boshqasini ham (va'da qildi). Uni Alloh ihota qilgan va Alloh har bir narsaga qodir Zotdir.

:22

Agar kofirlar sizlar bilan urushganlarida, orqaga qarab qochar edilar, songra ozlariga valiy ham, nusrat berguvchi ham topmasdilar.

:23

Allohning avvaldan kelayotgan sunnatidir. Va Allohning sunnatini hech o`zgartira olmassan.

:24

U zot Makka vodiysida sizlarni ularning ustidan zafar qozontirganidan song ularning qollarini sizdan, sizning qolingizni ulardan tosgan Zotdir. Va Alloh qilayotgan amallaringizni ko`rib turuvchidir.

:25

Ular kufr keltirgan, sizlarni Masjidul Haromdan, qurbonliklarni esa, ushlanib oz joyiga yetishidan tosgan kishilardir, agar siz bilmaydigan momin erkaklar va momina ayollar bolmaganida, sizga bilmasdan ularni halok qilganingiz tufayli gunoh yetishi bolmaganida edi, Alloh kimni xohlasa, O`z rahmatiga kiritishi uchun, agar ajrab turganlarida edi, ulardan kofirlarini alamli azob ila azoblar edik.

:26

Esla! Kufr keltirganlar qalblarida «hamiyyat»ni, «johiliyat hamiyyati»ni joylaganlarida, Alloh Oz sokinligini Paygambariga va mominlarga tushirdi va ularga taqvo kalimasini lozim kordi, ular ushbuga haqli va ahl edilar. Va Alloh har bir narsani biluvchidir.

:27

Batahqiq, Alloh Rasulining tushini haq ila tasdiqladi, albatta, Masjidul Haromga, inshoalloh, omonlikda, sochlaringiz olingan, qisqartirilgan holda, qo`rqmasdan kirasizlar. Bas, U siz bilmagan narsani biladi va sizlarga bundan boshqa yaqin fathni qildi.

:28

U Oz Rasulini hidoyat va haq din bilan, u(din)ni barcha dinlardan ustun qilish uchun yuborgan Zotdir. Guvohlikka Allohning Ozi kifoyadir.

:29

Muhammad Allohning Rasulidir, u bilan birga bolganlar kofirlarga shiddatli, ozaro rahimdildirlar. Allohdan fazl va rozilik tilab ruku' va sajda qilgan hollarini korasan. Ularning siymosi sajda asaridan yuzlarida (balqiydi). Ana osha, ularning Tavrot va Injildagi misollaridir. Bu, xuddi, urugini yorib chiqib, quvvatlanib, yogonlashib, poyasida tik turib, dehqonlarni ajablantirgan bir ekinga oxshar. Kofirlarning gazabini qozitish uchun. Alloh ulardan iymon keltirib va solih amallarni qilganlariga magfirat va ulug ajrni va'da qildi.