Barcha Islom kutubxonasi

104 - The Traducer - Al-Humazah

:1

Har bir obro tokuvchi va ayblovchiga «vayl» bo`lsin.

:2

U mol jamladi va uni sanab turur.

:3

U, albatta, moli uni abadiy qoldirur deb hisob qilur.

:4

Yo`q! Albatta, u «hutoma»ga xor-zor etib tashlanur.

:5

«Hutoma» qandoq narsa ekanini senga nima bildirur?

:6

U, Allohning shiddatli, o`chmas olovidir.

:7

Qalblargacha yetib boradigandur.

:8

Albatta, u ularning ustidan qoplangandir.

:9

Uzun-uzun ustunlarga bog`langandir.